Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda
Download 0.65 Mb.
|
korrektor.uz 1686161459 MM7.
Zanjirning davom etishi. Hosil boʻlish jarayoni hisobiga yoki zanjir tarmoqlanishi natijasida hosil boʻlgan R˚ erkin radikal zanjirda oksidlanish oʻzgarishlarini boshlaydi:
R˚ + O2 → RO2˚, RO2˚ + RH→ ROOH + R˚ R˚ radikal kislorodga juda tez taʼsirlashadi, amalda faollanish energiyasini talab etmaydi (reaksiyani tezlik konstanasi 107–108 l/(mol·s). Soʻngra RO2˚ radikal uglevodorodga taʼsir qilib, gidroperoksidni hosil qiladi. Bu reaksiyani faollanish energiyasi 17– kDj/mol oraliqda oʻzgaradi. Radikaldan yoki molekuladan vodorod atomi ajralishi hisobiga peroksid radikali erkin valentligi toʻyinishi mumkin. Boshqa uglerod atomi erkin valentligi va gidroperoksid guruhini saqlagan radikal hosil boʻishi bilan ichkimolekulali izomerlanish amalga oshadi. γ va β holatdagi S–N bogʻi bilan peroksid radikali reaksiyasi nisbatan yengil borib fazoviy qiyinchiliksiz amalga oshadi. RO2˚ radikallar faqat dastlabki moddalar bilan taʼsirlashmasdan, balki nisbatan reaksion qobiliyatli mahsulotlarga–gidrooksidlar, spirtlar, ketonlar, murakkab efirlarga aylanadi. Peroksid radikal faqat keton hosiladan vodorod atomni tortib olmasdan, balki, karbonil guruhga ham birikadi :
Zanjirni oʻsishida asosiy reaksiyasi bilan bir qatorda baʼzi hollarda suyuq fazali oksidlanishda S – S bogʻi uzilishi bilan peroksid radikali izomerlanishi amalga oshadi, karbonil birikmalar va alkoksil radikali hosil boʻladi : RO2 RʻCHO+RʻO Boshlangʻich vaqtda uglevodorodlarni (Woksid) oksidlanish tezligi quyidagi tenglama yordamida ifodalanadi: Woksid = k2[RH] √Wi /√2 k6 Bu yerda k2 – zanjirni davom etish tezlik konstantasi, l/(mol·s); k6 – zanjirning uzilish tezlik konstantasi, l/(mol·s); [RH] – substrat konsentitsiyasi,mol/l; Wi – initsiirlash tezligi, mol/(l ·s). Keltirilgan formulani oksidlanishning chuqur bosqichida qoʻllab boʻlmaydi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling