Август 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
9. Axborot texnologiyalari va ta’limning texnik vositalaridan foydalanishni biling.
10. Ko`rgazmali qurol ishlata turib diqqat, kuzatuvchanlik, tafakkur madaniyati, loyihiyalash,
ijodkorlik va o`qishga qiziqishga o`rgating.
11. Ko`rgazmalilikning yoshga, nafosatlilikka, ilmiylikka mosligiga e’tibor bering.
12. Ko`rgazmalilikning hayot bilan bog`liqligiga e’tiborni qarating.
13. Ularni kerak bo`lganda, navbat kelganda ishlating. Oldindan hammasini ochiq qo`yib
diqqatni bo`lmang.
14. Ko`rgazmalilik harakatli, animatsion bo`lishiga e’tibor bering.
Ko`rgazma qurol tayyorlash uchun o`qituvchiga yangicha g`oya, tashabbus, xom ashyo,
vaqt va energiya bo`lsa kifoya AKT savodxonligi va kompyuterda ishlash salohiyati
yuqori Microsoft Power Point singari kompyuter dasturlari yosdamida samarali va yo`rqin
ko`rgazmalar tayyorlab, tanlovlarda qatnashish orqali uni hamkasblari orasida ommashtirishi
ham mumkin.
Ta`lim tizimidagi rivojlanish jamiyat taraqqiyotining negizini tashkil etadi. Buning uchun
muntazam tarzda boshlang`ich ta`lim tizimida qo`llaniladigan innovatsion texnologiyalarni
o`zlashtirish, o`quvchilarning kompensiyalarini egallash jarayonlarini jadallashtirish hamda
ularni rivojlanayotgan jamiyat talablariga moslashtirish taqazo etiladi. Shu ma`noda
o`quvchilarning mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutqini rivojlantirishda interfaol usullar, didaktik
oyinlar, metodlardan dars mobaynida unumli foydalanish samarali natija beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdullayeva M. Bolalar o`yinlarida o`zaro munosabatlar “Boshlang`ich ta’lim” jurnali,
2019, №3.
2. Abdurahmonova A.E. O`yin vositasida o`quvchilar bilimini mustahkamlash. T.:
“O`qituvchi”, 1995, №5.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |