Наманган вилоятидаги ФЎЎБОлари тўғрисида маълумот


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING


Download 0.95 Mb.
bet11/12
Sana23.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1383164
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Слайд З.Рўзиев (Охирги) (2)

  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
  • QARORI
  • LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSIGA BOSQICHMA-BOSQICH TO‘LIQ O‘TISHNI TA'MINLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
  • (10.02.2021-yil, 61-son)
  • 1. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
  • 2. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha respublika ishchi guruhi (27 nafar) tuzildi.
  • 2023-yil 1-yanvarga qadar:
  • Internet tarmog‘idagi O‘zbekiston Respublikasi rasmiy veb-saytlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazilishini ta’minlash;
  • ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari yuzasidan tayyorlangan dissertatsiyalar himoyasi bilan bog‘liq jarayonlarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishini ta’minlash;
  • Ish qog‘ozlari, turli blanklarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishini ta’minlash;
  • joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlarni to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishini ta’minlash;
  • Markaziy, mahalliy bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyatini to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkazish.
  • 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
  • Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish.

  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
  • QARORI
  • SAVDO, ISHLAB CHIQARISH VA XIZMAT KO‘RSATISH OBYEKTLARIGA NOM BERISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
  • (16.03.2021 yildagi 144-son)
  • 1. Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga (keyingi o‘rinlarda — obyektlar) davlat tilida nom berish (neyming) xizmatini ko‘rsatish tizimi joriy qilindi.
  • 2. Markaz va uning hududiy bo‘linmalariga obyektlarga davlat tilida nom berish xizmatini ko‘rsatishga oid quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:
  • davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiq keladigan, milliy qadriyatlarga mos hamda obyektlarga qo‘yish tavsiya etiladigan nomlar zaxirasini onlayn rejimida shakllantirish hamda uni doimiy yangilab borish;
  • tashqi yozuv, peshlavha, reklama va e’lonlar matnini tayyorlash, shuningdek, ularning davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqligi, nomlarning bir xil yoki o‘xshashlik darajasi yuzasidan lingvistik ekspertiza o‘tkazish;
  • nomlash, nom yaratish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilish, ularga maslahat yordamlari ko‘rsatish;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga ko‘ra obyektlar uchun davlat tili qoida va me’yorlariga, qonunchilik hujjatlariga va milliy qadriyatlarga mos bo‘lgan davlat tilida nomlar yaratish va tanlash bo‘yicha shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish.
  • 3. Belgilab qo‘yilsinki, obyektlarga nom berish “Davlat tili haqida”, “Firma nomlari to‘g‘risida” va “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling