Tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi:
- kuzatish, suhbat, faoliyat samaradorligini o`rganish, yozma va og'zaki so'rovlar;
- muammoga oid bo`lgan pedagogik – psixologik qarashlarni, alloma hamda
olimlarning fikr - mulohazalarini qiyosiy taxlili;
- tadqiqot mavzusiga oid ijtimoiy-psixologik, ilmiy – nazariy, o`quv – uslubiy
adabiyotlar, nazariy manbalar tahlili;
- tajriba – sinov ishlari o'tkazish;
- matematik - statistik ishlov berish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi :
Eshitishida nuqsoni bo’lgan o’smirlar bilan o’tkaziladigan korrektsion ish jarayonida o’smirning eshituv tizimida shakllantirishning pedagogik muammo sifatida maxsus pedagogika nazariyasida bir butun, yaxlit xolatda tadbiq etildi;
Eshitishida nuqsoni bo’lgan o’smirlarning dars va darsdan tashqari jarayonlarini mukammal tekshirish, hamda dars va darsdan tashqari jarayonlaridagi kamchiliklarni korrektsiyalash tushunchasini o’quv dasturlariga kiritilib, uning mazmuni mohiyati va funktsiyalari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan ochib berildi;
Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Eshitishida nuqsoni bo’lgan o’smirlar bilan o’tkaziladigan korrektsion ish jarayonida o’smirning eshituv tizimida shakllantirishning pedagogik muammo sifatida maxsus pedagogika nazariyasida bir butun, yaxlit xolatda tadbiq etish uchun hizmat qiladi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: o’rganilgan adabiyotlar va o’tkazilgan tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish. Ertangi kun davomchilaridan bo’lgan yosh avlodni har tomonlama kamolga yetkazishda, o’smirlarda mustaqil fikr, atrofdagi voqea-hodisalarga nisbatan ongli munosabatini shakllantirishga hamda mustahkam e’tiqodni tarkib toptirish imkonini beradi.
Tadqiqotning amalga oshirish bosqichlari:
Birinchi bosqich (2014 yil, sentyabr-2015 yil, mart). Bu bosqichda avval ilmiy rahbar tayinlandi hamda tadqiqot uchun muammo qo’yildi.
Shu ilmiy muammoni hal qilishga qaratilgan tadqiqot mavzusini aniqlashdan boshlandi. Kafedra tomonidan ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan ish reja asosida ish olib borildi.
Reja asosida mavzu doirasida mavjud adabiyotlar bilan tanishildi. Tadqiqot uchun material to’plandi.
To’plangan materiallarni bo’limlar bo’yicha tartibga solib ajratildi, ortiqcha dalil va materiallar chiqarib tashlandi, tanlangan materiallarni muayyan ilmiy nazariyaga tayangan holda ilmiy-tanqidiy o’rganildi va tahlil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |