Mayo-Lyuis metodi.
Agar sopolimerlanishning boshlang`ich bosqichida [M1] va [M2] o`zgarmas kattalik sifatida qabul qilinsa, sopolimerlanishning umumiy tenglamasi :
[m1] [M1] r1 [M1] + [M2]
--------- = --------------------------------
[m2] [M2] r2 [M2] + [M1]
Bu tenglamani o`zgartirib, r2 kattalikni r1 ga chiziqli bog`langanligini ko`rsatuvchi quyidagi tenglamani hosil qilamiz:
[M10] [m2] [M10]
r2 = -------{------ ( 1 + --------- • r1 ) – 1}
[M20] [m1] [M20]
[M10] , [M20] – monomerlarning dastlabki konsentratsiyasi.
[m1], [m2] – M1 va M2 monomerlarning sopolimerdagi konsentratsiyasi.
[M10] , [M20] va [m1], [m2] lar qiymatlarining har bir jufti r1 va r2 koordinatalar sistemasida bir to`g`ri chziqni beradi. Bir qancha tajribalar uchun hisoblab chizilgan to`g`ri chiziqlarning kesishish nuqtasi r1 va r2 larning izlanayotgan qiymatlariga to`g`ri keladi. Tajribalardagi bi`zi хatolar tufayli bu to`g`ri chiziqlar bir nuqtada kesishmay, uchburchak hosil qilib kesishadi. Uchburchak markazining koordinatalari r1 va r2 larning qiymatini beradi. r1 va r2 larning qiymatini topish uchun maхsus tajribalar qo`yiladi. Bunda hosil bo`lgan sopolimerning miqdori 10%dan ortmasligi kerak.
Faynman – Ross metodi.
Bu metod sopolimerlanish konstantalarini aniqlashning eng sodda va ko`p qo`llaniladigan usulidir. Sopolimerlanishning asosiy tenglamasi quyidagi ko`rinishga keltiriladi:
F (f-1) F2
-------- = ----- • r1 – r2
f f
Bu tenglamada
[M10] [m1]
F = --------; f = ---------
[M20] [m2]
F (f-1) / f ning F2/f ga bog`liqligi koordinatalar sistemasida to`g`ri chiziqni beradi. Bu to`g`ri chiziqning og`ish burchagi tangensi r1 ning qiymatiga, ordinata o`qidan ajratgan kesmasi esa r2 ning qiymatiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |