Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Tijoratlashtirish (kommersializatsiya)


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

Tijoratlashtirish (kommersializatsiya) 
— yangi mahsulotni 
ishlab chiqish bosqichi; bozorga kirib borish vaqtini to‘g‘ ri tan­
lash, turli bozorlarda faoliyat ko‘rsatish hajmi va ketma-ketligi, 
mahsulotni operativ harakatlantirish va taqsimlash bo‘yicha sa­
marali usullar, shuningdek, marketing rejasini ishlab chiqish 
jarayoni.
Tovar 
— 1) eng umumiy ko‘rinishda bozorda sotiluvchi mah­
sulot sifatida ifodalanishi mumkin bo'lgan iqtisodiy toifa, oldi- 
sotdi obyekti; 2) mahsulotning ma’lum bir xaridorlar ehtiyojini 
qondiruvchi asosiy iste’ m olchilik tavsifnomalari majmuyi;
3) iste’molchiga ko‘rsatiladigan, mahsulotni to‘ldiruvchi va uni 
sotishni yengillashtiruvchi xizmat va imtiyozlar; 4) mahsulotini 
o ‘ rab turuvchi ,,muhit“ (mahsulot dizayni, sifati, markasi, 
o ‘rovi).
Tovar variatsiyasi 
— ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud 
b o‘ lgan tovami uning ayrim xususiyatlari yoki ko‘rsatkichlarini 
o ‘zgartirish yo‘li bilan modifikatsiyalash. Tovaming tabiiy (mate- 
riali, sifati), estetik (dizayni, rangi, shakli), simvolik (tovar mar- 
kasining nomi) xususiyatlari va firmaning bo'linmalari faoliyati 
bilan bog‘liq bo‘ lgan xususiyatlari o ‘zgartirilishi mumkin. Tovar 
sifatini yaxshilash, uning foydaliligini oshirish, shakli va stilini 
yaxshilash strategiyasi tovar modifikatsiyasining muhim strate­
giyasi bo‘ lishi mumkin.
Tovar innovatsiyasi 
— 1) mahsulotni takomillashtirishning 
original, sifati yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulot ish­
lab chiqarish bilan bog‘liq b o‘lgan uzluksiz jarayoni. Tovaming 
hayotiylik davri uzunligini va korxonaning rentabelligini ta’ - 
minlovchi chora-tadbirlar ichida alohida o ‘ringa ega. 0 ‘z ichiga
211


mahsulotni differensiyalash va diversifikatsiyalashni kiritadi;
2) bozorga yangi mahsulotni yoki mahsulotlar guruhini olib ki- 
rish.
Tovar siyosati 
— tadbirkorlik maqsadlarini belgilash va ularga 
erishishga yo‘naltirilgan tadbir va strategiyalar majmuyi, yangi 
tovar, tovar yoki tovarlar guruhini bozorga olib kirish (innovat- 
siya), bozorda mavjud b o ‘ lgan tovarlarni zamonaviylashtirish 
(variasiya) yoki ishlab chiqarish dasturidan bironta tovarni ishlab 
chiqarishni chiqarib tashlash (eliminatsiya), shuningdek, assor- 
timent siyosatidan iborat.

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling