Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Oldindan aytib berish - bu kelgusidagi muammoni hal qilishning mumkin bo’lgan 
yoki istalgan istiqbolda holatini bayon qilishdir. Boshqacha qilib aytganda, oldindan aytib 
berish - kelgusida bo’ladigan ma’lum jarayonlarning holati haqidagi ishonchli fikrni 
bildiradi. 
Oldindan ko’ra bilish - tizimni rivojlantirishning qonuniyatlariga asoslangan
haqiqatni, oldindan aks ettirishdir. Bu narsa tizimning kelgusidagi holati haqida ma’lum 
xulosa chiqarish imkonini beradi. 
Istiqbollash (bashorat) - bu ehtimol yo’nalishlar, ob’ektlar va hodisalarning 
rivojlanishi natijalari. Prognozlash - bu ob’ektni rivojlantirish istiqbolini belgilab beradigan 
maxsus ilmiy tadqiqotlardir. 
Rejalashtirish - bu aniq belgilangan maqsad, uni amalga oshirishning yo’llari va 
tadbirlari, belgilangan xom ashyolar bilan ajralib turadi.
Reja - yakka yagona, ijrosi majbur bo’lgan direktiv hujjatdir. 


Biznesni tadqiq etish usullari 
71 
SHunday qilib rejalashtirish, prognozlash, oldindan aytib berish, oldindan ko’ra bilish 
- kelajakni baholashning ishonchlilik darajasiga qarab biri biridan farq qiladi. 
 
2.4.-rasm. Ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarining chizmasi
33
 
Avvalo iqtisodiy tizimni rivojlanishini maqsadi aniqlanadi. Quyidagi maqsadga 
kelajakda bo’lishi mumkin holatlari o’rganilib prognoz qilinadi. Eng samarali tanlangan 
rivojlanish variantlari, kompleks dasturlarni tuzilishiga informatsion baza sifatida qo’llanib, 
prognoz qilingan holatga tizim erishish uchun, qanday tadbirlar amalga oshirilishi 
kerakligini dastur ko’rinishida to’zib olinadi. 
Istiqbollash jarayoni ob’ektni tahlilidan boshlanadi. Bu tahlil ob’ektni tanlash, 
prognozlash maqsadida, ob’ektga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish, uning tarkibi, 
boshqarish usullarni o’rganishdan iborat. Iqtisodiy tizim juda katta va murakkab bo’lgani 
uchun uni o’rganishda tizimli tahlil usuli qo’llanadi. 
Bu usulni asosiy tamoyillari quyidagicha:
1. Murakkab tizim juda ko’p elementlardan iborat. Bu elementlar bir-biri bilan 
bog’langan bo’lib, murakkab strukturani tashkil etadi. 
2. Murakkab tizim yaxlitlik xususiyatiga ega. Bunday tizimlar har doim maqsadga 
intilgan bo’ladi, samarali holatga erishishga harakat qiladi. 
3. Tizim kirish va chiqish yo’llari orqali tashqi muhit bilan bog’langan. 
 
X
t
Y
t
Faraz qilaylik tizim holatini aniqlaydigan 3 vektor ma’lum bo’lsin. 
X
t
= (X
1
X
2
,...,X
m
)
t
S
t
= (S
1
S
2
,…, S
k
)
t
Y
t
= (Y
1
Y
2
,...,Y
n
)
t
33
Xotamov I., Sa’dullaev X. Marketing faoliyatini tahlil qilish va istiqbollash. Darslik. 2012y., 32-bet. 

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling