National researches of uzbekistan: conferences


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/86
Sana20.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1712214
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   86
Bog'liq
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0

Август 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING MANTIQIY FIKRLASH 
QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA REBUSLARNING O`RNI
Uralova Umida
Sirdaryo viloyati Xovos tumani
22- umumta’lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Telefon: +998993450831
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang`ich sinf darslar va darsdan tashqari jarayonlarda 
rebuslar yechish orqali o`quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari 
namunalar asosida ko`rsatib o`tilgan.
Kalit so`zlar: rebus, mantiqiy fikrlash, ijodiy ish, rasmli, shaklli va rasmli rebuslar.
O`quv chilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllanti rish jarayo ni - ma’naviy manbaalar va 
hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda tutilgan holda, o`qituvchilarning o`quvchi bilan aniq bir 
maqsadga qaratilgan o`zaro amaliy va nazariy muloqatidir. 
Bugungi kunda milliy ta’lim tarbiya tizimini har tomonlama rivojlantirishga mustaqil 
O`zbekiston taraqqiyotining asosiy, hal qiluvchi sohalaridan biri sifatida qaralmoqda. Prezidentimiz 
Shavkat Mirziyoyevning ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalash 
to`g`risidagi g`oyalari kadrlar tayyorlash milliy modeli asosini tashkil etadi. Bu model yuksak 
darajada ongli, barkamol shaxslar tarbiyasini ko`zlaydi.
Davlat ta’lim standartlarining yangi talablarini bajarish uchun kurashni faqatgina ilm-
fanda emas, balki maktablarda o`quvchilarni bilimlarini kengaytirishda fanlararo bog`liklikni 
ta’minlash, darslarni qiziqarli qilib o`tish, ularda o`yin faoliyatini kengaytirish, darslarda fanlarga 
bog`liq krossvorlar, rebuslar va boshqotirmalardan foydalanish yanada samara beradi. Buni biz 
ona tili va o`qish savodxonligi va tabiiy fanlar darslari va darsdan tashqari jarayonlarda, ya’ni 
sinfdan tashqari tadbirlar, to`garak, intelektual o`yinlar kabilarga qo`shimcha sifatida bolani fanga 
qiziqishini ortirish maqsadida foydalansak maqsadga muvofiq bo`ladi. Boshlang`ich sinflarda 
o`quvchilarni fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda rebuslar yechish muhim o`rin belgilaydi. Bunda 
o`quvchining fikrlash qobilyati ortadi, tafakkur tushunchasi kengayadi, keng mulohazali bo`ladi, 
diqqat- e’tibori oshadi.
O`quvchilarni mantiqiy fikrlash doirasini kengaytiruvchi yo`naltirilgan rebuslar bolalarni 
yosh va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tuzilishi ham talablardan biridir.
Shunga ko`ra so`zlar hosil qiluvchi, so`ngra gaplar hosil qiluvchi rebuslardan foydalanish orqali 
o`quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirib boramiz. Rebuslar asosan harflar va sonlar 
qo`shilmasi asosida so`zlar hosil qilish, keyin murakkabbroq harf o`rniga boshqa harflar qo`yish, 
rasmlar bilan mujassamlashtirish orqali gaplar hosil qilish, alifbodagi harflarni sonlar ketma-
ketligida, turli shakllar va rasmlar asosida belgilagan holda turli rebuslar hosil qilish asosida ham 
tuzilishi mumkin. Quyida rebuslardan namunalar keltiramiz. 
So`z hosil qiluvchi rebus namunalari:
Maqollar va hikmatli so`zlarga oid rebuslar:


40

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling