Marketing faoliyatining iqtisodiy samaradorligi
— 1) marke
ting faoliyatining oraliq va yakuniy maqsadlarini amalga oshirishga
javob beruvchi nisbatan ko‘p sonli (marketing jarayonining bar
cha bosqichlari b o ‘yicha) natija; 2) marketing faoliyatini amalga
oshirish samarasining (natijasi) bu jarayonda sarflanuvchi barcha
xarajatlarga nisbati; 3) marketing faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar
qaytimi, natural yoki qiymat (narx) shaklida aks ettirilgan natija
va samaraning marketing faoliyatini tashkil etish va amalga oshi
rish uchun zarur b o ‘ lgan barcha (moddiy-texnik mehnat va
hokazo) resurslarga nisbati yordamida baholanadi.
Marketing xarajatlari
— tovar va xizmatlarni shakllantirish va
takror ishlab chiqarish b o ‘yicha marketing chora-tadbirlari va
marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sarf va
chiqimlar yig‘indisi. Marketing xarajatlarining asosiy tarkibiy
qismlari: boshqaruv xarajatlari, marketing b o ‘ limi xodimlari
maoshi, amortizatsion ajratmalar, marketing b o ‘limining normal
faoliyat ko'rsatishi uchun zarur b o ‘lgan material va resurslar,
tovar siyosati, narx siyosati, kommunikativ siyosat, savdo va
distributiv siyosat uchun sarflanuvchi xarajatlar.
Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi — 1)
marketing chora-tadbirlarini amalga oshirish samarasining (nati
jasi) buning uchun sarflangan barcha xarajatlar miqdoriga nisba
ti; 2) marketing majmuasining (marketing-miks) samaradorlik
ko‘rsatkichi. Natural va qiymat shaklida o ‘lchanadi.
Marketingda tarmoq yondashuvi
— marketing tizimi subyekt-
larining nafaqat ikki tomonlama (xaridor va sotuvchi), balki ko‘p
tomonlama o ‘zaro aloqalari jarayonini aks ettirish konsepsiyasi.
Tarmoq yondashuvi na sotuvchilar, na xaridorlar o ‘zlariga ham-
kor tanlash va ularni almashtirishda erkin emas, chunki resurs
lar o ‘zgarganda ularning bir-biriga qaramligi yuzaga keladi, ya’ ni
aloqalar almashuvi buziladi degan fikmi olg‘ a suradi. Marketing
tarmog‘i a’zolari o ‘rtasida resurslar ayirboshlash ,,qaramlik“ va
,,hokimlik“ manbayi hisoblanadi. Marketing tarmog‘ i uchta
o ‘zaro bog‘liq tarkibiy qismdan iborat: ishtirokchilar (firmalar),
resurslar va faoliyat turlari. Tarmoq yondashuvi resurslarning
turli xilligini va ularni iyerarxik nazorat qilishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |