Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
diktant 1-4
Yoddan yozuv diktanti
Mitti mosh
Mushukkinam mitti Mosh,
Shirin sut mushukka osh.
Olma bersam kelmaydi,
Non yeyishni bilmaydi.
G`oz
G`oq, g`oq, g`oq,
Dimog`im ko`p chog`.
Suvda suzib yuraman,
Maza qilib suzaman.
Men gilosman Sariq, oq Quloq sol, Shaftoliman. Rangim ol-u Zarg`aldoq Totim bol.
Shaftoliman. Topsang
Maqtanib Qo`shalog`imni, O`tirmayman, Qulog`ingga Maqtanchoq Taqib ol. Shaftoliman. Erkin Vohidov Tekshirish diktant Bahor
Bahor kelishi bilan kunlar isiy boshlaydi. Boychechak, binafsha va lolalar ochiladi. Daraxtlar gullaydi. Issiq o`lkalardan qushlar uchib keladi.
Yoz Yoz faslida kunlar uzayadi. Havo issiq bo`ladi. Mevalar g`arq pishadi. Bolalar suv havzalarida cho`miladilar.
7
Bog`da
Biz bog`ga kirdik. Daraxtda o`rik ko`p. Ikkita bola meva terdi.
Qizlar o`riklarni savatga terdilar. Bog`da gilos, olcha, shaftoli ham bor ekan.
Bog`bon bobo bizga “ Mevalarni yuvib yenglar”, dedilar. Biz o`rik, olchalarni yuvdik va maza qilib yedik. Mevalar juda shirin ekan. Bog`bon boboga rahmat, dedik. Shotut
Shotut-ko`p yillik daraxt. Shoxlari qo`ng`ir-qizg`ish. Bargi dag`al qalin. Aprelda meva tugadi, may oyida pishadi. Mevasining rangi qora yoki to`q qizil. Mazasi nordon. Shotut-shifobaxsh meva.
Olcha
Bahor keldi. Olcha daraxti gulladi. Gullari to`kildi. Ko`m-ko`k g`oralar tezda qizardi. Olchalar yetilib pishdi. Oilamiz olchadan to`yib-to`yib yedi. Onam olchadan murabbo pishirdi.
Kuzda Respublikamizda poliz ekinlari, shirin-shakar mevalar, qovun- tarvuzlar pishadi. Dehqonlar, bog’bonlar yetishtirgan hosillarini yig’ib-terib oladilar. Kuz fasli sentabr, oktabr va noyabr oylaridan iborat.
8 Yomg’ir Yomg’ir-suv bug’lanib osmonga chiqadi va bulut ko’rinishida yog’adi. Yomg’ir yog’ganda daryo, ko’llar to’lib oqadi. Yomg’ir zaminimizni suvga to’yintiradi. Shu tufayli hosil mo’l bo’lad.
Qish Qish keldi. Sovuq tushib, qor yog’di. Daraxtlar uyquga ketdi. Qishda kunlar qisqa bo’ladi. Hamma issiq kiyim kiyadi. 31-dekabrda yangi yilni kutib olamiz.
Archa
Alisher Navoiy nomli milliy bog`ga juda baland va chiroyli yasatilgan archa o`rnatildi. Ota-onalari, opa-akalari bilan kelgan bolalar archa atrofida xursand bo`lib o`ynaydilar. Jo`shqin musiqa yangradi. Ular Qorbobo va Qorqiz bilan raqsga tushdilar hamda ashula aytdilar.
Ko`chamiz Bizning ko`chamiz keng. Ko`cha atrofiga gullar ekilgan. Bu yo`lda avtobuslar qatnaydi. Bekat chorrahaga yaqin. Bekatda o`rindiqlar bor. Biz ko`chamizni ozoda tutamiz.
Uyimiz Uyimiz shu ko`chada joylashgan. U ikki qavatli. Hovlimiz keng, daraxtlar va gullar ko`p. Birinchi qavatda mehmonxona, oshxona va hamom bor. Ikkinchi qavatda darsxona, yotoqxona bor.
Momiq Gulnoza mushukcha boqdi. Unga Momiq deb nom qo`ydi. Mushukcha juda chiroyli, ovozi yoqimli. Gulnoza uni non va sut bilan boqadi.
Samarqand. Samarqand katta shahar. U yerda baland-baland binolar bor. Ular pishiq g’ishtdan ishlangan. Yaqinda katta korxona binosi qad ko’taradi. Shaharning ko’rkam jamolini ko’rgan xursand bo’ladi. Samarqand tarixiy yodgorliklarga boy shahardir.
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling