Наманган давлат университети табиий фанлар факультети


Download 0.65 Mb.
bet47/49
Sana24.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1395557
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
biologiya oqitish metodikasi

Dars mavzusi: Zog’ora baliqning ichki tuzilishi.
Darsning tahlimiy maqsadi: O’quvchilarni baliqning ichki tuzilishi, ovqat ҳazm qilish, nafas olish, qon aylanish, ayirish organlari va moddalar almashinuvining o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni baliqning ichki tuzilishi, ovqat ҳazm qilish, nafas olish, qon aylanish, ayirish organlari va moddalar almashinuvining o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiatga nisbatan ijobiy munosabat tarkib to’tirish, ekologik tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlarning xilma-xilligi, yashash muҳitiga moslashish belgilari ҳaqidagi bilimlarini, darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsni jiҳozlash: Zog’ora baliqning ichki tuzilishi aks ettirilgan jadvallar, makro’re’aratlar.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: xamkorlikda o’qitish texnologiyasi («arra» metodi)
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism
II. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o’quv to’shiriqlarini bajarishga yo’llash.
III. Yangi mavzuni o’rganish
a) «mutaxassislar» tomonidan belgilangan o’quv to’shiriqlarini sifatli bajarilishiga erishish.
Mazkur mavzu matni mantiqiy tugallangan fikrlar quyidagi qismlarga ajratiladi:

  1. Zog’ora baliqning ovqat ҳazm qilish sistemasi.

  2. Zog’ora baliqning nafas olish organlari.

  3. Zog’ora baliqning qon aylanish sistemasi.

  4. Zog’ora baliqning ayirish sistemasi va moddalar almashinuvi.

  1. guruҳ uchun o’quv to’shiriqlari





O’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan materiallar yuzasidan o’quv to’shiriqlari

To’shiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar

1.
2.


3.
4.



Darslikdagi matnni diqqat bilan o’qib, quyidagi savollarga javob to’ing va to’shiriqlarni bajaring:
Zog’ora baliq nimalar bilan oziqlanadi?
Zog’ora baliqning ovqat ҳazm qilish sistemasi qanday organlardan iborat?
Zog’ora baliqda oshqozon vazifasini qaysi organ bajaradi va unga qaysi organlarning yo’li ochilgan?
Baliqning ovqat ҳazm qilish sistemasini lantset­nikniki bilan taqqoslang. O’xshashlik va farqini aniqlang



O’quvchilar guruҳi bilan ҳamkorlikda ishlang

O’quvchilar bilan o’tkaziladigan savol javobda faol ishtirok eting.



2- guruҳ uchun o’quv to’shiriqlari






O’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan materiallar yuzasidan o’quv to’shiriqlari

To’shiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar

1.


2.
3.

4.



Darslikdagi matnni diqqat bilan o’qib, quyidagi savollarga javob to’ing va to’shiriqlarni bajaring:
Zog’ora baliqning nafas olish organlarining tuzilishini o’rganing.
Jabra qanday tuzilishga ega ekanligini aniqlang
Jabra varaqchalarida gaz almashinuv jarayoni qanday sodir bo’lishini aniqlang.
Baliqning nafas olish sistemasini lantset­nikniki bilan taqqoslang. O’xshashlik va farqini aniqlang.



O’quvchilar guruҳi bilan ҳamkorlikda ishlang

O’quvchilar bilan o’tkaziladigan savol javobda faol ishtirok eting.




3 - guruҳ uchun o’quv to’shiriqlari





O’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan materiallar yuzasidan o’quv to’shiriqlari

To’shiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar

1.


2.
3.

4.



Darslikdagi matnni diqqat bilan o’qib, quyidagi savollarga javob to’ing va to’shiriqlarni bajaring:
Zog’ora baliqning qon aylanish sistemasi qanday organlardan iboratligini aniqlang.
Arteriya va vena qon tomirlariga tahrif bering.
Baliq yuragining tuzilishi va qon aylanish doirasini o’rganing. Baliqning qon aylanish sistemasini lantsetnik­ni­ki bilan taqqoslang. O’xshashlik va farqini aniqlang
To’qimalarda gaz almashinuvi jarayoni qanday kechadi?

O’quvchilar guruҳi bilan ҳamkorlikda ishlang

O’quvchilar bilan o’tkaziladigan savol javobda faol ishtirok eting.


4 - guruҳ uchun o’quv to’shiriqlari





O’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan materiallar yuzasidan o’quv to’shiriqlari

To’shiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar

1.


2.

3.
4.



Darslikdagi matnni diqqat bilan o’qib, quyidagi savollarga javob to’ing va to’shiriqlarni bajaring:
Zog’ora baliqning ayirish organlarining tuzilishini o’rganing.
Baliqning buyragi qaerda joylashganligini aniqlang
Moddalar almashinuvi natijasida ҳosil bo’lgan zararli moddalar qanday chiqarib yuborilishini aniqlang.
Moddalar almashinuvining o’ziga xos xususiyatlari­ni aniqlang.



O’quvchilar guruҳi bilan ҳamkorlikda ishlang

O’quvchilar bilan o’tkaziladigan savol javobda faol ishtirok eting.





b) «mutaxassislar uchrashuvi » guruҳini tashkil etish va mazkur guruҳlarda «mutaxassis»lar yordamida ukuv materialining yaxlit ҳolda qayta ishlab chikilishini amalga oshirish.
V. Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar o’rtasida savol-javob,o’quv baҳsi uyushtirish.
VI. O’quvchilar bilimini test savollari yordamida nazorat qilish va baҳolash.
VII.Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
VIII.Uyga vazifa berish.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling