Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
UYUSHIQ BO‘LAKLAR 2 -VARIANT
1. Javoblarning qaysi biridagi har bir uyushiq bo‘lakning ma’nosi ta’kidlab ko‘rsatilgan? A) Yam –yashil vodiylarga, Badiiy lavhalarga, She’riy sarlavhalarga, Boy ekansan, Farg’ona. B) Adol bilan o‘yinchi Sora, Asal bilan quvnoq Ruxsora. C) Quyosh, suv, va havo – eng yaxshi davo. D) Men Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo‘lganman. 2. Javoblarning qaysi birida umumlashtiruvchi so‘z ishtirok etmagan? A) Bogʽimizda qovun, handalak, olma, o‘rik, shaftoli pishib yotibdi. B) Umrzoq hamma narsani: konvertni ham, mayda-mayda qilib yozilgan oq qogʽozni ham, undan keyin cheti qora hoshiyali pushti rang qogʽozni ham ko‘rdi. C) Yogʽliq qo‘y go‘shti yaxnasi ham, tok bargi va uzum boshining surati solingan chinni kosadagi qaymoq, non, qora mayiz — hammasi dasturxonda qo‘l tekkizilmay turardi. D) Kanalning ikki qirgʽogʽida gʽuj-gʽuj bo‘lib turgan odamlar: erkaklar, ayollar va bolalar shod-xurram, suvning orqasidan, Bekbo‘taning orqasidan chopib borardilar. 3.Qaysi gapda uyushiq nomustaqil hol qatnashgan? A)Xalqimiz uchun, Vatanimiz uchun gʽayrat bilan mehnat qilish har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir. B)Zorqishloq ko‘chalarida, adir va soylarida, serdaraxt bogʽlarida ko‘klam namoyishi kezadi. C)Adib mustaqillik yillarida shahar va qishloqlarimizda ro‘y bergan o‘zgarishlarni hayajonlanib tasvirladi. D)Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, unga hamroh bo‘lishimni iltimos qildi. 4. Наr bir inson o ‘z muallimi va ustozini e’zozlashi, shogirdlik burchi va sadoqatini ado qilishi shartdir . Ushbu gapda uyushgan bo‘laklar qaysi gap bo‘laklariga nisbatan hokim qism vazifasini bajargan? A) aniqlovchi, to‘ldiruvchi B) ega, to‘ldiruvchi C) ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi D) ega, aniqlovchi 5.Qaysi javobda keltirilgan gapda uyushib kelgan yasama sifatlar faqat sanash ohangi bilan bogʽlangan? A) Dunyoda do‘stlikdan afzalroq, yoqimliroq narsa yo‘q. B) Hindubek turkiy , forsiy tillarni mukammal o‘rgangan ilmli,ma’rifatli, dilkash kishi bo‘lganligi uchun Boburning eng yaqin beklari qatoriga kirgan edi. C) Xayolchan ko‘zlarda sirli va sehrli bir holat aks etardi. D) Hovlimizda ko‘cha eshikdan kiraverishda kichkina gʽishtin uycha bor . 6.Ayiruv bogʽlovchisi bilan birikkan uyushiq to‘ldiruvchili gapni aniqlang. A)Goh oyim, goh buvim kelib turadi B)Ortiq ishongisi kelmay,avval Avazga ,so‘ng Turdiga qaradi C)Qizlar goh undan , goh bundan gaplashib,hovli aylanishdi D)Dam yigʽlaydi,dam otasining bo‘yniga osiladi 7.Bosh gap qismida uyushgan bo‘laklar ishtirok etgan ergash gapli qo‘shma gapni toping. A)Shu sayrdan, tabiatning go‘zalligidan nash’a va safo tuygan bu aqlli jonivorlarning tiniq ko‘zlarida xushnudlik ifodasini ko‘raman. B)Bahor kelsa, boshlanar bogʽda bulbul xonishi, Sa’va, qumri nagʽmasi, suralay tovlanishi. C)Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o‘shaniki bo‘ladi. D)Quyosh bosh ko‘tarib chiqadi-yu, uxlab yotgan dov-daraxtlar, giyohlar borliqni uygʽotib yuboradi. 8.Amu bilan Sirdan suv ichgan, Zarafshonni loylatib kechgan Chavandozlar bordir bu elda. Parchadagi uyushgan bo‘laklar haqidagi noto‘gʽri fikrni aniqlang. A)Uyushgan aniqlovchilar holga tobelangan. B)Uyushiq sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan. C)Uyushiq o ‘rin holi qatnashgan. D)Uyushgan hollar aniqlovchiga tobelangan. 9.Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi: yoshlik, sogʽlik, tinchlik. Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘yilish sababi to‘gʽri izohlangan javobni aniqlang. A)gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan bo‘laklarni ajratish uchun B)umumlashtiruvchi bo‘lak uyushiq bo‘laklardan oldin kelgani uchun C)izoh munosabatli bogʽlovchisiz qo‘shma gap bo‘lgani uchun D)ajratilgan bo‘lak qatnashgani uchun 10.Quyidagi gaplarning qaysi birida hol va kesim uyushib kelgan? A)Inim, dunyoda kitob o‘qimoqdan, tafakkurdan, she’r aytmoqdan zavqbaxsh mashgʽulot yo‘qdir. B)Shu yerga kelganda mingboshining qovogʽi solina boshlagan edi, qisiq ko‘zlarining tez-tez yumilib pirpirayotganday bo‘lganini Miryoqub ham payqadi. C)U hamma vaqtdagidek did va farosat bilan kiyingan, avvalgidek chiroyli, xushmuomala edi. D)Shoir o‘z hayotida yaratgan ilmiy, madaniy muassasalarning yashashini, xayr-u ehsonlarning o‘zidan keyin ham kattaroq miqyosda davom etishini orzu qildi. 11.Daraxtni undiradigan, o‘stiradigan, mevasini laziz qiladigan quyosh, yer va suv bo‘lsa, badiiy mahoratni undiradigan va o‘stiradigan, samarasini jozibali qiladigan xalq hayotidan olingan ilhomdir. Ushbu gap haqida berilgan qaysi fikr to‘gʽri emas? A)ega, kesim uyushgan B)barcha aniqlanmishlar uyushiq bo‘laklarga tobelangan C)tobe va hokim qismlari uyushgan bo‘lak bilan ifodalangan moslashuvli tobe bogʽlanish hosil bo‘lgan D)vositasiz to‘ldiruvchi uyushiq kesimga bilvosita bogʽlangan 12.Sizning bu hayotda orzularingiz ko‘zlagan maqsadingiz qiladigan ishlaringiz ko‘p lekin hech qachon unutmangki sizning eng buyuk eng muqaddas vazifangiz yurtimiz istiqlolini xalqimiz ozodligini ko‘z qorachigʽiday asrashdir. Ushbu gapda tushirilgan vergullarning nechtasi faqat uyushgan bo‘laklar o‘rtasida ishlatiladi? A) 5 B) 3 C) 4 D) 2 13.Qaysi gapda teng bogʽlovchi uyushiq to‘ldiruvchini bogʽlamagan? A)Fan - qayiq va kemalar uchun ochiq okeandir: biri unda oltin xirmonlarni to‘plasa ,yigʽsa, biri unda mayda baliqlar ovlash bilan band. B)Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilmni o‘rganish lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur. C)Bo‘htonchilar, chindan ham, baxtsiz maxluqlarki, o‘z gʽalabalari natijasida yuzlari battarroq qorayganini va ichlari yana battarroq chirkinlashganini sezmaydilar. D)Kuchli va oliyjanob tabiatlilar hamma asrashga qodir bo‘lgan haqiqat yordamida yolgʽonni zangidek oyoqosti qilib tashlaydilar. 14.Qorabotir yurtning erkasi, jo‘ralarning serkasi edi. Ushbu gapdagi qaralmishlar haqida noto‘gʽri hukmni aniqlang. A)egani tobelantirib kelgan B)uyushiq murakkab kesim vazifasini bajargan C)aniqlovchi vazifasini bajargan D)aniqlovchini tobelantirib kelgan 15.Hamma narsa uylar devorlar daraxtlar qorongʽulikka jimgina cho‘kdi. Ushbu gapda qanday tinish belgilari qo‘llanadi? A)ikki nuqta, vergul, tire B)tire, vergul, tire C)ikki nuqta, vergul, vergul D)vergul, vergul, tire 16.Uyushiq bo‘laklar kesimga bevosita tobelangan gapni aniqlang. A)Labda tabassum-u ko‘zda yosh bilan Senga talpinaman, buyuk nabiram... B)Hattoki tuygʽusiz, chirik xazon ham Yashil po‘panakdan bogʽlabdi qanot. C)Xira tuman orasida cho‘gʽday miltirar, Jayron quvib, jayron yangligʽ o‘tgan kunlarim. D)Amu bilan Sirdan suv ichgan, Zarafshonni loylatib kechgan Chavandozlar bordir bu elda. 17.Sizning bu hayotda orzularingiz, ko‘zlagan maqsadingiz, qiladigan ishlaringiz ko‘p, lekin hech qachon unutmangki, sizning eng buyuk, eng muqaddas vazifangiz yurtimiz istiqlolini, xalqimiz ozodligini ko‘z qorachigʽiday asrash, uning xavfsizligini himoyalashdir. Berilgan gapda qaysi bo‘lak uyushmagan? A) hol B) ega C) to‘ldiruvchi D) aniqlovchi 18.Berilgan gap haqida bildirilgan qaysi fikr to‘gʽri emas? Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan, o‘z yurti, o‘z xalqiga fidoyi, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bo‘lgan, har tomonlama sogʽlom avlodni yengib bo‘ladimi? A)uyushiq bo‘laklar bitishuv va boshqaruv usulida hokim bo‘lakka tobelangan B)gapdagi uyushiq bo‘laklar faqat ohang yordamida bogʽlangan C)uyushiq aniqlovchi to‘ldiruvchiga tobelangan D)juft so‘zlar bilan ifodalangan uyushiq bo‘lak aniqlovchiga tobelanib kelgan 19.Yer uzra qo‘ndi oqshom, oy shu’lasi bir mayin, Kel, oppogʽim, kel,erkam, men seni allalayin. Dudogʽing guldan xushbo‘y, yuzlaring undan xushro‘y, Kel, oppogʽim, bagʽrimga jajji boshginangni qo‘y. She’riy parchadagi vergullarning qo‘llanishi haqidagi hukmlardan qaysilari to‘gʽri? 1. Vergul undalmalarni ajratish uchun qo‘llangan. 2. Uyushiq ega qatnashganligi uchun vergul qo‘llangan. 3. Ajratilgan bo‘laklar mavjudligi uchun vergul qo‘llangan. 4. Vergul qo‘shma gap qismlarini ajratish uchun qo‘llangan A)1, 4 B) 1, 2, 4 C) 1, 3, 4 D) 2, 3 20.Odamlarni ma’naviy, madaniy, siyosiy fikr maydonlariga tortish, har bir fuqaroni, uning yoshidan qat’i nazar, shu maydonning qatnashchisiga aylantirish bizning eng samarali yo‘limizdir. Gapda qaysi bo‘lak uyushganligini aniqlang. A)faqat ega B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, ega C)faqat aniqlovchi D) aniqlovchi va ega 21.Madaniy axloq kishining yurishida, so‘zlashishida, ovqatlanishida, odamlar bilan xayrlashishida, hamrohini raqsga taklif etishida namoyon bo‘ladi. Gapdagi uyushgan bo‘laklarning nechtasi yasama so‘z ekanligini aniqlang. A)2 B) 5 C) 4 D)3 22.Birinchi bor bahorni tanigan, ilk bor varrak uchirgan, birinchi marta hayitlik olgan joying, birinchi o‘qituvchi, birinchi muhabbatingni tanitgan makon - Vatandir! Ushbu gapda qaysi gap bo‘laklari uyushgan? A)aniqlovchi, to‘ldiruvchi B)aniqlovchi, ega C)aniqlovchi D) aniqlovchi, ega, to‘ldiruvchi 23.Uyushiq aniqlovchi mavhum otlar bilan ifodalangan gapni belgilang. A)Bolajon o‘zbek xalqi voqea tagida haqiqat va o‘zbekona fe’l-atvor borligiga ishonadi. B)Iste’dod egasi o‘zi yaratgan ma’naviy va moddiy boylikdan o‘zi ham bahramand bo‘lishga haqli. C)Insonning yoshlikda yo‘l qo‘ygan xatosi, bilib-bilmay qilgan gunohi yoshi ulgʽayganida o‘z natijasini beradi. D)Qattiq qo ‘rqish va vahimaning zo‘ridan oyoq-qo‘lim bo‘shashib, tilim kalimaga kelmay qoldi. 24.Yam-yashil vohalarga, Badiiy lavhalarga, She’riy sarlavhalarga Boy ekansan, Fargʽona. Ushbu parcha haqidagi to‘gʽri hukmni toping. A)egasi umumlashgan sodda gap B)murakkab fe’l kesim ishtirok etgan sodda gap C) to‘rt o‘rinda sifatlovchi aniqlovchi ishtirok etgan D) vositali to‘ldiruvchi uyushgan sodda gap 25.Ro‘paramda esa kamida qirqni qoralab qolgan, chakka sochlariga oq oralagan, ko‘zlarida biror ma’no yo‘q, lablari po‘rsildoq kimsa o‘tirardi. Ushbu gap turini aniqlang. A)aralash murakkab qo‘shma gap B)uyushiq bo‘lakli sodda gap C)bogʽlovchisiz qo‘shma gap D)qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap 26.Uyushiq bo‘lakli, undalmali, kiritma gapli sodda gapni aniqlang. A)Aka, men uy olsam, sizni ham, yangamni ham bu yerlardan (o‘zingiz bilasiz-ku bu joylar qanaqa ekanini) olib ketaman. B)Akbarali, senga urgʽuning ikki turi to‘gʽrisida (biz bu haqda avvalgi darsda so‘zlashgan edik) qisqa, ammo ancha mazmunli ma’ruza tayyorlab kelish topshiriladi. C)Xoh ishon, xoh ishonma, do‘stim, bizga Sobitxon (o‘zing u qanaqaligini bilasan) yordam qo‘lini cho‘zmadi. D)Kostyumiga birda qizil, birda sariq gul taqib yuradigan Sohibiy (Alimardon aka) nimalar bilan shugʽullanishini bilasizmi, uka? 27.Qaysi gapda uyushiq bo‘laklar fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zga bogʽlanib kelgan? A)Juda boy va ma’noli tilimiz bor. B)Talaffuz bilan imlo bir-biriga chambarchas bogʽliqdir. С)Eshitib va o‘qib o‘rganish til vositasida amalga oshadi. D)So‘z belgi va ma’noning birligidir. 28.Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson o‘zini eng avvalo O‘zbekiston fuqarosi deb shundan keyingina muayyan hudud vakili aytaylik xorazmlik samarqandlik yoki Fargʽona vodiysi farzandi deb his qilishi lozim. Ushbu gapda necha o‘rinda vergul qo‘llanilishi lozim? A)6 B)4 C)7 D)5 29. na ... na bogʽlovchisi qaysi gapda uyushiq egalarni bogʽlamagan? A) Na qo‘shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitiladi. B) Mana, hozir yana o‘sha qasri oliyda o‘tiribdi, lekin qalbida na bir qo‘rquv , na bir hayajon bor . C) Na faryoding, na doding bor, Nechun sen buncha sustlashding. D) Go‘ringda o‘t yongur amirlar — xudbin, Bilganlar na nomus, na vijdon, na din. 30.Shu yerda, jiydazor yonidagi xilvat joyda, u menga o‘z o‘tmishini, to‘g‘rirog‘i, shu yozda boshidan kechirgan va qalbida chuqur iz qoldirgan bir voqeani hikoya qilib berdi .Ushbu gapda qaysi gap bo‘laklari uyushgan? A)hol va to‘ldiruvchi B)to‘ldiruvchi va aniqlovchi C) faqat aniqlovchi D) faqat to‘ldiruvchi Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling