Naqshbandiy tariqati hayot haqiqati
Download 47 Kb.
|
Maqola Dilorom 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Til bilgan el biladi”
- “Qayerda bo‘lmang, ilm talabidan uzoqlashmanglar va agar obu otash ichra g‘arq bo‘lsangiz ham, g‘avvos bo‘lib kechib o‘tinglar va ilm o‘rganinglar ”
- Foydalanilgan adabiyotlar
Ilm bahriga kirmay,
Sohilda qolgan inson, Dengiz ichi – farog‘at, Sohil – baxtsizlik inson. Dengizning mavjlariga Mahliyo bo‘lma mutloq. Bir nafas g‘ofil bo‘lmay, Dengizdan olgin bahron. (Bohouddin Naqshbandiy) Inson tug‘ulibdiki, shu zaminda o‘z o‘rnini topishga harakat qiladi. Bunda yordam beruvchi vosita - ilmdir. Ilm-bilimni tashkil etadi, bilim-malakani, malaka esa ko‘nikmani. Bu jarayon zanjir misoli davom etadi. Bularning barchasi kompetentsiyada mujassamlashadi. Maktabgacha ta`lim muassasalarining umumiy muhim kompetentsiyalari “Ilk qadam” davlat dasturida ko‘rsatib o‘tilgan. Ustoz Naqshbandiy tabirlari bilan aytganda: “ilm bahriga kirmoqlik- farog‘at. Ilm o‘rganishdan boshtortmoqlik esa sohilda qolgan baxtsiz inson kabidir”. Biz yosh pedagog tarbiyachilar murg‘ak qalblarni ilm ummoniga olib kirmog‘imiz, ularning qalbida ilmga mehr uyg‘otmog‘imiz lozim. Naqshbandiy hazratlari ustozlarga quyidagicha ta`rif berganlar: “Ustoz oldida ta`lim berish vazifasi turadi. Ta`lim berish uchun u o‘z shogirdlarining o‘y-tashvishlari-yu, qat`iy muddaolarini hisobga olish kerak. Chunonchi, u buxoroliklar bilan suhbatlashayotganida Buxoro tilini qo‘llashi, Bog‘dodda esa Bog‘dod tilida so‘zlashi kerak”- deb aytganlar. Bundan kelib chiqadiki, tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga ta’lim berish jarayonida turli xorijiy tillarni o‘rgatmog‘i, shu tillar asosida mashg‘ulot faoliyatlarini olib bormog‘i, “kelajak poydevorlari” ni mustahkamlash maqsadida ular bilan turli tillarda suhbatlashmog‘i darkor. Bugungi kunda ham yosh kelajak avlodga rus, ingliz, koreys va boshqa tillarda ta`lim berilmoqda. Bu intelektual avlodga qo‘yilgan zamon talabidir. Dono xalqimiz bejizga “Til bilgan el biladi” deb aytmagan . Bag‘ri keng zaminimizda turli millat va ellat vakillari istiqomat qiladi. Nechcha asrlardan buyon turli millat va ellatlar bilan ahl va inoq yashab kelyapmiz. Bu qalbi daryo xalqimizning millat va ellatlar tili va dilini bilganidan dalolat beradi. Naqshbandiy bobomiz ham til o‘rganish va ilm olish tarafdori bo‘lganlar. Hazratning tariqatlarida ham bunga guvoh bo‘lamiz. Chunki, tariqatlari turli millat va qavmlarni birlashtirishga qaratilgan bo‘lib, ayirmachilik va siyosiy to‘qnashuvlarni oldini olishga yordam bergan. Naqshbandiy butun umr ilm istab, ilm o‘rganish, jahldan uzoq turishni nasihat qildilar. U kishi Payg‘ambarning “Qayerda bo‘lmang, ilm talabidan uzoqlashmanglar va agar obu otash ichra g‘arq bo‘lsangiz ham, g‘avvos bo‘lib kechib o‘tinglar va ilm o‘rganinglar ”, degan hadisni muridlariga takror-takror uqtirib turganlar. Mana shu jihatlari bilan ham naqshbandiya ta`limoti obro‘-etibor qozongan. Butun harakat-faoliyat, o‘git-nasihatlar, toat-ibodat ham insoniylik jabhalarini kashf etishga qaratilgan. Xulosa qilib aytganda, Naqshbandiy o‘gitlari, hikmatlari, tariqati – hayot haqiqatidir. Hayot haqiqatini anglash esa ularni o‘rganishdan boshlanadi. Bugun yosh avlodni tarbiyalashda Naqshbandiy o‘gitlaridan foydalansak, ularning qalbida Vatanga va ilmga mehr uyg‘ota olamiz, kelajagimiz poydevorini mustahkam qurgan bo‘lamiz. Shuning uchun ham asrlar oshsada bobomiz tomonidan qoldirilgan o‘gitlar o‘z qadr qimmatini yo‘qotmasdan kelmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: G. Navro‘zovaning - “Hazrat Bahouddin Naqshbandning hayoti va tasavvufiy qarashlari”; Sadriddin Salim Buxoriy – “Dilda yor”(Hazrat Bohouddin Naqshband); h.tt.p\www.Ziyonet.uz. Download 47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling