Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
73 
Birinchi bosqich. Tadqiqotning bu bosqichida ob’ekt ma’lum bir tizim,deb qaraladi 
va buning uchun dastavval tizimni elementlari sifatida qaraladigan alohida qismlari ajratib 
olinadi. SHuningdek, tizimni rivojlanish maqsadi, hal qiladigan vazifalari, boshqa tizimlar 
bilan aloqalari,alohida elementlari orasidagi o’zaro bog’lanishlari,har bir elementni va 
butun tizimni ishlashi belgilab olinadi, 
Ikkinchi bosqich. Bu bosqichning asosiy maqsadi tizimning barcha elementlariga
ularning o’zaro (tashki va ichki) bog’lanishlariga,uning mavjudligi sharoitlariga tula va 
sifatli tavsif beradigan ko’rsatkichlarni tanlashdir. 
Uchinchi bosqich. O’rganilayotgan tizimning umumiy chizmasini ishlab chiqish bu 
bosqichni asosiy maqsadini tashkil qiladi. Grafik ko’rinishda bu alohida -alohida tuzilgan 
bloklardan tashkil topgan bo’lib,bunda har bir elementga alohida blok mos keladi. Alohida
bloklar ular orasidagi bog’lanishlar mavjudligini va yunalishini tavsiflovchi strelkachalar 
bilan bog’lanadi. 
To’rtinchi bosqich. Bu bosqich tizimning umumiy ko’rinishdagi Iqtisodiy matematik 
modelini tuzishga bagishlanadi.Bunda sifat tahlili yo’li bilan tizimning bircha tenglama va 
tengsizliklarining matematik shakildagi ifodasi aniqlanadi. 
Beshinchi bosqich. Bu bosqichda "model bilan ishlash" amalga oshiriladi. Model 
bilan ishlashni SHEHM yordamida dilog rejimida o’tkazish tavsiya kilinadi. Model bilan 
ishlashda, bizning fikrimizcha imitatsion modellardan foydalanish maqsadga muvofikdir. 
2.5. Kompleks tahlil o’tkazish uslubiyati 
Biznesda iqtisodiy tahlil metodidan foydalanish analitik tadqiqotlarning bir qator 
aniq uslubiyatlari orqali yuzaga chiqadi. Bu xo’jalik faoliyatini alohida tomonlarini tadqiq 
qilish uslubiyati ham bo’lishi mumkin, yoki kompleks tadqiq qilish usuli ham bo’lishi 
mumkin. 
SHuni takidlash lozimki, tahlilning har bir turiga o’zining uslubi tugri keladi. 
Umuman uslub deganda u yoki bu ishni bajarishning usullari, eng maqsadga muvofik 
koidalari majmuasi tushiniladi. Iqtisodiy tahlilda uslub deganda, tahlil maqsadiga erishish 
uchun ma’lum ko’rinishda buysundirilgan, korxona iqtisodiyotini tadqiq qilishning analitik 
usullari va tartiblari tushiniladi. 
Iqtisodiy tahlil uslubini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: umumiy va 
xususiy uslablarga.Umumiy uslub - bu milliy iqtisodning turli tarmoklarining turli 
ob’ektlarini o’rganishda bir xilda foydalanadigan tadqiqot tizimidir. 
Xususiy uslub - umumiy uslubni iqtisodiyotning ma’lum tarmog’i, ishlab 
chiqarishning ma’lum turi yoki ma’lum tadqiqot ob’ektiga karab aniqlashtiriladi. 
Kompleks marketing tahlili (KMT)ning o’tkazish, albatta uning tartibini 
aniqlab olishni taqazo qiladi. KMTni bajarishda qo’yidagi bosqichlar ajratilib ko’rsatiladi: 
 

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling