Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet70/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Savol–javob, test

Ma’ruza mashg`ulotining texnologik xaritasi



Bosqichlar,
vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(15 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
1. Fonetikada nima o`rganiladi?
2. Morfologiyaning tekshirish obyekti nima?
3Gapning qanday turlarini bilasiz?

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(65 min.)

2.1. Yangi “Leksikologiya ” mavzusini oldingi mavzu bilan bog`lagan holda tushuntirib beradi.
2.2. Ma’ruza mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
2.3. 1-2-masqlar bajariladi;

Talabalar ma’ruza bo`yicha o`z tushunchalarini bayon qiladilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

1-topshiriq. So‘z haqida qanday maqollarni bilasiz? Ulardan namunalar keltiring.

2-topshiriq. So‘z qilichdan o‘tkir maqolining ma’nosini izohlang.


Har qanday tilni o‘rganayotgan paytingizda, eng avvalo, sizni qurshab turgan narsa va hodisalarning amaliy hayotingiz bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil harakati, holatlari, belgi va xususiyatlarining shu tilda qanday ifodalanishini, nomlanishini bilishdan boshlaymiz.


Ma’lum bir tildagi ana shunday so‘zlar yig‘indisi shu tilning lug‘at tarkibini tashkil qiladi.
Leksika atamasi ikki ma’noda qo‘llaniladi:
a) tilning lug‘at tarkibi, so‘zlar yig‘indisi;
b) lug‘at tarkibini o‘rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‘limi.
Leksika atamasining ikkinchi ma’nosi uchun leksikologiya atamasi ham qo‘llaniladi.
Leksikologiya yunoncha lexikos — so‘z, so‘zga doir va logos — ta’limot so‘zlarining birikuvidan olingan bo‘lib, leksika (so‘z) haqidagi ta’limot demakdir. Demak, so‘z va uning ma’nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga leksikologiya (ba’zan leksika) deyiladi.

Savollarga javob bering


1. Leksika nima?
2. Leksikologiya nimani o‘rganadi?

1-mashq. So‘zning qudrati haqidagi quyidagi rivoyatni o‘qing. So‘z to‘g‘risida siz ham fikr yuriting.


O‘tmishda ovi yursa ham davi yurmay, tobora kambag‘allashib borayotgan bir dehqon yo‘l chetida o‘ylanib tursa, faqirgina yo‘lovchi o‘tib qolibdi. Shunda dehqon:
Ey donishmand, nima eksam, men boyib ketaman? — deb maslahat so‘rabdi.
Yo‘lovchi unga piyoz ekishni tavsiya etibdi. Qarangki, notanish yo‘lovchining gapiga kirgan dehqon o‘sha yili chindan ham boyib ketibdi. Shodligidan bosar-tusarini bilmay qolgan dehqonga yana o‘sha odmigina yo‘lovchi uchraganida:
— Ey gado, nima eksam, men yanada boyib ketaman? — deb ikkinchi marotaba murojaat qilibdi.
Shunda u yana bir ekinning nomini aytib, yo‘lida davom etibdi. Falakning gardishini qarangki, keyingi yili dehqonning omadi chopmay, ilgarigidan ham kambag‘allashib ketibdi.
Bundan g‘oyatda g‘azablangan dehqon haligi yo‘lovchini sabrsizlik bilan kuta boshlabdi. Nihoyat, u tanish yo‘lovchi bilan duch kelibdi va:
— Ey, notovon yo‘lovchi, nega meni aldading? Sening gapingga kirib, yanada boyish o‘rniga butkul kambag‘allashib ketdim-ku! — deb g‘azab qilibdi.
— O‘zingni bos, — debdi yo‘lovchi, — birinchi yili sen menga «donishmand» deb murojaat qilding. Men senga donishmandning javobini berdim. Natijada sen boyib ketding. Keyingi safar esa menga «gado» so‘zini munosib ko‘rding va men senga gadoning javobini berdim, — degan ekan ...

2-mashq. O‘qing. Alisher Navoiy gulni qanday ifodalaganiga e’tibor bering. Gul va giyohlarning leksik ma’nosini izohlang.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling