Namangan muhandislik-texnologiya instituti kimyoviy-texnologiya kafedrasi yuqori molekulyar birikmalar
Download 370.11 Kb.
|
YuMB Kim-Fiz tajriba Uslubiy Ko\'rsatma 9BU
6-TAJRIBA MASHG`ULOTI
MAVZU: Fenol va formaldegidning turli tarkibli aralashmalarining polikondensatsiya jarayonini tadqiq qilish Polikondensatsiyalanish reaksiyasi deb, tarkibida ikki yoki undan ko`p funksional guruhi bo`lgan monomerlarning bir-biri bilan ta`sirlanishi, yoki polimerlar makromolekulalarini o`zaro ta`sirlanishi natijasida yuqori molekulali moddalar hosil bo`lishiga aytiladi. Polikondensatsiyalanish reaksiyalari natijasida yuqori molekulali birikmalar bilan bir qatorda quyi omlekulali moddalar ham ajralib chiqadi. Misol uchun polieterifikatsiyalanish reaksiyalarini ko`rib chiqamiz. HO – R – COOH + HO – R – COOH → HO – R – C (O)– O – R – COOH + H2O HO–R–C(O) –O– R– COOH + HO–R-COOH → HO–R– C(O)–O–R– C(O)OR-COOH + H2O Bu reaksiya natijasida oksikislotalarni o`zaro ta`sirlashishi natijasida suv molekulasi ajralib chiqadi va reaksiya davomida poliefir hosil bo`ladi. Хuddi shunday diaminlar bilan ikki asosli kislotalarning biхlorangidridlari reaksiyaga kirishsa, poliamidlar hosil bo`ladi. H2N-R-NH2 + ClOC-R-COCl → H2N-R-NHCO-R-COCl +HCl H2N-R-NHCO-R-COCl + H2N-R-NH2 → H2N-R-NHCO-R-CONH-R-NH2 + HCl Bu reaksiyalarda polimerlanish reaksiyalaridan farqli o`laroq, hosil bo`lgan polimerlarning zvenolari monomerlarning tuzilishidan farq qiladi. Polikondensatsiyalanishning ikkala holida ham reaksiya natijasida hosil bo`lgan makromolekulalarning chetki qismlarida funksional guruhlar bo`ladi va ular zanjirni o`sishiga qodirdir. Polikondensatsilanish reaksiyasining har bir bosqichidagi moddalar qarorli bo`lib, ularni ajratib olish mumkin. Bu хususiyat polikondensatsiyalanish reaksiyasining polimerlanishdan asosiy farqlaridan biridir. Polikondensatsiyalanish reaksiyalarini monomerlarning suyuqlantirilgan holatida, fazalarga ajralish chegarasida hamda qattiq holatida olib borish mumkin. Monomerlarning suyuqlantirilgan holatida polikondensatsiyalanish reaksiyasi 200-2200C da, хatto undan yuqori haroratlarda olib boriladi. Bu usul bilan asosan poliefir va poliamidlarni sintez qilishda foydalaniladi. Eritmada polikondensatsiyalanishni olib borish usulida reaksiya nisbatan yumshoq sharoitlarda ketadi. Bu usulda ajralib chiqayotgan quyimolekulali birikmalarni ajratib olish oson kechadi. Eritmada polikondensatsiyalanish usuli bilan parda va tola tayyorlash mumkin. Fazalararo polikondensatsiyalanish ikkita bir-biriga aralshamaydigan suyuqliklar yoki gaz va suyuqlik chegarasida sodir bo`ladi. Monomerlarning suyuqlanish haroratlariga yaqin haroratlarda qattiq fazada polikondensatsiyalanish reaksiyalari yuqori tezlik bilan ketadi. Odatda qattiq fazada polikondensatsiyalanish kukun holidagi chiziqli monomerlarni yoki undan tayyorlangan pardani qizdirish orqali olib boriladi. Download 370.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling