Muammoli masalalar va vaziyatlarni yechish.
Muammoli masalalar va vaziyatlarniishlab chiqish juda katta
mexnat talab qiladi. Lekin talabalar tomonidan amaliy kasbiy
faoliyatdan olingan muammoli masalalarni yechish va
muammoli vaziyatlarni ko’rib tahlil qilish nazariyani haqiqqiy
amaliyot bilan bog’lashga imkon beradi. Bu o’qitishni
faollashtirishga imkon beradi, talabalarga o’rganilayotgan
materialni amaliy foydasini tushunishga yordam beradi.
Ta’lim beruvchi amaliy muammoli vaziyatlarni (keyslarni)
yechish.
Keys (muammoli vaziyatdan farqli ravishda) talabalarni
muammoni ifodalash, muammoli vaziyatni tahlil qilish va
baholash, uni maqsadga muvofiq yechim variantlarini
qidirishga yo’naltiruvchi tashkilotlar, insonlar guruhi yoki
alohida individlarni hayotining muayyan sharoitlarini yozma
ravishda taqdim etilgan bayonini o’z ichiga oladi.
Keysni yechish jarayoni quyidagi bosqichlarini o’z ichiga
olish muhim:
→ muammoni yakka tartibda tahlil qilish va yechish,
→ yakka tartibda topilgan yechimni birgalikda (kichik
guruhlarda) tahlil qilish, o’zaro maqbul yechim variantini
rasmiylashtirish,
→ guruh ishini taqdimoti,
→ muammoni yechish usul va vositalarining eng maqbul
variantini jamoaviy tarzda tanlash.
Fiklash jarayoni, muammoli vaziyatni yechish jarayonida
paydo bo’lingan, mustaqil topilgan dalilllar orientirlarni,
kasbiy boyliklarni topishga va mustaqkamlashtirishga, kelgusi
kasbiy faoliyati bilan aloqani anglashga ko’maklashadi.
O’quv loyihalarning taqdimoti va baholanishi
Ushbu o’quv mashg’ulotini tayyorlashda o’qituvchining roli
quyidagilardan iborat: loyiha topshirig’ini ishlab chiqish;
talabalarga ma’lumotlarni izlashda yordam berish; o’zi axborot
manbai
bo’lishi;
butun
jarayonni
muvofiqlashtiri;
ishtirokchilarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish; uzluksiz
qayta aloqani amalga oshirish; maslahat berish.
Ushbu o’quv mashg’ulotida guruhlar o’z faoliyatining natijalari
to’g’risida ma’ruza qilishadi va uni belgilangan shaklda taqdim
etishadi (loyihaviy faoliyatning natijalarini, hamda loyiha
maxsulotini tasviriy va og’zaki taqdimot ko’rinishida).
O’qituvchi guruhlarning o’zaro baholanishini tashkillashtiradi
va loyiha ishtirokchining faoliyatini baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |