Namangan muhandislik-texnologiya instituti kimyoviy-texnologiya kafedrasi yuqori molekulyar birikmalar


Fenolning formaldegid bilan polikondensatlanishi


Download 370.11 Kb.
bet13/13
Sana01.03.2023
Hajmi370.11 Kb.
#1242002
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
YuMB Kim-Fiz tajriba Uslubiy Ko\'rsatma 9BU

Fenolning formaldegid bilan polikondensatlanishi
(novolak hosil bo`lishi)

Reaktiv va asboblar: fenol, formalin (40% li), xlorid kislota (solishtirma og`irligi 1.19 g/sm3), 500 ml sig`imli yumaloq tubli kolba, qaytarma sovutgich, suv hammomi, 250 0C li termometr, probirkalar, chinni idish.


Ishni bajarish. 37.6 g fenol va 15 g formalin eritmasi kolbaga solinib, 5-10 minut chayqatiladi. So`ngra unga 0.5 g konsentrlangan xlorid kislota qo`shilib, kolbaga qaytarma sovutgich ulanadi va suv hammomida 90-100 0C da qizdiriladi. Qizdirish bir-biriga aralashmaydigan smola bilan suv qatlamlari hosil bo`lguncha davom ettiriladi. Kolbadagi modda chinni idishga solib sovutiladi va suv qatlamidan ajratiladi. Qolgan smola distillangan suv bilan neytrallanguncha yuviladi va 150-160 0C gacha qizdirilgan shkafda quritiladi. Hosil bo`lgan chiziqli tuzilishdagi polimetilen-fenolga ma`lum kimyoviy agentlar qo`shish yo`li bilan uch o`lchamli, ya`ni fazoviy tuzilishdagi fenol-formaldegid smolalariga aylantiriladi. Bunday moddalar sifatida formaldegid polimerlari geksametilen tetraminlar ishlatiladi.
1-topshiriq. Hosil bo`lgan polimerlarning yeruvchanligi va yumshash temperaturasi Kremer-Sarnov usuli bilan aniqlansin. Buning uchun probirkadagi polimerga 10-15% parafor yoki geksametilen tetramin solinib, 160 0C da maxsus plitada qotguncha qizdiriladi.
2-topshiriq. Polikondensatlanishning birinchi va ikkinchi bosqichlarida sodir bo`ladigan reaksiyalarning tenglamalari yozilsin.
3-topshiriq. Olingan polimerning geksametilentetramin qo`shguncha va qo`shgandan keying yeruvchanligi va yumshash harorati aniqlansin.
Fenolning formaldegid bilan polikondensatlanishi
(rezit hosil bo`lishi)
Reaktiv va asboblar: fenol, formalin (40% li), ammiak (25% li), 300 ml sig`imli, qaytarma sovutgichli, yumaloq tubli kolba, suv hammomi, 250 0C li termometr.
Ishni bajarish. Fenol bilan formaldegidning kondensatlanishi natijasida qizdirilganda suyuqlanmaydigan va erimaydigan polimer hosil qilish jarayoni ikki bosqichqan iborat bo`ladi. avval chiziqli tuzilishdagi olimetilenfenol olinadi, so`ngra u qotiriladi. Yumaloq tubli kolbaga 17.5 g fenol, 17.75 g 40% li formalin va 1.5 g 25% li ammiak solinadi. Aralashma suv hammomida 90 0C da qizdiriladi. Taxminan 30 minutdan keyin aralashma ikki qatlamga ajraladi: yuqoridagi qatlam – suv, pastdagisi yesa smola bo`ladi. hosil bo`lgan modda (chiziqli polimetilfenol) suvda neytral holga kelguncha yuviladi-da, 50-65 0C da vakuum-quritgichda quritiladi. Polimerning chiziqli tuzilishini aniqlash uchun uning spirt, atseton, spirt va benzol aralashmasida yeruvchanligi tekshiriladi. Quritilgan polimer (rezol) probirkaga solinib, termostatda 60 dan 120 0C gacha qizdiriladi va yerimaydigan hamda suyuqlanmaydigan uch o`lchamli holatga – rezitga aylantiriladi.
1-topshiriq. Polikondensatlanishning birinchi va ikkinchi bosqichlaridagi reaksiyalarning tenglamalari yozilsin.
2-topshiriq. Hosil qilingan polimerning miqdori va organic birikmalardagi eruvchanligi aniqlansin.
Download 370.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling