Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi


Download 1.51 Mb.
bet66/79
Sana09.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1472590
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   79
Bog'liq
Markaz Domla7777

O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-Bosqich O‘quv
mashg‘ulotiga
kirish
(10-daq)

Tashkiliy qism:
1.Salomlashish va guruh davomatini tekshirish, o‘quvchilarni mashg‘ulotga tayorgarligi (sog‘lig‘i, formasi, o‘quv qurollarini mavjudligini) tekshirish.
2.O‘quv fan nomi va o‘qituvchi ismi sharifi bilan tanishtirish(1-ilova).

Mashg‘ulotga tayyorlanadilar, tinglaydilar

2-bosqich.
Asosiy
(65-daq)

Maqsad va vazifani belgilanishi:
1. Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad
va o‘qitish natijalar bilan tanishtirish.
2.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar
bilan tanishtiraman va ularga namoyish etish.
3.O‘quv mag‘shulotida o‘quv ishlarni
baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan
tanishtirish (2-ilova).
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish;
4. Tezkor-so‘rov orqali bilimlarini
faollashtirish (3-ilova).
5. Faning maqsadi va vazifalari bilan
tanishtirish.
6.Kichik guruhlarga bo‘ladi, kichik
guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi (4-
ilova) va xar bir guruhga topshiriq beradi (5-
ilova).
Yangi o‘quv material bayoni:
7.Nazariy mashg‘ulotning rejasi va
tuzilishiga muvofiq, asosiy nazariy holatlarni
bayon qilish (6-ilova).
Yangi o‘quv materialini mustahkamlash:
8. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
uchun ommaviy savollar berish (7-ilova),
berilgan javoblarni to‘ldiraman va qisqacha
xulosalar qilish.
9. Savollarga javob bergan o‘quvchilarni
baholashni o‘tkazish.
10. Mavzuning har bir rejasi bo‘yicha
o‘quvchilar qanday o‘zlashtirganliklari
to‘g‘risida xulosalar qilish.
11. Eng asosiylariga e’tibor qaratish, va
berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd
etishlarini eslatish.
12.Mavzuni kasbiy faoliyatidagi
ahamiyati va qo‘llanishi bilan bo‘g‘lab
mavzuni yakunlash.

Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Diqqat qiladilar.
Yozib oladilar
Diqqat qiladilar.
Berilgan qo‘shimcha savollarga javob beradilar.

Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.



3-bosqich Yakuniy
(5-daq)

Mashg‘ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholash.
Uyga vazifani berilishi:
2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan tushuncha berish, kerakli adabiyotlar ro‘yxatini va bajarish uchun tavsiyalar berish (8-ilova).

Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.

47-MAVZU: Ta’mirlash jarayonida kerak bo’ladigan anjomlari bilan tanishish.


Reja:
1. O’lchov asboblari.
2. Kesish asboblari.
O’lchov asboblari - oʻlchanadigan kattalikning qiymatini (yoki miqsorini) bevosita aniqlashga imkon beradigan vositalar. Analog, raqamli, koʻrsatuvchi va qayd qiluvchi, integrallovchi, jamlovchi va boshqalar turlarga boʻlinadi. Analog Oʻlchash asboblarida kattaliklarni oʻlchash shkala boʻyicha, raqaml i Oʻlchash asboblarida raqamli hisoblash qurilmasi boʻyicha amalga oshiriladi. Koʻrsatuvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini faqat koʻrib turib aniqlash uchun moʻljallangan. Qayd qiluvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini qogʻozga qayd qilib borish qurilmasi bilan taʼminlanadi. Bunday asboblar yozib boruvchi (qaydlar qogʻozga diagramma tarzida chizib boriladi) va bosuvchi (oʻlchash natijalari qogʻozga raqamlar tarzida bosib boriladi) turlarga boʻlinadi. Integrallovchi Oʻlchash asboblarida oʻlchanadigan kattalik vaqt yoki boshqa mustaqil oʻzgaruvchan miqdor boʻyicha integrallanadi (mas, elektr va gaz hisoblagichlari). Jamlovchi Oʻlchash asboblari turli kanallar boʻyicha keluvchi ikki yoki bir necha kattalik qiymatini jamlab koʻrsatadi (mas, bir necha elektr generatorining quvvatini jamlovchi vattmetr).
Oʻlchash asboblari korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida Oʻlchash asboblari koʻpincha rostlash, hisoblashechish va boshqarish qurilmalari bilan taʼminlanadi. Ular maxsus tuzilgan dasturlar boʻyicha ishlaydi.
Oʻlchash maʼlumotlarini uzatish, oʻzgartirish yoki avtomatik boshqarish tizimlarida foydalanish uchun qulay boʻlgan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun moʻljallangan oʻlchash vositasi oʻlchash qurilmasi deb ataladi. Bu qurilma Oʻlchash asboblarini, oʻlchash oʻzgartirgichlari (oʻlchanadigan kattalikni uzatish uchun qulay signalga oʻzgartiruvchi vosita) ni, kuchaytirgichlar va boshqalar moslamalarni oʻz ichiga oladi.
Chiziqlar va burchaklarni oʻlchash qurollari (chizgʻichlar, transportirlar va boshqalar) oʻlchash vositalari, vazn (ogʻirlik) oʻlchanadigan vositalar (mas, tarozi) oʻlchov vositalari deb ataladi.
Elektr taqsimlash qurilmalarida va yuqori kuchlanishli oʻzgaruvchan tok zanjirlarida tok kuchi, kuchlanish, quvvat va energiyani oʻlchash xavfsizligini taʼminlash uchun elektr oʻlchash transformatori qoʻllanadi. Uning birlamchi chulgamiga oʻlchanadigan kattalik (tok, kuchlanish va boshqalar) taʼsir qiladi, ikkinchi (pasaytiruvchi) chulgʻami esa Oʻlchash asboblariga va himoya relesiga ulanadi. Oʻlchash transformatori yordamida elektr Oʻlchash asboblari (voltmetr, ampermetr va vattmetr) bilan elektr kattaliklarning turli qiymatlarini oʻlchash mumkin. Keng maʼnoda — Oʻlchash asboblari turli kattaliklar (fizik, mexanik, elektr va magnit kattaliklar) ni oʻlchash bilan bogʻliq boʻlgan barcha oʻlchash apparatlari, qurilmalari va vositalarini oʻz ichiga oladi. Hozir impulsli va raqamli oʻlchash apparatlari keng qoʻllanilmoqda.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling