Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
diktant 1-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- * * * BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHILARI UCHUN DIKTANTLAR
NAVOIY SHAHAR 12-DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN UMUMTA`LIM MAKTABI * * * BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHILARI UCHUN DIKTANTLAR TO`PLAMI ( O`ZBEK TILIDAN 2-3-4-SINFLAR UCHUN) 2
Tuzuvchi: Boboyeva N.J – Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
Taqrizchilar: Azimov. A. A - Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi direktori.
Mirzayeva. G. B - Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi “ Boshlang’ich ta`lim “ metodbirlashma rahbari. Ushbu diktantlar to`plami maktab metodika kengashining 2016-yil - avgustdagi - sonli yig`ilishida ko`rib chiqildi va boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun foydalanishga tavsiya etildi 3
Kirish Ma’rifatga intilish – xalqimizning azaliy fazilatlaridan biri. Farzandlarimizni bilimdon, irodasi baquvvat, iymoni mustahkam qilib voyaga yetkazish, milliy istiqlol g’oyasini ular qalbi va ongiga singdirish, yot va zararli g’oyalar ta’siridan saqlash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng asosiy vazifamizdan hisoblanadi. Ta`lim rus tilida olib boriladigan boshlang`ich sinf o`quvchilarida o`z ona tiliga bo`lgan mehr-muhabbatni o`stirish, o`zbek tilida yozishga o`rgatish, nutqini o`stirish va tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish o`zbek tili o`qituvchilarining asosiy vazifasidir. Mazkur to`plam ta`lim rus tilida olib boriladigan boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun mo`ljallangan bo`lib, o`quvchilarning o`zbek tilidagi savodxonligini oshirishga, lug`at boyligini va nutqini rivojlantirishga yordam beradi yordam beradi.
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling