Namangan muhandislik-texnologiya instituti kimyoviy-texnologiya kafedrasi yuqori molekulyar birikmalar
Download 370.11 Kb.
|
YuMB Kim-Fiz tajriba Uslubiy Ko\'rsatma 9BU
3-TAJRIBA MASHG`ULOTI
MAVZU: Stirol bilan metakril kislotasining radikal sopolimerlanishi. Sopolimerlanish reaksiyalari. Ikki va undan ortiq monomerlarning birgalikda polimerlanishiga sopolimerlanish reaksiyalari deyiladi. Hosil bo`lgan sopolimer tarkibi monomerlar aralshmasi tarkibidan farq qiladi. Demak, turlicha monomerlar sopolimerlanishda turlicha faollikni namoyon qiladilar. M1 va M2 monomerlarning radikal sopolimerlanishida zanjir o`sishining quyidagicha elementar bosqislari bo`lishi mumkin: -M1* + M1 → -M1-M1* (K11) -M1* + M2 → -M1-M2* (K12) -M2* + M1 → -M2-M1* (K21) -M2* + M2 → -M2-M2* (K22) K11 – M1 monomer zvenosi bilan tugaydigan zanjirning o`sish reaksiyasining tezlik konstantasi va h.z. K11/ K12 = r1 va K22/ K21 = r2 deb belgilasak, sopolimerlanishning asosiy tenglamasini chiqaramiz: d[M1] [M1] (r1[M1] + [M2]) -------- = -------------------------- d[M2] [M2] (r2[M2] + [M1]) r1 va r2 - sopolimerlanish konstantalari deyiladi. Ularning qiymatlari reaksiyaga kirishayotgan monomerlarning kimyoviy tabiatiga bog`liq bo`ladi. Sopolimer tarkibining monomerlar aralashmasi tarkibiga bog`liqligi tarkib diagrammasi bilan хarakterlanadi. Bu diagrammaning shakli r1 va r2 larning qiymatlariga bog`liq. Sopolimerlanish konstantalarining ko`paytmasi r1 r2 monomerlar zvenolarining makromolekulada qanday tartib bilan bog`lanishga intilishini ifodalaydi. Ko`pgina sistemalar uchun r1r2 < 1, ya`ni qutblanish va fazoviy faktorlarning ta`sirida monomerlar zvenolari batartib bog`lanishga intiladi.
Sopolimerlanish konstantalarini aniqlashning eng ko`p tarqalgan usuli Mayo-Lyuis metodi bilan Faynman-Ross metodlaridir. Download 370.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling