Biznesni tadqiq etish usullari
112
Prognozning tahliliy tadqiqotlar sifatini oshirish muammosi ko’p jihatdan ularning
axborot ta’minotiga bog’liq. Foydalanilayotgan axborot bazasiga qo’yilgan
asosiy talablar
quyidagilardir:
ko’rsatkichlarning miqdoriy tavsiflari ishonchliligi avvalambor iqtisodiyotning
asosiy
sohalaridan, yetarli darajada to’liq hamda umuman olganda mamlakatda va uning
mintaqalarida sodir bo’layotgan salbiy va ijobiy jarayonlar to’g’risida to’liq
tavsiflarni
ko’zda tutuvchi taqdim qilinayotgan axborotning yetarliligi va kompleksligi;
turli axborot bloklari va darajalari ko’rsatkichlarining o’zaro to’g’ri kelishini
ko’zda tutuvchi taqdim qilinayotgan axborotning tizimliligi;
taqqoslanishi, ya’ni turli ko’rsatkichlar miqdoriy tavsiflarining bir-biriga zid
bo’lmasligi.
Prognoz - tahliliy hisoblar statistik axborot, ya’ni mintaqalar, korxonalar, moliyaviy
tashkilotlardan olinadigan ma’lumotlar asosida olib boriladi.
boshqa mamlakatlarning va
jahon iqtisodiyoti hamda uning mintaqalari iqtisodiy kon’yunkturasini tavsiflovchi
axborotdan foydalaniladi. materiallarning bir qismi aholini va tadbirkorlarni so’rash
natijasida shakllanadi.
ekspert axborot, ya’ni bilimning u yoki bu soha mutaxassislaridan
olinadigan ma’lumotlardan foydalaniladi.
Statistik ma’lumotlar sifatini belgilovchi beruvchi omillarga quyidagilar kiradi:
yalpi kuzatishdan tanlab kuzatish uslubiga o’tish bilan bog’liq o’zgarishlar;
statistik hisobot va buxgalteriya hisobining yangi shakllari kiritilishi bilan bog’liq
birlamchi hisobning kechiktirib bo’lmasligi;
agregatlashgan ko’rsatkichlarni hisoblash uslubiyati;
statistik ko’rsatkichlarning iqtisodiy kategoriyaga mos kelmasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: