Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Marketing operatsiyalari tadqiqoti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

Marketing operatsiyalari tadqiqoti 
— 1) marketing qaror- 
larini ishlab chiqarish va qabul qilish tizimida foydalaniluvchi us- 
ullar (matematik dasturlash, o ‘yinlar nazariyasi, qarorlar 
nazariyasi, tasvirlami tanib olish nazariyasi va hokazo) yig‘indisi;
2) „boshqa usullar yordamida bundan ham yomon javob berila- 
digan amaliy savollarga yomon javob berish san’ati“ 
( T. A. Saati,
operatsiyalar tadqiqoti sohasidagi amerikalik mutaxassis).
Marketing rejasi 
— belgilangan marketing maqsadlariga eri- 
shishda yordam berishi kutilayotgan chora-tadbirlaming ketma- 
ketlikda detalli ravishda ifodalanishi.
Marketing salohiyati (potensiali) 
— 1) korxona salohiyatining 
ajralmas qismi; 2) tovar, narx, kommunikatsiya va savdo siyosati
talabni o ‘rganish sohasida samarali marketing tadbirlarini rejalash­
tirish va o'tkazish hisobiga marketing tizimi korxonaning doimiy 
raqobatbardoshligi, tovar va xizmatlaming bozordagi iqtisodiy va 
ijtimoiy konyunkturasini ta’minlash qobiliyatlari majmuyi.
205


Marketing tadqiqoti dizayni 
— 1) marketing tadqiqoti jarayo­
ni va modelini loyihalashtirish va tuzish; tadqiqotni o ‘tkazish, 
marketing axborotlarini izlab topish uchun ratsional rejalarni 
ishlab chiqish. Q o‘lda yoki axborot texnologiyalari yordamida ba­
jarilishi mumkin; 2) marketing tadqiqoti subyektlari xulq-atvo- 
rining o ‘zgarish holatlarini o ‘rganish va bashorat qilish bo‘yicha 
ijodiy jarayon.
Marketing tizimi 
— bozor muhitining mustaqil, foyda olish 
maqsadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlanti- 
rish bo‘yicha o ‘zaro uzluksiz aloqada bo‘luvchi ijtimoiy-iqtisodiy 
elementlar majmuyi. Marketing tizimi o ‘z ichiga quyidagilami ki- 
ritadi: ishlab chiqaruvchi firma, ta’minotchi firma, raqobatchi 
firma, vositachi firma, iste’molchi (bozor).

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling