National researches of uzbekistan: conferences


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/86
Sana20.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1712214
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86
Bog'liq
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0

“O’z o’rningni top” mеtodi. Mavzu bo’yicha bahs-munozarali vaziyatlarda muammoning 
yеchimini topishga yo’naltirilgan. Bunda o’quvchilar o’z fikrini bayon qilishi, muloqot 
ko’nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud bo’ladi va dars so’ngida o’qituvchi 
tomonidan mavzuni o’zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi.
Arra” metodi. Mazkur mеtodga ko’ra kichik guruh 4-5 o’quvchidan tashkil topadi. Barcha 
guruh a’zolari yangi mavzu yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydilar. Guruh ichida 
o’quvchilar rivoyat matnini qismlarga ajratib, bo’lib oladilar. Har bir o’quvchi o’ziga tеgishli 
qismini puxta o’zlashtirib “mutaxassis”ga aylanadi. Ma’lum vaqtdan so’ng har bir kichik 


82
Август 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
guruhdagi “mutaxassis”lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o’tkaziladi. Shu tarzda 
rivoyat mazmunini barcha o’quvchilar o’zlashtirib oladilar.
Yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan, barkamol, sog’lom avlodni tarbiyalab, yoshlarga ilg’or 
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar asosida ta’lim berish mamlakatimizning 
ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalardan biridir. Shuningdek, komil insonni 
voyaga yetkazishda boshlang’ich ta’lim, shubhasiz, poydevor vazifasini o’taydi. Darslar jarayonida 
bolani qalban yuksak, ma’naviy boy qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar 
durdonalaridan foydalangan holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga o’rgatish muhim 
ahamiyatga ega. Buning uchun birinchi navbatda, o’quvchini o’qish, bilim olishga ishtiyoqini 
o’stirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish zarur. Shundagina ertangi kunning ishonchli egasi 
bo’lgan farzandlarni munosib tarbiyalagan bo’lamiz.
O’qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rishida metodlar va metodik usullarni tanlashi - 
bu ularning o’zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad bo’yicha muvozanatlashtirish demakdir. 
Pirovard natijasida o’quvchilar aqliy va amaliy faolligining yuqori darajasini ta’minlashga sharoit 
yaratiladi. To’g’ri qo’llanilgan metodlar ob’ektiv voqelikka oid bilimlarni chuqurlashtiradi va 
yaxlit hamda mashg’ulotning ilmiy- nazariy darajasini oshiradi. 
Pedagogik texnologiya - bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga 
yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayoni 
mazmunidir. Har qanday pedagogik texnologiya o’zaro hamkorlik, muloqot, ularning bir-birlariga 
ta’sirlari eng zamonaviy talablarga javob bergan holda, o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil 
etish va boshqarish tamoyillari, yo’llari, umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat 
qiluvchi metod va uslublar bilan qurollangan bo’lishi lozim.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling