Наргис косимова
Jurnalistning nogironlik mavzusida ishlash uslublari
Download 0.72 Mb.
|
BMI 23
2.2. Jurnalistning nogironlik mavzusida ishlash uslublari
Fuqarolik jamiyatida OAV ijtimoiy tuzilmaning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy faoliyat sohasi sifatida jurnalistika madaniy jamiyat asoslarini shakllantiradi, ijtimoiy muammolar yechimiga ko’maklashadi, jamoatchilik fikrini shakllantiradi. O’zbekistonda demokratik davlat qurilishi jamiyat hayotining barcha jabhalarida, shu jumladan jurnalistikada ham o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Jurnalistikanig yangi turlari: ijtimoiy, moliyaviy-iqtisodiy va boshqalar jadal rivojlana boshladi. Bugungi kunda ijtimoiy jurnalistika zamonaviy o’zbek va xorij jurnalistikasining dolzarb qiyofasini tahlil qiluvchi tadqiqotchilar e’tiborini tortmoqda. Tabiiyki, tor doiradagi ixtisoslashuv, masalan, nogironlik muammosini yoritishga moslashuv jurnalistdan yuqori darajada bilimga ega bo’lishni, hamda alohida tayyorgarlikni talab etadi. Imkoniyati cheklangan kishilar muammolari haqida yozadigan jurnalist mavzu doirasida qonunchilik, ekologiya, jahondagi vaziyat, tarix, tibbiyot kabilarda yetarlicha bilim va tayyorgarlikka ega bo’lishi kerak. O’zbekistonda malakali tarzda va extiyotkorlik bilan hal etilishi kerak bo’lgan masala kun tartibida turibdi, ya’ni huquq va imkoniyati cheklangan kishilarning jamiyatning to’laqonli a’zosi bo’lishga intilishi hamda ana shu jamiyatning ularni shu rolda qabul qilishga tayyor emasligi o’rtasidagi qarama qarshilikdir. Nogironlarning jamiyatga ijtimoiy integratsiyalashuvi ko’p jihatdan aholining nogironlar muammolaridan xabardorligiga, ana shu qatlamga nisbatan shakllangan salbiy stereotiplarni o’zgartirishga, hamda jamiyatni nogironlik muammolaridan xabardor etishga qaratilgan faoliyatga bog’liqdir. Aynan shu bois zamonaviy jurnalistlarni tayyorlash jarayonida «nogironlarning jamiyatga integratsiyalashuvi» tushunchasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish zarur. Buning uchun jurnalistlar uchun seminar-treninglar o’tkazish, jurnalistika fakultetlari o’quv dasturlariga yangi maxsus kurslarni kiritish, tegishli o’quv-uslubiy ta’minotni yaratish kerak. Bularning barchasi nogironlar va jamiyat o’rtasidagi bir-birini tushunmaslik va bir-biridan uzilganlik stereotiplarini yo’qotishga, nogironlarning jamiyat hayotida har tomonlama to’laqonli ishtirok etishlariga xalaqit berayotgan to’siqlarni olib tashlashga xizmat qiladi. Jurnalistlar nogironlarda birinchi galda insonni, undan keyin esa bemor va extiyojmand kishini ko’rishlari kerak. Amerikaliklar tomonidan ishlab chiqilgan people-first62 atamalari shunga xizmat qiladi. U nogironlik bilan bog’liq so’zlar va atamalarni shaxslashtirishni nazarda tutadi. Masalan, «nogironligi bor kishi», «muloqotga kirishishi qiyin bo’lgan kishi» va boshqalar. Shu o’rinda yana bir karra qayd etishimiz kerakki, nogironlik jismoniy, aqliy, sensor va ruhiy cheklanishlarga bog’liq holda inson faoliyatidagi to’siqlar yoki cheklovlar bo’lib, ular jamiyatdagi odamlarni faol hayotdan ajratib qo’yadigan sharoitlar oqibatida yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, nogironlik ijtimoiy tengsizlikning bir ko’rinishidir. U tibbiy emas, balki ijtimoiy tushunchadir. Shundan kelib chiqib, nogironlikning ijtimoiy modeli kontekstida tegishli atamalardan foydalanish mantiqan to’g’ri va asosli bo’ladi63. Nogironlik mavzusida qalam tebratadigan jurnalistlar mavzuni ochib berishda mahoratlari oshishiga yordam beradigan bir qator qoidalarga rioya etishlari talab etiladi. Bu o’rinda BMTning nogironligi bor kishilar uchun mo’ljallangan tavsiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir64. 1. Turli shakldagi nogironligi bor kishilar o’z nomidan gapirishi kerak. Asos. Birinchi shaxsda gapirish (men, biz) uchinchi shaxsdagi gaplardan ko’ra ko’proq qiziqish uyg’otadi hamda qoniqish, his-hayajon bag’ishlaydi. Rolli modellarni belgilab oling. OAVda rolli modellar sifatida nogironlarning o’zlari chiqishlari kerak. Asos. Faoliyatning turli sohalarida nogironlarga, ularning oila a’zolariga va jamiyatga nogironlar faqat bo’layotgan voqea-hodisalarning passiv kuzatuvchilari bo’lib qolmay, hayotda ko’p narsalarga erishishlari mumkinligini ko’rsatib berish lozim. Shunda har qanday odam nogironlar ham xuddi sog’lom kishilar singari aqliy, jismoniy, shaxsiy jihatlariga, qiziqishlariga ko’ra bir-birlaridan farq qilishlarini tushunib yetadi. 2. Bolalarga nogironlar haqida so’zlab bering. Bolalar nogironlar hayotining ijobiy, tabiiy misollarini ko’rishlari kerak. Asos. Bolalar nogironlar haqida savollar berishdan cho’chishmasligi, ular qiziquvchanlik tabiiy hol ekanini tushunishlari kerak. Aksariyat nogironlarning o’zlari savollarga javob berishni xohlashadi va rostgo’ylikni qadrlashadi. Biror bir xabarni yetkazishda, ayniqsa u nogironlar hayoti haqida jamiyatda mavjud tasavvurlarga bog’liq bo’lsa, yumordan ham foydalanish mumkin. Asos. Uzoq va jiddiy tarzda gapirib beriladigan xabar zerikarli va tushunarsiz bo’lib qolmasligi uchun bu o’rinda yumor qo’l keladi. Yumor bilan yo’g’rilgan bunday xabar uzoqroq vaqt mobaynida xotirada saqlanib qoladi. 3. Amaliy ma’lumotlarni taqdim eting. Kundalik hayotda foydali bo’lgan ma’lumotlarni yetkazing. Asos. Agar OAV materialida nogiron (yoki sog’lom) kishi nogironligi bor ayol, erkak yoxud bola bilan keyingi safar uchrashganida foydasi tegadigan ma’lumot mavjud bo’lsa, uning amaliy ta’siri kuchli bo’ladi. Atrofdagi muhitni yaxshilang. Nogironlar uchun to’siqlar qancha kam bo’lsa hammaga shuncha yaxshi bo’ladi! Asos. Nogironlarga erkin foydalanish imkoniyatining berilishi aslida boshqa insonlarga ham yordam beradi. 4. Nogironlarni ularning imkoniyatlari va jamiyatga keltirishlari mumkin bo’lgan foydalari nuqtai nazaridan tasvirlang. Nogironlar boqimanda va jamiyatga foyda keltira olmaydi, degan qotib qolgan fikrlardan voz keching. Asos. Nogiron kishi biror narsaga erishgani qancha ko’p o’z aksini topsa, uning nogironligiga yoki boshqalardan farqli jihatlariga shunchalik kam e’tibor qaratiladi. 5. Nogironlarni passiv va mustaqil bo’lmagan kishilar sifatida emas, balki jamiyatning faol a’zolari tarzida tasvirlang. Asos. Maqsad ta’lim olish, kasb o’rganish borasida teng imkoniyatlar yaratilsa hamda texnik vositalar va maxsus xizmatlar mavjud bo’lsa, nogironlar o’z oilalariga ham, jamiyatga ham ko’p narsa bera olishlarini ko’rsatib berishdan iborat. Bugungi kunda nafaqat mahalliy, balki ko’plab xorijiy ommaviy axborot vositalarida ham imkoniyati cheklangan kishilarni ojiz, o’zgalarning yordam va e’tiboriga muxtoj qilib tasvirlash holatlari ko’p uchraydi. Bu mutlaqo noto‘g‘ri. Masalan, Keniyada nashr etiladigan «Ota-onalar uchun jurnal» («Jurnal dlya roditeley»)ning 2012 yil sentabr oyidagi sonida «O‘g‘lining nogironligi bois qamalib o‘tirishga majburlar» («Zapertыe v kletku invalidnostyu sыna») maqolasida nogiron bolalarni parvarishlash bo’yicha xizmatlarning mavjud emasligi bois ona ishlay olmayotgani, kasbiy yordamning yetishmasligi haqida so’z yuritiladi hamda u immunizatsiya o’tkazishga chaqiriq bilan yakunlanadi. Maqola nogiron bolalarning ota-onalari hayoti umidsizlikka chulg’angani haqida salbiy tasavvur uyg’otadi65. Yoki Rossiyaning http://svpressa.ru onlayn gazetasida e’lon qilingan «Alamni nogironlardan olishdi» («Sorvali zlo na invalidax») nomli maqolada nima uchun rossiyalik sportchilar Braziliyala bo’lib o’tgan paralimpiya o’yinlaridan chetlatilgani haqida mushohada yuritiladi66. Nogironligi bor kishilar haqida qanday qilib to’g’ri yozish mumkin? Mazkur nozik mavzuni to’g’ri va noto’g’ri yoritish chegarasi qaerdan o’tadi? Quyida nogironligi bor kishilarning bandligini ta’minlashga xizmat qiladigan loyiha haqidagi yangilik OAVda qanday taqdim etilishi mumkinligi to’g’risida ikki xil misol keltiriladi. Birinchi xabar nogironligi bor kishilarning salbiy stereotiplarini kuchaytiradi hamda homiylik va achinishni oshirishga xizmat qiladi. Mavzuni nisbatan ijobiy ruhda taqdim etgan ikkinchi xabarda esa nogironligi bor kishilarga o’zlarini moddiy jihatdan ta’minlashga intilayotgan jamiyatning to’laqonli va teng huquqli a’zolari sifatida qaraladi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling