Neft va gaz mahsulotlarini fizik-kimyoviy tahlil qilish usullari haqida ma’lumot Reja


Download 18.16 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2023
Hajmi18.16 Kb.
#1144572
1   2
Bog'liq
Neft va gaz mahsulotlarini fizik-kimyoviy tahlil qilish usullari haqida ma’lumot

E = h v
h -Plank doimiysi 6,62  10-27 erg.sek. , ν-chastota.
Ushbu formuladan ko‘rinib turibdiki, nur energiyasi uning chastotasiga to‘g‘ri proporsionaldir. (chunki, Plank doimiysi o‘zgarmas miqdor). Masalan, ko‘zga ko‘rinadigan nurlarning quyi chegarasi qizil nur (800 mmk) energiyasi binafsha nur (400 mmk) energiyasidan kichik. Biror organik moddaga nur tushurilsa, nur modda orqali o‘tadi yoki yutiladi, agar nur yutilsa modda molekulasi o‘zgarishlargauchraydi. Bu
o‘zgarishlarning tavsifi nurning tabiatiga va moddaning tuzilishiga
bog‘liq. Gamma-nurlar yadrolarning energetik holatini o‘zgartiradi (gamma-
rezonans spektroskopiya). Gamma-rezonans spektroskopiyadan foydalanib yadro kuchlari va ularning ta’sirlashishi xususida ma’lumotlar olishi mumkin. Rentgen nurlari atomlarning ichki, yadroga yaqin elektron qavatlaridan elektronlar energiyasini o‘zgartiradi (rentgenospektroskopiya). Rentgenospektroskopiya yadroga juda yaqin joylashgan qavatlarda elektronlarning taqsimlanishini hamda ularning energiyasini aniqlashga imkon beradi. Ul’trabinafsha va ko‘zga ko‘rinadigan nurlar ta’sirida molekuladagi atomlarning valent elekronlari energetik holatlari o‘zgaradi. (UB-spektroskopiya yoki elektron spektrlar). Infraqizil nurlar modda malekulasidagi atomlarning tebranishiga sabab bo‘ladi (IQ-spektroskopiya yoki tebranish spektrlari). UB va IQ-spektroskopiyalar yordamida neft va gaz mahsulotlaridan olingan organik moddalarning molekulalari tuzilishi to‘g‘risida muhim ma’lumotlar olinadi. Radioto‘lqinlar esa yadro va elektronlar spinlari energetik holatlarini o‘zgartiradi (YAdro magnit rezonanansi va elektron paramagnit rezonansi spektroskopiyalari). YAdro magnit rezonansi (YAMR)-spektroskopiya yordamida neft va gaz mahsulotlaridan olinadigan organik moddalarning tuzilishini o‘rganishda boshqa usullar bilan erishib bo‘lmaydigan natijalarini olish mumkin. Moddaga nur ta’sir ettirilganda modda nurni yutadi va uning energiyasi ortadi. Ko‘pincha, bu xil molekula «hayajonlangan» holatga o‘tdi deyiladi. Modda hayajonlangan holatda faqat 10 -6 sekund bo‘la oladi, xolos. Keyin esa yana yutilgan energiyani biror nur, issiqlik holida chiqarib, molekula o‘zining avvalgi holatiga qaytadi. Molekulaning turli qismlari har xil energiya yutgani uchun ayni molekulaning shu qismlari nur chiqarganda ham aynan shunday ener­giya ajraladi. CHiqayotgan nurning to‘lqin uzunligini bilgan holda molekulaning tuzilishi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin bu yutilish spektrlari deyiladi.
Ba’zan modda cho‘g‘lanish haroratigacha qizdirilib, cho‘g‘lanayotgan modda chiqarayotgan nur o‘rganiladi. SHular asosida modda molekulasining tuzilishi aniqlanadi bu esa chiqarish spektrlari deyiladi.

Neft va gaz mahsulotlaridan olinadigan organik moddalarning tuzilishini o‘rganishda ko‘proq yuritilish spektrlari bilan o‘rganiladi. Elektromagnit spektrdagi har qanday nur bilan sodir bo‘ladigan yutilish spektrlarini o‘rganish uchun barcha hollarda avvalo yorug‘lik manbai, o‘rganilayotgan modda solinadigan idish ya’ni kyuveta, monoxromatik yoki bir xil to‘lqin uzunlikdagi nurlar hosil qiluvchi va tekshirilayotgan modda orqali o‘tgan nurning jadalligini (intensivligini) o‘lchaydigan asboblar va qayd qiluvchi qurilmadan foydalaniladi.


YUtilish spektrlarini o‘rganadigan asboblar spektrometr yoki spektrofotometr, agar tekshirilayotgan modda orqali o‘tgan nurning jadalligi fotoelementlar yordamida qayd qilinsa deyiladi. Spektral asbobning tuzilishi 3-rasmda keltirilgan. Hozirgi vaqtda SF-4, SF-4A; SF-D2; SF-8; SF-2M; SF-4M, SF-26, SF-16, SF-46 markali spektrofotometrlar bilan moddalarning spektrlari o‘rganiladi.
Download 18.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling