Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


O‘zaro ziddiyatga borish (konfrontatsiya)


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

O‘zaro ziddiyatga borish (konfrontatsiya)ikki qarama-qarshi taraflar 
tomonidan bir-birlarining ob’ektiv va sub’ektiv xarakterga ega pozisiyalarini qabul 
qilmaslik sanalib, vaziyatni ijobiy hal qilishni qiyinlashtiradi. 
O‘zini o‘zi baholash – shaxsning o‘z imkoniyatlari, sifatlari, yutuqlari, 
kamchiliklari hamda boshqa kishilar orasidagi o‘rnini mustaqil baholay olishi
137

shaxs tomonidan o‘z xatti-harakatlari, ma’naviy fazilatlari, qarashlari, 
motivlarining axloqiy baholanishi.
O‘zini o‘zi boshqarish – shaxsning muloqot, xulq-atvor hamda faoliyatda o‘z 
faolligini boshqarish asosida maqsadga muvofiq holda o‘zgarishi. Ijodiy jarayon 
bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish shaxsning muhim vaziyatlarda o‘zini anglashi, yangi 
maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yishi, ularga erishish yo‘lida to‘g‘ri qarorga kelish 
vositalarini izlashini ifodalovchi ijodiy jarayon sanaladi.
O‘zini o‘zi nazorat qilish – shaxsning zarur irodaviy sifatlarini namoyon 
etgan holda turli vazifatlarda o‘z qarashlari, o‘y-fikrlari, his-tuyg‘ulari, xulq-
atvorini nazorat ostiga olish malakasiga egalik. 
O‘lchash natijalarining asoslanganligi (ingl. “
validity
” – yaroqlilik 
(haqqoniylik, qonuniylik) – qo‘llanilgan metodika hamda muayyan sharoitlarda 
amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining haqqoniyligi va yaroqliligi.
O‘lchash natijalarining ishonchliligi (ing. “reliability”) – olingan 
natijalarning aniqligi va ularning tasodifiy omillarga ta’siriga barqarorligini 
ifodalovchi tavsif. Natijalarning ishonchliligi o‘lchash ishlarining haqiqatda, 
tashxislash yoki tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda belgilangan talab
aniqlangan mezonlarga muvofiq amalga oshirilganligini anglatadi. 
O‘lchash – qandaydir belgining ahamiyati, qiymatini aniqlash jarayoni.
O‘lchov (yoki o‘lchov birligi) – muayyan ko‘rsatkichni miqdor jihatdan 
baholash uchun qabul qilingan kattalik.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling