vijdonan yondashmagan holda va sifatsiz bajarilgan ishni qabul
qilishdan bosh tortish – bunda jamoa o‘quvchidan ishni qayta bajarishni talab
qiladi, o‘quvchining ishni yaxshiroq bajarishga bo‘lgan intilishini
rag‘batlantiradi;
o‘quvchining xudbinona munosabati va qarashlari ijtimoiy axloq
me’yorlariga mos kelmasligini qoralash – bu jarayonda o‘quvchining xulqi
bevosita tanqid qilinadi;
jamoaviy tanqid o‘rniga o‘quvchida o‘z-o‘zini tanqid malakalarini
shakllantirish – bunda o‘quvchi o‘z harakatlariga ob’ektiv baho berishga,
sinfdoshlar uning harakatidan noroziligi ekani sababini o‘ylab ko‘rishga
undaladi,
o‘quvchini jamoaviy ijtimoiy ahamiyatli faoliyatga jalb qilish – bu
jarayonda o‘quvchi jamoaviy ishlarga o‘z munosabatini bildiradi, sinfdoshlari
bilan hamkorlikda faoliyat yurita olish qobiliyatiga egaligini ko‘rsata olishi
talab qilinadi.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish – ularning qiziqish, qobiliyatini aniqlash
orqali
ongli ravishda kasb yoki hunar yo‘nalishlarini tanlashiga ko‘maklashish va
harakatlarini tegishli yo‘nalishga solish.
O‘quvchilarning kasbga yo‘nalganligini tashxislash – tashxis metodlari
yordamida o‘quvchilarning u yoki bu kasb, hunar asoslarini o‘zlashtirishga bo‘lgan
qiziqish, qobiliyat darajasini aniqlash.
O‘quvchi – umumiy o‘rta yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasasida tahsil
olayotgan shaxs.
Hamkorlik – tarbiyalovchi vaziyatning o‘zaro harakati bo‘lib, unga ko‘ra
sub’ektlardan biri ikkinchisining ruhiy-jismoniy holatini to‘la xis etadi va
voqelikka, masalaga nisbatan o‘zining salbiy munosabatini o‘zgartirgan holda,
vaziyatning rivojlanishi va ijobiy tus olishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hamkorlik
asosida sherigi bilan o‘zaro harakat qilish, kayfiyati qanday bo‘lishidan qat’iy
nazar uning osoyishtaligi haqida qayg‘urish yotadi.
226
Do'stlaringiz bilan baham: |