5- §. FIRMANING RAQOBATBARDOSHLIGINI
TAHLIL QILISH
5.1. „Raqobat ustunligiM
tushunchasi
Raqobat ustunligi — tovar yoki markaning firmaga o ‘zining
bevosita raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir ustunlik beradigan
tavsifi va xususiyatlaridir. Bu xarakteristikalar (atributlar)
g‘oyatda xilma-xil bo'lishi va tovarning o ‘ziga (asosiy xizmatga),
asosiy xizmatga qo‘shimcha xizmatlarga, ishlab chiqarish, savdo
shakllariga ham taalluqli bo‘lishi hamda firma yoki tovarga xos
bo‘lishi mumkin. Demak, bunday ustunlik nisbiy bo‘ladi va tovar
bozorida yoki bozor segmentida eng yaxshi mavqega ega bo'lgan
raqobatchiga nisbatan belgilanadi. Bu eng xavfli raqobatchi —
imtiyozli raqobatchi deb ataladi.
Raqobatchining nisbiy ustunligi turli omillar bilan belgilanadi.
Umuman olganda, bu omillami ular vujudga keltiradigan ichki va
tashqi ustunliklardan kelib chiqqan holda ikki keng toifaga ajra-
tish mumkin
Agar raqobatli ustunlik tovarning ajralib turuvchi sifatlariga
asoslangan bo‘lsa, u „tashqi“ ustunlik deb ataladi, bu sifatlar
xarajatlaming qisqartirilishi yoki samaradorlikning oshirilishi
hisobiga xaridor uchun qiymatli bo‘ladi.
Binobarin, tashqi raqobatli ustunlik firmaning „bozor qud-
ratini“ oshiradi, ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nis
batan yuqoriroq sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila ola
di, chunki imtiyozli raqobatchi bunday ajralib turuvchi sifatlarni
taklif eta olmaydi.
Tashqi raqobatli ustunlikdan kelib chiqadigan strategiya — bu
differensiatsiya strategiyasi bo‘lib, bu strategiya firmaning mar
keting sohasidagi ,,nou-xau“siga, uning mavjud tovarlardan no-
rozi boMgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |