Наргис косимова


Matbuotda yoritishga ijobiy misol


Download 0.72 Mb.
bet17/49
Sana05.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1427513
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
Bog'liq
BMI 23

Matbuotda yoritishga ijobiy misol

Nogiron ustalar yangi zargarlik do’koni ochishdi
Nogironlikning turli shakliga chalingan paraplegiya, ko’rish qobiliyatini yo’qotish, karlik, oyoq yoki qo’li amputatsiya qilingan 30 nafarga yaqin kishi zargarlik ustaxonasi ochishdi. Olti oylik kasb o’rganishdan keyin ular bugunga kelib har kuni 30-50 dona o’ziga xos zanjirlar, bilaguzuklar va uzuklarni zamonaviy hamda milliy uslublarda yasashmoqda. Ustaxona boshqaruvchisi, nogironlar aravachasida harakatlanadigan N. Hasanov shunday deydi: «Ayrimlarimiz ilgari juda nochor ahvolda yashardik. Endi esa ham o’zimizni ta’minlashni, ham oila a’zolarimizga yordam berishni uddalayapmiz. Biz yasayotgan zargarlik buyumlari chiroyli ko’rinishi, o’ziga xos dizayni bilan ajralib turadi va bozordagi boshqa xuddi shunday mahsulotlar bilan bemalol raqobatlasha oladi». Shu o’rinda aytishimiz kerakki, mazkur maqolaning nusxasini olib kelgan har bir xaridor birinchi mahsulotini sotib olishda chegirmaga ega bo’ladi67.

Nima to’g’ri:
Sarlavhada odamlar boshlagan yangi loyihaga urg’u beriladi; nogironlik esa ikkinchi o’rinda turibdi. Maqolada o’quvchilarni qiziqtirishi mumkin bo’lgan ko’plab dalillar keltirilgan, ammo nogironlik holatiga alohida e’tibor qaratilmaydi. Ustaxona ishchilari zarur ko’nikmalarni o’zlashtirishga diqqatlarini qaratgan mas’uliyatli katta yoshli kishilar sifatida talqin etiladi. Ustaxona homiylik faoliyati nuqtai nazaridan emas, balki ishlab chiqarish korxonasi sifatida tasvirlanadi. Istalgan boshqa korxona boshqaruvchisi singari nogironligi bor boshqaruvchining intervyusi va fikrlari maqolada beriladi. Bu esa jurnalistning xulosalari bilan cheklanib qolmasdan, boshqaruvchiga o’z fikrini bayon etish imkonini beradi. U o’quvchilarni mahsulotlari sifatli va mahorat bilan yasalayotganiga ishontiradi hamda shu orqali ularni xaridor bo’lishga undaydi.



Gazeta yoki internetda yoritishga salbiy misol butun dunyo uchun odatiy hol bo’lib, u nogironlar hamjamiyati va jurnalistlar o’rtasida aloqa mavjud emasligidan kelib chiqadi. Jurnalist nogironlar haqidagi maqola ozroq bo’rttirilgan, achinish hissini uyg’otadigan va homiylikka da’vat etadigan bo’lishi kerak, deb hisoblaydi. Ijobiy misol nogironlar hamjamiyati hamda jurnalistlar va umuman OAV o’rtasida doimiy aloqa, mazkur hamjamiyatning maqsad va vazifalari, intilishlari haqidagi ma’lumotlar o’z vaqtida taqdim etilishi natijasida yuzaga keladi.





Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling