Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Bevosita o‘lchash – o‘lchanadigan ob’ektni biron-bir standart, tayanch 
o‘lchagich bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash.
Bilvosita o‘lchash – ob’ekt holatini ma’lum mezonlar (masalan, 
savollarga qaytarilgan javoblar mazmuni va soni, to‘g‘ri bajarilgan
topshiriqlar soni, muammoli masalalarni hal qilish, diktant, yozma ish, 
inshodagi xatolar, xulq-atvordagi og‘ishlar va boshqalar) yordamida ma’lum 
vositalar (nazorat ishlari, test topshiriqlari, loyihalar, imtihon va sinov 
savollari) yordamida baholash
134

134
Лекция 5. Анализ данных // 
https://tsput.ru/res/informat/mop/lections/lection_5.htm.


221
Reyting (ingl. “baholash”, “tartibga keltirish”) – muayyan hodisani oldindan 
belgilangan shkala bo‘yicha baholash.
Rivojlanishni bashoratlash – dinamik xarakterga ega modelning asosiy 
natijasi bo‘lib, uning yordamida tashxislanuvchi ob’ektning sabab-oqibatli o‘zaro 
bog‘liqligi, uning mavjud bo‘lishini ta’minlovchi jarayon qonuniyatlari to‘g‘risidagi 
qarashlar tartiblanadi.
“Sinektika” metodi (Uilyam Gordon) – muqobillar (o‘zaro o‘xshash jihatlar)ni 
izlashga xizmat qiladigan metod. Metodni qo‘llash quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi: 1-bosqich: zarur ob’ekt (mavzuga oid muhim tushuncha) tanlanadi; 2-
bosqich: tanlangan ob’ektning muqobil (o‘zaro o‘xshash jihat)larini topish uchun
ikki bo‘limdan iborat jadval shakllantiriladi; 3-bosqich: jadvalning 1-ustunida 
tanlangan tushunchaga to‘g‘ri muqobil bo‘lgan tushunchalar qayd etiladi; 4-
bosqich: 1-ustunda qayd etilgan har bir tushuncha asosida maqsad, tushunchaning 
mohiyati va noto‘g‘ri muqobillar belgilanadi. 
Sinf  yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan muayyan o‘quvchilar guruhi. 
Sog‘lom oila – oila a’zolari axloqiy e’tiqod, sog‘lom turmush tarzi 
ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, psixologik jihatdan bir-birini tushunadigan va o‘zaro 
qo‘llab-quvvatlaydigan, moddiy jihatdan yetarlicha ta’minlangan oila. 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling