Научный вестник scientific journal 2017-yil, 2-son (102/1) gumanitar fanlar seriyasi tarix, Falsafa, Sotsiologiya, Iqtisodiyot
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻq otar qurollar.
- ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2017-yil, 2-son
- Himoya aslahalari.
- Yordamchi aslahalar
ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2017-yil, 2-son qayin daraxtidan, uchi esa temir va p oʻlatdan ishlangan. Buxoro qoʻshinida “xatti nayza” deb atalgan nayza turi keng tarqalgan b oʻlib, ular uzun va toʻgʻri dastali boʻlgan. Arabiston yarimorolidagi Xatti manzilida ishlab chiqarilgan t oʻgʻri nayzaga qiyosan, barcha toʻgʻri dastali nayzalar shu nom bilan yuritilgan [14:102,163]. Oʻq otar qurollar. Yozma manbalarda qayd etilishicha, eng asosiy jang qurollari oʻq va kamon b oʻlgan. Bu davrda kamonning asosi tashqi tomondan chandir, ichki tomondan silliq muguz (xoʻkiz shoxi) yopishtirilgan yo gʻochdan iborat boʻlgan. Ba’zida tutqichining oʻrtasi va oxiri suyak (dandon) bilan qoplangan [6:108]. Ular qattiq kamon[13:306] deb atalib, uning oʻqi uzoqqa otiladigan alohida, murakkab turi edi. Zahiriddin Bobur Sulton Xusaynning amirlaridan biri Muhammad Sayid Urusni “yoyi qattiq, oʻqi esa uzun edi”, - deb tasvirlaydi [4:136]. Shu bilan birga, murakkab tuzilishga ega kamonlarning turlari ham mavjud b oʻlgan. Manbalarda ovda alohida, jangda alohida oʻqlar ishlatilishi haqida ma’lumotlar uchraydi [13:198]. Kamondan oʻq uzish nafaqat oʻt ochish qurollari paydo boʻlgunga qadar, balki undan keyin ham Oʻrta Osiyoda muayyan masofadan turib nishonga urishning asosiy usuli b oʻlib kelgan. Kamon va oʻq qoʻlda koʻtarib yuriladigan oʻqotar qurollar qatorida qoʻllanishining sababi shundaki, ilk davrlarda t oʻfang kamdan-kam hollarda kamondan ustunlik qilgan.Kamon va oʻqlarni olib yurish uchun ustalar sadoq(bu davrda zihdon [13:201] deb atalgan) yasaganlar. Ma’lumki, kamondan otish uchun oʻq uyacha (chuqurcha) vositasida ipga mustahkamlangan. Oʻqlar turli shaklda boʻlishi mumkin edi. Yogʻoch, poynak va qush patidan yasalgan oʻqlar keng tarqalgan. Yo gʻoch oʻqlar turli turdagi daraxtlardan tayyorlangan, jumladan, manbalarda qayindan, xadang (oq qayinga oʻxshash qattiq daraxt, bu davrda undan oʻq va aravalar gʻildiragi yasalgan [11:108]) yo gʻochidan yasalgan oʻqlar tilga olinadi [13:119]. Oʻqning uzunligi kabi unga soʻqilgan patlar ham turli shaklda edi. Oʻq uzish uchun barmoqlarga maxsus, angishvonasimon zehgirlar taqilgan [4:135]. “Abdullanoma” asarida, Dashti Qipchoq askarlari uch payli (uchta uyachali) kamondan bir kamon ipini tortish bilan uchtadan oʻq uzishi haqida qimmatli ma’lumotlarni keltiradi [14:181; 13:165]. Bunday kamonlar odatda tekistlikdagi jang qilish paytida, raqiblar hali bir-birlariga yaqinlashib kelmagan jarayonda q oʻl kelgan. Neftga shimdirilgan matoni oʻqqa oʻrash orqali yondiruvchi oʻqlar tayyorlangan. Qamal qilinganlar qal’a devorlaridan turib qamal qiluvchilarni oʻqqa tutish uchun ulardan foydalanganlar. Qamal qilayotganlar esa qamal qilinayotgan shaharda yon gʻin chiqarish maqsadida yondiruvchi oʻqlarni otganlar. Oʻqning oʻrtacha qancha masofaga otilishidan amalda jang oldidan qoʻshinning joylashgan oʻrnini, ba’zida esa umuman masofani aniqlash uchun ham foydalanilgan. Shuningdek, oʻq otar qurollar – taxshanlar ham qoʻllanilgan [4:47]. Lekin taxshandozlar XVI- XVII asrlardagi harbiy t oʻqnashuvlarning ishtirokchilari sifatida kamdan-kam hollarda tilga olinadi. XVI asrdan boshlab Movarounnahr hududida keng tarqalgan t oʻfanglar yogʻoch va metall bilan ishlangan b oʻlib, ular Oʻrta Osiyo hududida ishlab chiqarilmagan. Toʻfang Oʻrta Osiyoga Eron va Turkiya hududlaridan keltirilgan. “Mir’otul mamolik” (mamlakatlar k oʻzgusi) asari muallifining ma’lumot berishicha, Toshkent xoni Navr oʻz Ahmadxonga Turk sultoni 300 ta miltiq bilan qurollangan yanicher (yangi q oʻshin)larni yuborganligi haqida ma’lumot beradi [9:122]. Uning ta’kidlashicha, Buxoro q oʻshinlaridagi miltiqlar misdan quyilgan boʻlib, asar qahramonidan 40 ta temir miltiq olib q oʻyilganligi aytiladi [9:103]. Usmonlilar imperiyasi sultonlari bilan shartnomaga k oʻra, yollanma turk mashshoq (harbiy muhandis)lari Abdullaxon II (1557-1598) va ashtarxoniylar davrigacha zamonaviy usulda q oʻshinlarni jangga tayyorlash mashqlari bilan shugʻullangan, qurollar esa Turkiyadan keltirilgan [8: 143, 151, 242]. Buxoro xonligida XVI asr birinchi choragidagi k oʻplab harbiy toʻqnashuvlarning ishtirokchisi va qahramoni Zahiriddin Boburning ma’lumotlariga qaraganda, oʻtochar qurol – toʻfang oʻsha paytda Bajavr (Af gʻoniston) aholisiga ma’lum boʻlmagan. Ular bunday qurolni hech qachon koʻrishmagan va jang boshlanganda, t oʻfang ovozini eshitib ham parvo qilmay, oʻqning roʻparasida turishda davom etganlar. Faqat t oʻfangandozlar toʻfangdan oʻq otib, oʻnga yaqin bajavrliklarni yer tishlatgandan keyingina, boshqalar dushman ochayotgan oʻtdan oʻz boshlarini qutqarish payiga tushadilar [4:164]. Af gʻonistonning ba’zi bir joylarida toʻfang faqat 1509 - yilda Bobur qoʻshini bilan birga paydo b oʻlganligidan kelib chiqsak, mazkur oʻq otar qurol bu yerda keng tarqalmaganligi ma’lum boʻladi. 1558 - yil Buxoroga tashrif buyurgan ingliz Antoniy Jenkinson shunday yozadi: “26 - dekabrda menga xon huzuriga kirish amr qilindi. Men unga rus podshohining maktubini topshirdim. Xon 18 ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2017-yil, 2-son a’yonlari oldida mendan bizning milti gʻimizdan otishga majbur etdi va oʻzi ham ulardan otib, mashq qildi” [3:183]. Ushbu xabardan ma’lum b oʻladiki, mahalliy toʻfanglar Antoniy Jenkinson qoʻlidagi miltiqdan farq qilgan. XVI asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran q oʻlda olib yuriladigan oʻq otish qurollarini texnik jihatdan takomillashtirish, q oʻshinni, shu jumladan, yollanma lashkarlarni ham qurollantirishda muayyan rol uynay boshladi. Jumladan, Samarqand hokimi b oʻlib turgan shayboniy Navroʻz Ahmadxon (Baroqxon), shuningdek, uning oʻgʻli Bobo sulton qoʻshinlari tarkibida miltiqdan oʻq otuvchilardan tashkil topgan yollanma askarlar guruhi xizmat qilgan [8: 143, 394]. T oʻfangandozlar otgan oʻq qalqon, sovut, ba’zida hatto qalqon va sovutni ham baravariga teshib oʻtgan. Manbalar tadqiq etilganda, Abdullaxon II davrida quyilgan t oʻplarga nomlar berilganligining guvohi b oʻlishimiz mumkin. Masalan, Balxdan keltirilgan “Qora bugʻa” [14:240], Movarounnahrning oʻlkalarida quyilgan “Oqburyo toʻpi” [8: 292], “Qubbali qozon (toʻp)”, “Jahongir qozoni”, “Qora bahodir qozoni” (Qora bahodirdan neft yoqib otilgan b oʻlishi, ehtimol) singari toʻplar mavjud boʻlgan [13:293]. Muhammab ibn Arab Qata gʻan Abdullaxon II davrida toʻp yasash va otish bilan shu gʻullanadigan maxsus shaxslar haqida qimmatli ma’lumotlarni beradi. Qoʻshinda Ustod Ruhiy ismli t oʻpchi harbiy muhandis boʻlib [8:328], uning boshchiligida zambaraklar yasalgan va undan qal’alar shturm qilingan. Ruhiy Abdullaxonning deyarli barcha janglarida, ayniqsa, qal’alar qamalida oldingi safda turib, t oʻpchiboshilik qilganligi bir necha marta eslanadi [13: 243, 256, 265, 276, 293, 298, 306, 308 va h.k]. Muallifning voqealar bayonidan kelib chiqib fikr yuritiladigan b oʻlsa, 1580 - yildan boshlab Ustod Ruhiyning janglarda ishtirok etganligi haqida birorta ma’lumot uchramaydi (Ustod Ruhiy 1879 yilda qal’alardan birining qamali paytida orqasidan nayza sanchilib, jarohat olgan. Shu jarohat natijasida Ruhiy vafot etgan b oʻlishi, ehtimol). 1582 - yil iyul oyida Abdullaxonning Sabron (Janubiy Qozo gʻistonda) qal’asini egallash chogʻida Ustod Ruhiy (u vafot etgan edi)ning oʻrniga toʻpchiboshi boʻlgan Mirak yasovul alohida jonbozlik koʻrsatgan [14:84]. Shu yilning avgust oyida Yassi qal’asining egallanishida Qaro gʻoziy va Jahongiriy singari toʻpchilar nomlari tilga olinadi [8:344]. Bundan k oʻrinadiki, qoʻshinda harbiy muhandislar soni keyingi davrlarda koʻpayib borgan. Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik berishicha, XVI asrda Oʻrta Osiyodagi harbiy harakatlarda artilleriya t oʻpi – zambaraklardan foydalanilgan va mahalliy ustalarning oʻzlari zambaraklar yasay boshlagan. Boburning yozishicha, eritilgan metall mis tarnov orqali maxsus qolipga quyilgan va keyin sovutilgan. Ishlab chiqarish jarayoni bir necha kunga ch oʻzilgan: avvaliga tayyorgarlik ishlari olib borilgan, s oʻng eritilgan metallni qolipga quyishgan, shundan soʻng quyilgan qurolning qotishini bir necha muddat (bir-ikki kun) kutishgan [4:199]. Quyish jarayoni texnologiyasini yaxshi bilmaslik va mukammal texnikaning y oʻqligi ustalarga mustaqil ishlashlariga yoʻl qoʻymagan. Toʻp – otish oldidan stvolga zarur vaziyat yaratish va otish vaqtida otilgan oʻtni yutish hamda bunda vujudga keladigan o gʻirlikni yerga uzatish uchun maxsus moslama (yoki aroba)ga oʻrnatilgan [4:231]. Shu davrga tegishli miniatyuralarda t oʻplar asosan toʻrt gʻildirakli va ularning gʻildiragi yogʻochdan yasalganligini k oʻrish mumkin [2:121]. T oʻp quyuvchi ustalar rextagar deb atalgan [14:36]. Ish jarayonida ular yordamchi ishchi kuchidan foydalanishgan. XVI-XVII asrlarga oid manbalarda k oʻrsatilishicha, Buxoroda bir necha rextagarlar b oʻlgan. Rextagarlar mis va qoʻrgʻoshin qorishmasi boʻlgan bronzadan turli uy-roʻzgʻor buyumlarini ham yasaganlar. XVI asr oxirlariga kelib, artilleriya t oʻplarini yasash nisbatan takomillasha boshladi. Abdullaxon II buyru gʻi bilan, 1587 yilda Gavharshod masjidida Hirot qal’asi qamali uchun quyilgan har yetti t oʻpdan biri 2-3 botmon (1 botmon taxminan 20-30 kg) ogʻirlikdagi toshni otar edi [14: 183, 234]. XVI asr oxirlariga kelib, harbiy harakatlarda asosan mahalliy ustalar yasagan t oʻplardan foydalanilgan. Yevropacha t oʻp – faranglar kamdan-kam hollarda eslatiladi. Undan otish oʻziga xos qiyinchilik tu gʻdirganligini manbalardagi ayrim voqealar sharhidan ham bilib olish mumkin. XVI asrning birinchi choragida t oʻpni uni quygan ustaning oʻzi otgan. Ammo Hofiz Tanishning bir y oʻla yettita toʻp quyilganligi haqidagi ma’lumoti XVI asr oxirlaridan toʻp quyadigan usta asosan, t oʻp yasash bilan mashgʻul boʻlgan va faqat ayrim hollardagina oʻzi undan oʻq uzgan, degan xulosaga olib keladi. 19 ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2017-yil, 2-son Bundan tashqari, tosh arroda deb nomlangan zambarak turi b oʻlib, u toʻrtta gʻildirakka oʻrnatilgan hamda qal’alar devorini shturm qilishda alohida ahamiyatga ega boʻlgan va oʻsha davr Buxoro oʻlchov birligi boʻyicha bir botmon (20-30 kg) toshni ota olgan [13:223]. Buxoroda porox ombori – doruxona b oʻlib, u ikki qavatli hujralardan iborat edi. 1586 - yilda bu omborda yirik portlash sodir b oʻlganligi haqida “Abdullanoma”da ma’lumotlar keltirilgan. Xofiz Tanish doruxonaga kutilmaganda oʻt tushib, portlash yuz bergani va dahshatli halokatlarga olib kelganligini tasvirlaydi. Ombor bozor yonida, gavjum joyda joylashganligi tufayli portlash vaqtida k oʻplab kishilar, shu jumladan, hunarmandlarning katta qismi halok boʻlgan. Yongʻin koʻplab odamlar va savdo-hunarmandchilik binolarini yakson qilgan [14:211]. Shunday b oʻlsa-da, artilleriya toʻplari ishlab chiqarishda muayyan siljishlar b oʻlgan. Shu bilan birga, zarbzan, ra’d, zambarak, manjaniq, toshotar va boshqa avvalgi asrlarga mansub qurollar ham baravar ishlatilgan. Himoya aslahalari. Yozma manbalardan ma’lum b oʻlishicha, Buxoro xonligi jangchilarining deyarli hammasi qurol-aslaha va harbiy kiyim-bosh bilan ta’minlangan. Shunday b oʻlsa-da, dastlabki paytlarda Movaravounnahrga endigina kirib kelgan Dashti Qipchoq askarlarining hammasida ham sovut va himoya kiyimlari b oʻlmagan. Muhammad Solihning guvohlik berishicha, shayboniy sultonlari lashkari safidagi sovutsiz jangchilar oʻz tanasini kigiz bilan oʻrab himoya qilganlar [7:89]. Hunarmandlar tomonidan tayyorlangan qalqonlar ham turli-tuman k oʻrinishda, rangi ham har xil b oʻlgan [14:169]. Yogʻoch qalqonlar qal’alar qamali vaqtida qoʻshin huzurida boʻlgan hunarmandlar tomonidan tayyorlanishi mumkin edi. Metall bilan ziynatlangan, nisbatan ishonchli qalqonlar ham tayyorlangan. Ularning ayrimlari chet mamlakatlardan ham keltirilgan b oʻlib, manbalarda shayboniylar q oʻshinidagi ayrim askarlar Gʻilon qalqoni bilan himoyalangani haqida ma’lumotlar mavjud [14:121]. Oʻzbekiston muzeylarida (Samarqanddagi Oʻzbekiston madaniyati davlat muzeyi, Toshkentdagi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi)da ham, charm qoplangan yogʻoch, shuningdek, charm va metallardan yasalgan qalqonlar mavjud. Charm qalqonlar k oʻpincha rang-barang naqsh solingan xalqa shaklidagi metall qoplama bilan mustahkamlangan. Charm qalqonlarning aksariyati qora rangga b oʻyalgan, faqat ayrimlaridagina qizil buyoq izlari koʻzga tashlanadi. Xofiz Tanish la’l rangidagi (toʻq qizil) qalqonlar ham b oʻlganligi haqida xabar beradi [13:140]. Bundan tashqari, muzeylar fondlarida oʻyma naqshlar bilan bezatilgan turli kattalikdagi metall qalqonlar ham mavjud boʻlib, ular XVI asrga mansub miniatyuralarda tasvirlangan jangchilarning qalqonini eslatadi [2: 69,79, 87, 121, 127, 131]. Sovut va zirhlar (jiba, sovut, javshan, baktar) jangchi tanasini oʻq-yoy va oʻtochar qurollardan himoya qilgan. Sovut metall simlardan t oʻqilib, ichki tomoni yumshoq mato bilan qoplangan. Manbalarda Muhammad Shayboniy q oʻshinining sovuti temirdan yasalganligi [12:129], Shayboniyxonning oʻzi ham sovut yasash hunariga ega boʻlganligi [7:32] va oʻzining sovuti qora rangda b oʻlganligi[12:159] haqida ma’lumotlar mavjud. Sovutning ichidan maxsus kamzul – hafton kiyilgan [12:159]. Shayboniylar q oʻshini boshqalardan ajralib turishi uchun haftonlarining rangi odatda t oʻq qizil [13:329] rangda boʻlgan. Sovut yoy yoki t oʻfang oʻqidan himoya qila olmasa-da, qilich, bolta, xanjar singari kesuvchi qurollarga qarshi himoya vazifasini oʻtagan. Yoy, toʻfang oʻqlariga qarshi kiyiladigan javshanlar (temir nimcha) asosan, temir va p oʻlatdan yasalgan [13:298]. Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi fondlarida metall xalqadan qilingan, bir-biriga kiydirilgan sovutlar saqlangan b oʻlib, ular kalta yengli koʻylaklardir. XVI asr miniatyuralaridagi harbiylar kiyimi hamda hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishidagi mavjud an’analar muzeylarda saqlanayotgan sovutlarni samarqandlik ustalar tayyorlagan namunalarga juda yaqin [2: 69,79, 87, 127], deb taxmin qilishga asos b oʻladi. Shayboniylar q oʻshinida Xitoy javshani bilan ta’minlangan askarlar ham koʻpchilikni tashkil qilgan [14:121]. Tana muhofazasi uchun xizmat qilgan yana bir libos – baktardir [14:280]. Baktar ham javshan singari temirdan yasalgan va har ikki tomoni baxmal bilan qoplangan. Shu singari zirhli liboslar bilan jangga kirishning ahamiyati katta b oʻlgan. Manbalarda urushlardan birida zirhli kiyimsiz jangga kirilganidan ancha odam nobud b oʻlib, koʻpchiligi yaralanganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud [4:47]. Jumladan, Abdullaxon II q oʻshinida uzoq yillar toʻpchiboshi lavozimida xizmat qilib, aksariyat janglardagi gʻalabaga hissasini qoʻshgan Ustod Ruhiy 1579 - yilgi janglardan birida “urush kiyimini kiymay jangga kirganligi uchun” nayza zarbidan halok b oʻlgan [13:355]. 20 ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2017-yil, 2-son Q oʻshinda chapar (sipar) va toʻralar [13:186] ham mavjud boʻlib, ulardan mudofaa va qamal janglarida qalqon sifatida foydalanishgan. Chapar k oʻpincha mudofaa janglarida foydalanilib, ular okop (maxsus mudofaa chuqurliklari) oldiga q oʻyib, uning ortidan oʻq uzishga moʻljallangan va u k oʻpincha simdan toʻqilgan yirik qalqon turidir. Movarounnahrda bu turdagi himoya qurollari Chingizxon bosqini arafasida mahalliy aholi q oʻlida mavjud boʻlgan [1:136]. Toʻra esa odam boʻyi baravar b oʻlib, u yogʻochdan yasalib, usti toʻqilgan sim bilan qoplangan qalqondir [4:68]. U qamal paytida mudofaachilar oʻqlari, otilgan tosh, gʻisht va boshqa qurollardan himoyalanib, hujumga oʻtishga moʻljallangan oʻziga xos himoya toʻsigʻidir. Askarlarning boshlarini ham metall aslaha – dubul gʻa himoya qilgan. Dubulgʻa turli shaklda, ichkarisi kigizdan tikilgan, tashqi tarafi esa temir yoki p oʻlatdan ishlangan [13:298]. Yuqori tabaqa harbiylar – sarkardalar oddiy askarlarnikidan farqi sezilarli, uchi uzun, jezdan yasalgan dubul gʻalar – xudlarni kiyib jangga kirganlar [13: 114, 117]. Qurol turlari sohiblarining qaysi tabaqaga mansubligini ham yaqqol namoyon qilgan. Jang vaqtida yasalgan oddiy yo gʻoch hamda naqsh va suratlar bilan ziynatlangan qalqonlar oʻrta asrlarda yuqori tabaqaning turli qatlamlariga mansub namoyandalarining qurollanish belgilaridan edi [5:19]. Lashkar y oʻlboshchilari jangovar otlarining tanasi zirh bilan himoya qilingan. Ular bargustvon (kejm) deb atalib, asosan temir simlardan t oʻqilgan. Bunday yopinchiqlar asosan qoʻshin boshliqlarining otlariga yopilgan. Qurol-aslahalar, odatda, mahalliy ustalar tomonidan yasalgan, shuningdek, boshqa mamlakatlardan ham keltirilgan. Hofiz Tanishning qayd etishicha, Darband qurol-aslahalari ortilgan bir necha tuya Moskvadan Buxoroga kelgan (1583) [14:119]. Yozma manbalarda XVI asr oxirida Samarqandda qurol-aslahalar tayyorlashga ixtisoslashgan bir qator ustalar tilga olinadi. Bolalarning usta hunarmandlarga shogird tushishi munosabati bilan t oʻzilgan “Majmuai vasoyiq” deb atalgan bitimlar t oʻplamida jibatob usta va shogirdlar orasida tuzilgan shartnomalar ham mavjud. Mazkur bitimlardan biriga muvofiq, Mulla Temur Mulla Jonmuhammad oʻgʻli oʻz ukasi Ibodullani ikki yil ichida yaro gʻ-aslaha tayyorlash san’atini oʻrganishi uchun Ustoz Muhammad Moʻmin jibatobga shogirdlikka beradi [6:113]. Samarqandda jibatob ustalarining faoliyati XVI asrning ikkinchi yarmida ayrim qurollarni ishlab chiqarish sohasida oʻrta osiyolik qurolsozlar ham muayyan yutuqlarga erishganligini koʻrsatadi. Bu hunarni oʻrganish uchun kishilarning ularga koʻplab shogird tushishi ham shundan dalolat beradi. Umuman olganda, samarqandlik jibatoblarning mahsulotlari mahalliy aholining badavlat toifasiga mansub harbiylar, shuningdek, boshqa shaharlar aholisi tomonidan sotib olingan. Yordamchi aslahalar. Qadimdan harbiy yurishlarga chiqilganda tuyalar karvonida harbiy aslahalardan tashqari, jang, qamal, mudofaaga k oʻmaklashadigan buyumlar ham doimiy ravishda olib yurilgan. Askarlarning oʻz uylaridan oylab, hatto yillab uzoqda yurishi va oʻzlari uchun maishiy hayotda zarur b oʻlgan buyumlar ta’minoti oʻzlarining zimmasida boʻlgan. Ular harbiy aslahalardan tashqari, chodir (ularni olib yuruvchilar va tiklovchilar farroshlar deb yuritilgan), echki yoki q oʻy terisidan tayyorlangan poʻstak (tagiga toʻshab yotish uchun), koʻrpa- t oʻshak va boshqa maishiy asboblarning maxsus qopi partol deb atalgan [4:167]. Suzishda foydalaniladigan sol, qal’a qamali uchun turli hajmdagi narvonlar, qop, ketmon, kurak, arra va boshqa buyumlar harbiylarning k oʻchma omborida mavjud boʻlgan. Koʻchma ombor qur deb atalgan boʻlib [14:280], unda zahira qurollar ham b oʻlgan. Manbalarda qurning muhofazasi uchun alohida ahamiyat berilganligi va uning javobgarligi qurchi yoki qurboshi deb atalgan mansab egasiga biriktirilganligi aytiladi [13:335]. Qal’alar qamal qilinishi jarayonida bel kurak (devor tagidan lahm qazish uchun), bir necha ming k oʻzalar (neft toʻldirib otish yoki lahm tagiga joylab, portlatish uchun), echki va qoʻy terisidan qilingan sollar (daryolardan suzib oʻtish uchun), har xil kattalikdagi shoti (narvon – qal’a devoriga chiqish uchun), pishgan gʻishtlar (sahrolarga tushilganda sardobalar qurish uchun), jang boshlanishi yoki q oʻshinni orqaga qaytarishni ma’lum qilish vazifalarini bajaradigan musiqa asboblari (karnay, surnay, dovul, no gʻora) [13:188, 231, 232, 292, 293] va boshqa yordamchi harbiy aslahalardan foydalanish bevosita askarlarning zimmasidagi vazifa b oʻlgan. Qal’alarni qamal qilib egallash jarayonida shotilarning ahamiyati katta b oʻlgan. Qal’alarning ichki qismiga kirib olish uchun shoti va ulama narvonlardan (biri biriga ulab, uzunlashtirilgan narvonlar) foydalanilgan [13: 135, 346]. Har bir shoti 2-3 kishi yonma-yon chiqa oladigan darajadagi 21 ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2017-yil, 2-son kenglikda b oʻlgan [4:83]. Qoʻshinda shotilarning soni ham koʻp boʻlib, bir manbada, 60-65 shoti q oʻyib, qal’a devoriga chiqilganligi aytiladi [12:143]. Bu holat qal’a devorini shiddat bilan egallash imkonini oshirgan. Q oʻshin ortida doimiy ravishda ugʻruq – xon va sultonlarning oila a’zolari va ularning anjomlari, shuningdek, zarur zaxira ortilgan maxsus karvon yurgan b oʻlib [14:10], ularni q oʻriqlaydigan alohida harbiy qism ham mavjud boʻlgan. Ugʻruqda chodir, saroparda (xon chodiridagi katta parda, u chodirni ikkiga b oʻlishda qoʻllanilgan) va xon hamda uning oilasi uchun moʻljallangan turli asbob-uskunalar b oʻlgan. Yurish cho gʻida duch kelinadigan daryolardan kechuv sol va gupsarlardan foydalanilgan holda amalga oshirilgan[14:20]. Gupsar – damlangan mesh b oʻlib, u koʻpincha echki terisidan qilingan. Qurol-aslahalar esa kigizga oʻralib, ot dumiga bogʻlagan holda olib oʻtilgan [14:23]. Qoʻshinda bu vazifaga jolabon [4:188]deb ataladigan solchi mas’ul b oʻlgan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, XVI asrda Buxoro xonligi q oʻshinida harbiy qurollarning 30 dan ortiq turi mavjud b oʻlgan va qoʻshin toʻla-toʻkis harbiy aslahalar bilan ta’minlangan. Manbalar tahlili shuni k oʻrsatadiki, askarlarning deyarli hammasida xanjar va oʻq-yoy mavjud boʻlgan hamda ulardan foydalanish yaxshi oʻzlashtirilgan. Tez-tez uyushtiriladigan shikor (ov)larda ham asosan oʻq- yoy q oʻllanilgan. Aynan shu davrdan boshlab xonlikda oʻtochar qurollardan foydalanish boshlandi. Unga qadar mavjud b oʻlgan naftandoz, ra’dandozlarning oʻrnini toʻp va toʻfanglar egalladi. Ammo keyingi davrlarda (XVII-XIX) asrlar oʻtochar qurollar bilan bogʻliq islohotlar izchil davom ettirilmadi. Bunga sabab, harbiy mutaxassislarning yetishmasligi, tabiiy-aniq fanlarning kuchli rivojlanmaganligi, harbiylarning esa murakkab qurollardan k oʻra, oʻq-yoy, qilich, nayza, bolta singari an’anaviy qurollarni ishlatish osonligi nuqtaiy nazaridan bu qurollar yanada takomillashtirilmadi. Natijada, XIX asr oʻrtalariga kelib Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyoga yurishlari boshlanishida bu an’ana oʻz salbiy ta’sirini namoyon qildi. Download 5.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling