Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Download 3.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/27
Sana05.10.2023
Hajmi3.43 Mb.
#1692863
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
1-курс. КИ лаборатория 2-сем. (узб)

Nivelir reykalari – bu geometrik va trigonometrik nivelirlashni o‘tkazish, 
tafsilot syomkasida masofalarni o‘lchash va boshqa muhandislik vazifalarini 
bajarish uchun zarur bo‘lgan moslama. 
Nivelir reykasi – santimetrlik bo‘lmalar (shashkalar) tushirilgan oddiy 
chizg‘ichdir. 
Nivelir reykalari yig‘ma yog‘och reykalar va shkala bo‘lma qiymati 10 mm 
bo‘lgan teleskopik reykalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. (5-rasm). 


40 
 
6.3-rasm. Reykalar: teleskopik staff-5;yig‘ma yog‘och RN-3000-S 
Ikki tomonli reykaga bir tomonga yolg‘iz qora rangda, ikkinchi tomoniga esa 
qizil rangda yoziladi. Shunga ko‘ra, bu tomonlar reykaning qora va qizil tomonlari 
deb yuritiladi. Qora tomonda reyka tagidan boshlab, santimetrli oq va qora 
bo‘laklarga bo‘linadi. Uch metrli reykada yozuvlar 0 dan boshlanib, 3000 da 
tugaydi. Bo‘laklarning har detsimetri E shaklidagi belgidan boshlanadi va qiymati 
dm birlikda yoziladi. Har metr 10 detsimetrga, detsimetr 10 sm ga bo‘lingan. Bir 
bo‘lak (shashka) qiymati 1 sm. Qizil tomonda yozuvlar 0 dan boshlanmay, balki 
boshqa bir katta sondan boshlanadi. Nivelir reykalari ikki tomonlama asosiy 
tomonidan (qora tomon) navbatma navbat oq va qora rang bilan, boshqa tomondan 
(qizil tomon, nazorat uchun) oq va qizil rang bilan shashka ko‘rinishida bo‘yaladi.
Reyka tomonlarining turli ranglari nisbiy balandliklarni o‘lchashni nazorat 
qilish uchun xizmat qiladi. 
Ba’zida reykaning yon tomonlarida reykani vertikal tutib turishni 
ta’minlovchi aylana adilak, ikkita tutqich o‘rnatiladi. 
 


41 
 
a) qaratish vinti. 
b) batareya bo‘lmasi 
c) sharsimon adilak 
d) vizir 
e) tasvirni fokuslash vinti 
f) dasta 
j) okulyar 
h) JK displey 
i) trigger 
j) ko‘tarish vinti 

Download 3.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling