Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

 
135
Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, 
Ф.Асқарова. – Наманган: НамДУ, 2014. – 130-б.


222
Tarbiyaviy imkoniyat – shaxs yoki jamoaning individga tarbiyaviy ta’sir 
ko‘rsatish quvvati va qobiliyatlari.
Tarbiya jarayoni – muayyan, aniq maqsad va ijtimoiy tajriba asosida yosh 
avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori, dunyoqarashini tarkib 
toptirish jarayoni; o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar 
o‘rtasida tashkil etilib, aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayoni.
Tarbiyalanganlik - o‘quvchida axloqiy fazilatlar, mehnat ko‘nikmalari hamda
hayotiy tajribaning shakllanganligi yoki rivojlanganligi. 
Tarbiyalash – 1) o‘quvchini tarbiyalab voyaga yetkazish, ulg‘aytirish; 2) 
shaxsni tarbiyalash yo‘lida amaliy pedagogik harakatlarni, faoliyatni tashkil qilish.
Tarbiyalovchi vaziyat – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro 
muloqot, hamkorlik asosida tarbiya jarayonining muayyan bosqichlarida turli 
qarorlar qabul qilinishini taqozo etadigan holat. 
Tarbiya – shaxsga bilim berish orqali unda axloqiy fazilatlarni, mehnat 
ko‘nikma-malakalarini, hayotiy tajribani hosil qilish, orqali uni voyaga yetkazish; 
shaxsda axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikma-malakalarini, hayotiy tajribani hosil 
qilishga qaratilgan amaliy harakat, pedagogik faoliyat.
“Tasodifiy assosiatsiyalar” metodi – tasodifiy tanlangan ikkita so‘z 
(tushuncha) o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik topish va u asosida orginal hikoya 
to‘qishga yo‘naltirilgan metod. Pedagogik tashxislash jarayonida “Tasodifiy 
assosiatsiyalar” metodidan quyidagicha foydalaniladi: 1-bosqich. Har bir o‘quvchi 
o‘zi istagan kitob (u lug‘at, badiiy adabiyot, turli sohalarga oid qiziqarli
jurnal)ni qo‘lga olib, uning sahifalarini tasodifiy ochadi; 2-bosqich. Ochilgan 
sahifaning raqamiga e’tibor qaratmay, ko‘rsatkich barmoq ixtiyoriy so‘zning
ustiga qo‘yiladi, aniqlangan so‘z qog‘ozga qayd etiladi; 3-bosqich. Bu harakat
yana bir bor qayta takrorlanib, yana bir so‘z aniqlanadi; 4-bosqich. Aniqlangan 
har ikki so‘z o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik topiladi va u asosida orginal hikoya 
to‘qiladi. 
Tashxis (pedagogikada) – o‘zida tadqiqot (o‘rganish) ob’ekti sifatida 
tanlangan shaxs yoki ijtimoiy guruh (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos muayyan 
xususiyatlarni, shaxslararo o‘zaro ta’sirni, o‘zaro munosabatlarni, o‘zaro bir-
birlarini tushunishni tavsiflaydigan pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi; 
tashxislashning, ya’ni, tashxislash jarayonining natijasi, shuniningdek, ma’lum 
xususiyat, sifat, holat va shu kabilarning tasdiqlanishi.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling