Nazorat savollari: Arrenius nechanchi yilda qanday gipotezani olg‘a surdi?
Download 46.12 Kb.
|
Аналитик кимё фанидан назорат саволлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- VAZIYATLI MASALALAR
Nazorat savollari: Arrenius nechanchi yilda qanday gipotezani olg‘a surdi? Kislota-nima? Asos-nima? Erituvchi nima? Ionoforlar qanday moddalar? Ionogenlar qangday moddalar? Protolitik nazariyani tushintiring. Kislota va asos eritmalari rN i qanday hisoblanadi? Material balansi tenglamasini tushintiring. Eritmaning elektroneytralligi tenglamasi- nima? Nazorat savollari: Vernerning koordinatsion nazariyasini tushintiring. Qanday tuzlar qo‘shaloq tuzlar deyiladi? Kanday valentlikni Verner bosh valentlik deb atadi? Qoldiq valentlik nima? Koordinatsion bog‘lanishli birikmalarni tushintiring. Shartli barqarorlik konstantasi nima? Nazorat savollari: Hozirgi zamon analitik kimyosida organik reagentlarning roli qanday? Organik reagentlarda uchraydigan asosiy kompleks hosil qiluvchi guruhlar? Nima uchun polidentant ligand xossalarini namoyon qiluvchi reagentlar qo‘llaniladi? Kompleks birikmalarning asosiy halqalari? Xelat effekti nima? Neytral xelatlar nima? Elektrofil o‘rinbosarlarni tushintiring. 1. Sifat analizining mohiyati, predmeti va vazifalari haqida qisqacha tushuncha bering. 2. Qanday reaktsiyalarga analitik reaktsiyalar deyiladi. Analitik reaktsiyalarning ochilish minimumi, sezgirligi va o`ziga xosligi tushunchalarini misollar bilan tushuntiring. 3. Analitik guruh va guruh reagenti nima. Kationlarning guruhlarga taqsimlanishi nimaga asoslangan. 4. Analitik reaksiya, kasrli, sistemali, makro va mikro analiz tushunchalarini izohlang. 5.Sifat analizilning kislota-asos usulida guruh reagentlari sifatida qanday moddalar qo‘llaniladi? I guruh kationlarini ko`rsating. 6.Maxsus, selektiv va guruh reagenti, reaksiyalarini ta’riflang. 7.Ammoniy nitrat va ammoniy xlorid tuzlarining termik parchalanishi reaksiya tenglamalarini yozing. 8.Kundalik hayotimizda I guruh kationlarining qaysi tuzlari ishlatiladi? 9.I guruh kationlariga umumiy tasnif bering. 10.Na+, K+, NH4+ ionlarini aniqlashda ishlatiladigan reagentlarning nomlarini va formulalarini yozing. 11.Na+ ionini rux uranilatsetat bilan, K+ ionini kaliy geksanitrokobaltat (III) bilan reaksiya tenglamalarini yozing. Nima uchun bu reaksiyalarni kuchli kislotali va ishqoriy muhitda olib borilmasligini tushuntiring. 12.Na+ ionini K[Sb(OH)6] bilan reaksiyasini kuchli kislotali sharoitda olib borib bo‘ladimi? Javobingizni tegishli reaksiya tenglamalari bilan tasdiqlang. 13.I guruh kationlarini aniqlashdagi mikrokristalloskopik reaksiyalarini keltiring. 14.Nessler reaktivining kimyoviy tarkibini yozing. 15.I guruh kationlaridan qaysilari alanga rangini bo‘yaydi? 16.“Nazorat tajriba”si nima va u qanday bajariladi? VAZIYATLI MASALALAR 1.Nima uchun ammoniy ioni ishtirokida kaliy va natriy ionlarini aniqlash mumkin emas? 2.Og‘ir metallarning tuzlari ishtirokida ammoniy ionlari qanday reaksiya bilan aniqlanadi? Reaksiya tenglamasini yozing. 3.Ammoniy ionlarini bog‘lash va yo‘qotishning qanday usullarini bilasiz? Boradigan jarayonning reaksiya tengalamasini yozing. 4.I guruh aralashmasining analizi qanday tartibda o‘tkaziladi? Reaksiya tenglamalarini yozing. Download 46.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling