Ma’ruza va referatlar muhokamasi.
Muhokamaga 12—15 daqiqa davomiyligidagi 2-3 ma’ruzadan
ko’p bo’lmagan ma’ruzalar olib chiqiladi. Ba’zida qo’shimcha
ma’ruzachi va opponentlar (muxoliflar) belgilanadi. Oxirgi
chiquvchilar mazmunni qaytarmaslik uchun, ma’ruza matni
bilan tanishadilar. Biroq ko’p holllarda, ma’ruzachi va
opponentlar, qo’shimcha ma’ruzachilardan tashqari, hech kim
seminarga jiddiy tayyorlanmaydi. So’zga chiquvchilarni o’zlari
ham faqat bir savolni o’rganadilar. SHu bilan birga, odatiy
seminar ishiga “quruq nazariyalik” elementini kiritib, bunday
mashg’ulotlar talabalarda ba’zi qiziqishlarni uyg’otadi.
Talabalarni har birini qo’shimcha ma’ruzachi yoki opponent
sifatida tayyorlanib kelishga o’rgatish juda muhim hisoblanadi.
Referatli ma’ruzalarni yakuniy seminarda, uning asosiy
savollari avvaldan muhokama qilib bo’lingan, katta bir mavzu
bo’yicha ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Press-konferentsiya.
Qisqa so’zga chiqishdan so’ng birinchi savol bo’yicha
ma’ruzachiga (agarda ma’ruzalar bir qator talabalarga berilgan
bo’lsa, o’qituvchining o’zi ulardan biriga so’z beradi) so’z
beriladi. SHundan so’ng har bir talaba ma’ruza mavzusi
bo’yicha unga savol berishi lozim. Savol va javoblar
seminarning markaziy qismini tashkil etadi. Qancha ko’p jiddiy
tayyorgarlik ko’rilsa, savollar shunchalik chuqur va mahoratli
beriladi. Savollarga avval ma’ruzachi javob beradi, so’ngra u
yoki boshqalar bo’yicha istagan bir talaba o’z fikrini bildirishi
mumkin. Bunday holatlarda qo’shimcha ma’ruzachilar, agarda
shundaylar belgilangan bo’lsa,faol bo’ladilar. O’qituvchi har
bir muhokama qilinayotgan savol bo’yicha, yoki seminar
yakunida o’z xulosasini qiladi.
O’zaro o’qish.
Tushunish va o’zlashtirish uchun eng ko’p murakkablikdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |