Reklama auditoriyasi
— тпиаууап
axborot manbalari orqali
e’lon qilingan reklama xabarlarini eshitishi, ko‘rishi va o ‘ qishi
mumkin b o ‘lgan barcha shaxslar.
Reklama samaradorligi
— reklama vositalarining ishlab
chiqaruvchi yoki vositachilari manfaatlari yo‘ lida iste’ molchilarga
ta’sir ko‘rsatish darajasi. Reklama
murojaatidan oldin va keyin
aniqlanadi. Reklamaning savdo natijalariga ko‘rsatuvchi ta’sirini
aniqlash (iqtisodiy samaradorlik) reklama xarajatlarini awalgi
faoliyat natijalari b o ‘yicha tovar sotish hajmiga nisbati yordamida
aniqlanadi. Bu usulning aniqligi yuqori emas, chunki savdo nati
jalariga reklamadan tashqari boshqa ko‘plab omillar ham ta’sir
ko‘rsatadi.
Servis (xizmat ko‘rsatish)
— korxona marketing faoliyatining
mashinalar, asbob-uskunalar va transport vositalarini sotish va
ekspluatatsiya qilishni ta’minlovchi bo‘limi, quyi tizimi.
Sifat
— tovarning muayyan iste’ molchilar ehtiyojini qondi
rish
qobiliyatini belgilab beruvchi, q o ‘yilgan talablarga mos
keluvchi xususiyatlari majmuyi. Oldi-sotdi shartnomalarida to-
monlar sifat ko‘rsatkichlari, uni tekshirish tartibi,
tovar sifati-
ning belgilangan talablarga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlami
taqdim etish tartibi kelishib olinadi, zarur hollarda tovarni sifati
bo‘yicha qabul
qilish va topshirish shartlari, shuningdek, tovar
sifati yoki uni saqlash muddati b o ‘yicha kafolatlar belgilab
qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: