Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti
Korxonaning innovatsiya salohiyati
Download 4.82 Mb.
|
(Lotin) Soha iqt va men-UMK-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning ilmiy va innovatsiya faoliyatiga faol aralashuvi ko‘yidagi yo‘nalishlarda
Korxonaning innovatsiya salohiyati – moliyaviy, kadrlar, axborotlar, moddiy-texnik resurslar, tegishli xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar majmuini tashkil etadi. Innovatsiya salohiyati korxonadagi resurslarning mavjudligi va qo‘yilgan vazifa hamda innovatsiyani joriy etish uchun uning tayyorgarligi va qobiliyatini aniqlab beradi. Innovatsiya salohiyati korxonaning ishlab chiqarish, iqtisodiy va marketing imkoniyatlarini o‘zida namoyon etadi.
Innovatsiya salohiyati korxonaning strategik maqsadlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish, texnologik va tashkiliy boshqaruv o‘zgarishlarga oid dastur va loyihalarni amalga oshirishga qay darajada tayyorgarligini ham ko‘rsatadi. Bu o‘z navbatida yangiliklarni ishlab chiqarishda keng tarqalishiga, an’anaviy texnologiyalar o‘rnini yangilari egallash darajasiga, yangi mahsulotlar yaratish turlariga bog‘liq. Innovatsiya salohiyati korxonaning loyihalarda ishtirok etishi va uning strategik imkoniyatlari darajasini ham o‘zida ifoda etadi. Innovatsiya salohiyatini oqilona tarkibi korxonaning tijorat strategiyasini ishlab chiqish bosqichida aniqlanadi. YUqori rahbariyat tomonidan tegishli tayyorgarlik va kelishilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda quyidagilar hisobga olinadi: korxona faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha innovatsion jarayonlarning muhim indikatorlari; texnologik va bozor talablarini hisobga olgan holda innovatsiyani kompleks baholash tizimi, ya’ni mahsulot va korxona raqobatbardoshligini, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash. Tajribalar shundan dalolat beradiki korxonalarning yirik xalqaro loyihalarda ishtiroki, ularning innovatsion salohiyatini belgilab beradi. Davlatning ilmiy va innovatsiya faoliyatiga faol aralashuvi ko‘yidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: " davlatning innovatsiya soxasi infrastrukturasini yaratish va ilmiy-texnik aloka takliflarini kiritish; " innovatsiya soxasida barcha tashkilotchilarning innovatsiya faolligini oshirishga yordam beruvchi sharoit yaratish; " xo‘jalik amaliyotida keng tarkalgan yangilikka talabni shakllantirishning boshlang‘ich bosqichi uchun davlat resurslari ajratilishi. " Ilmiy-tadqiqot natijalarini realizatsiya qilish natijasida olgan foydadan imtiyozli solik olish; " Ilmiy tadqiqotlar ixtiyorida bo‘lgan yordamchi va boshqa mulkdan solik olishni bekor qilish; " Ilmiy ish olib borish uchun xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan buyumlar uchun to‘lovlardan ozod qilish; " Individual ixtirochilar va kichik joriy etish korxonalari uchun foizsiz kreditlar berish; " Imtiyozli soliklar imkoniyati bo‘lgan venchur innovatsiya foydani yaratish; " Individual ixtirochilar uchun davlat patent to‘lovini kamaytirish; " Resurslarni iktisod kiluvchi ixtirochilar uchun to‘lov muddatini kechiktirish; " Uskunalarni amortizatsiyasini tezlashtirish xuquqini berish; " Texnopark va texnopolis tarmoqlarini yaratish. Ilmiy va innovatsiya soxasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga ko‘yidagilar kiradi: " ilmiy va ilmiy-texnik ijodkorlik; " intellektual mulkni xuquqiy ximoya qilish; " ilmiy, ilmiy-texnik va ta’limning integratsiyasi; " ilmiy va texnika soxasidagi raqobatni ko‘llab-quvvatlash; " ilmiy rivojning ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha resurslarni konsentratsiyalash; " ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsiya faoliyatining tadbirlar faolligini moddiy rag‘batlantirish; " xalqaro ilmiy xamkorlikni rivojlantirish. Davlat organlarining funksiyalari. Davlat organlarining innovatsion soxadagi asosiy funksiyalari kuyidagilar xisoblanadi: " tadqiqot va ishlab chiqarishga mablag‘larni yo‘naltirish; " innovatsion faoliyatni muvofiklashtirish; " innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish va mazkur soxada raqobatni kuchaytirish; " innovatsion xavf-xatarni sug‘urta qilish; " zaxiralarni o‘zlashtirish va maxsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha majburiyatlarni bajarilmaganligi uchun davlat sanksiyalarini joriy etish; " innovatsion jarayonlarni boshqarishning xuquqiy asosini yaratish, xususan mualliflik xuquqi va intellektual mulkni ximoya qilish; " innovatsion faoliyatni kadrlar bilan ta’minlash; " innovatsion jarayonning institutsional ta’minoti; " innovatsiyaning ijtimoiy va ekologik yo‘nalishi; " innovatsion faoliyatning ijtimoiy statusini oshirish; " innovatsion jarayonlarni mintakaviy tartibga solish; " innovatsion jarayonlarning xalqaro yo‘nalishlarini tartibga solish. Download 4.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling