Namangan davlat universiteti xusanboyeva fotima rustsmjon qizi
Download 83.55 Kb.
|
dissertatsiya fotima
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. Quyosh eletkrostansiyalari Quyosh elektrostansiyalari.
1.2 – rasm.Markaziy Osiyo mamlakatlarida quyosh radiatsiyasining taqsimlanishi. 10
O‘zbekiston Respublikasi hududning 16 hamda 21 kengliklarida kunning yorug‘lik davri 16 – 17 soatni tashkil qilishi ko‘rinib turibdi. Quyosh energiyasidan issiqlik ishlab chiqarishda ham, elektr energiya ishlab chiqarishda ham foydalanish mumkin. Birinchi holatda yassi konsentratsiyalashgan quyosh kollektorlari qo‘llaniladi. Ulardan issiqlik tashuvchi sifatida suv, havo yoki antifrizlar ishlatish mumkin. Ikkinchi holatda esa, yorug‘lik oqimi energiyasi fotoelektr o‘zgartirgichlarda bevosita elektr energiyasiga aylanadi yoki issiklik elektr stansiyalarning an’anaviy sxemalar ishlatiladi. Insoniyat qadim zomonlardan quyoshningqudratini sezganlar va o‘zlarini bir umr unga bog‘liq ekanliklarini his qilganlar. Shuning uchun quyoshdan to‘xtovsiz ko‘proq foydalanishni o‘ylaganlar. Avval quyosh nuridan qo‘shimcha energiya olish – suvni va binolarni isitish, dengiz suvlarini tozalash va boshqa maqsadlarini amalga oshirishga harakat qilishganlar. 2.4. Quyosh eletkrostansiyalari Quyosh elektrostansiyalari. Bir necha quyosh batareyalarini bir – biriga ulab quyosh elektrostansiyalarini tashkil qilish mumkin. Hozirgi kunda dunyoda juda ko‘plab quyosh elektrostansiyalari qurilib ishga tushirilgan. Mamlakatimizning Samarqand viloyatida, Osiyo taraqqiyot bankining yordamida, dunyoda eng yirik quyosh fotoelektrik stansiyasi qurilishi rejalashtirildi. Quyosh elektrostansiyasi 400 ga maydonga joylashib, uning quvvati 100 MW ni, yillik elektroenergiya ishlab chiqarish esa, ni tashkil qiladi. Elektrostansiyaning qurilishi 5 yil davom etib, 2019 yilning mart oyida ishga tushirilishi kutilmoqda [5]. 200ln.mkW soat «O‘zbekenergo» DAK mutaxassislarining hisoblariga qaraganda O‘zbekiston Respublikasi hududi, quyosh energiyasi bo‘yicha juda katta imkoniyatlarga ega. Mamlakatdagi barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalarining 99 % ni quyosh energiyasi tashkil qilib, 50 mlrd. Tonna neft ekvivalentiga teng ekanligi aniqlandi. Hukumatning noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish 14 bo‘yicha olib borayotgan tadbirlari natijasida 2031 – yilda mamlakatda iste’mol qilinayotgan elektroenergiyaning 21 % qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqariladigan elektroenergiya bilan qoplanadi. Xalqaro hamjamiyatning qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha tajribalari bilan tanishish uchun, Hukumatimiz tomonidan ko‘plab halqaro ilmiy anjumanlar tashkil qilinmoqda. «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari Markaziy Osiyoda, oziq – ovqat xavfsizligini ta’minlashda hamda uzoqda joylashgan aholi punktlarini ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlarini yaxshilovchi muhim omildir» mavzusida 2008 – yil noyabr oyida o‘tkazilgan halqaro anjuman ham, ushbu sohada olib borilayotgan ilmiy, ilmiy – tadqiqot, konstruktorlik va qaytalanuvchi energiya manbalariga o‘rnatilgan energetik qurilmalar bilan tanishish imkonini berdi [58]. Hozirgi kunda quyosh energiyasidan foydalanish uchun juda katta investitsion mablag‘lar kiritilmoqda. 2013 – yilning noyabr oyida mamalakatimizning birinchi Prezidenti tashabbusi bilan Toshkentda, «Quyosh energetikasi texnologiyalarining istiqbollari va yo‘nalishlari» mavzusida «Quyosh energiyasi bo‘yicha Osiyo forumi» ning 6 – yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi [28]. Ushbu yig‘ilishda Prezidentimiz, oxirgi 5 yilda quyosh energiyasidan foydalanishga kiritilayotgan investitsiyalar miqdori 520 mlrd. Dollarni, shundan 2012 yilda 143 mlrd. Dollarni tashkil qilganini, 2012 – yilda quyosh energiyasidan elektroenergiya ishlab chiqarish 113 mlrd. kVt/soatni, shundan fotoelektrik quyosh stansiyalari bilan 110 mlrd.kVt/soat elektroenergiya ishlab chiqarilganini ta’kidlab o‘tdilar [28]. Download 83.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling