Mahsulotning sifati ko’rsatkichi deb uning sifatini belgilovchi bir yoki bir necha
xossa-xususiyatlarning miqdoriy tavsifiga aytiladi.
Mahsulotning belgisi – uning barcha xususiyat va holatlarining sifat va miqdoriy
tavsifidir.
Mahsulotning parametri – uning belgisi bo’lib, barcha miqdoriy xususiyat va
xolatlarni ifodalaydi.
Mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichi deb, uning biror xossa yoki xususiyatini
ifodalovchi ko’rsatkichga aytiladi. Mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichiga misol qilib,
gazlamalarning
havo
o’tkazuvchanligi,
cho’ziluvchanligi,
chidamliligi
kabi
xususiyatlarini keltirishimiz mumkin.
Mahsulot sifatining kompleks ko’rsatkichi deb, uning bir necha xossa
xususiyatlarini ifodalovchi ko’rsatkichlarga aytiladi. Mahsulot sifatining kompleks
ko’rsatkichiga tortilgan o’rtacha qiymat ko’rinishida aniqlangan ko’rsatkichni misol qilib
keltirishimiz mumkin:
n
i
i
i
o
Z
K
K
1
bu yerda
Ki- mahsulotning i xususiyatining ko’rsatkichi.
Zi- Ki ko’rsatkichning ulushini ifodalovchi koeffitsient.
2. Guruhlar bo’yicha aniqlangan kompleks ko’rsatkichlar hamda alohida ajratib
ko’rsatilgan, muhim ahamiyatga ega bo’lgan birlik ko’rsatkichlar taqqoslash asosi qilib
qabul qilingan ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi.
Odatda, o’lchash yo’li bilan mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichlari aniqlanadi.
Huquqiy-patent va iqtisodiy ko’rsatkichlar, mahsulotning bir tekisdaligi
ko’rsatkichi, standartlash va unifikatsiyalash hisoblash orqali amalga oshiriladi.
Hisoblash yo’li bilan, yuqorida aytib o’tganimizdek, sifatning kompleks ko’rsatkichlarini
aniqlash mumkin.
Sifat ko’rsatkichlarini taqqoslashni intervallar shkalasi yoki nisbatlar shkalasi
orqali ham ifodalash mumkin. Sifat ko’rsatkichlarini taqqoslashda ko’rsatkichlar
dinamikasining tavsifi ham e’tiborga olinadi.
i
iбаз
iбаз
i
P
P
ёки
P
P
Do'stlaringiz bilan baham: |