Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda
Download 0.65 Mb.
|
korrektor.uz 1686161459 MM7.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chet mamlakatlar gaz konlari haqida maʼlumot.
Rossiyaning shimoliy Tyumen oblastida joylashgan. Neftga nisbatan kondensatlarni benzin fraksiyada arenlarni absolyut miqdori yuqoridir. Benzin fraksiyasida alkanlar va arenlar miqdori orasida teskari bogʻlanish mavjud (qanchalik alkanlar koʻp boʻlsa, shunchalik arenlar kam boʻladi). Tarmoqlangan alkanlarni miqdori esa n– alkanlarga nisbatan kamroqdir. Neft va gaz mahsulotlaridan kuyidagi monomerlar olindi: Etilen SN2 = SN2 Vinilxlorid SN2 = SN–Cl Propilen SN2 = SN–SN3 Starominsk–Leningraddan Ust–Labinsk regional yunalishi buyicha Gʻarbiy Kavkaz oldi gazokondensatlari kondensat turiga qarab – alkandan alkan – naften orqali va alkan – arendan aren – alkangacha oʻzgarishi bilan xarakterlanadi. Bu kondensatlarda alkan va aren nisbati tegishlicha 17–22, 5,4–7,2, 0,8– 1,2 va 0,7– 0,8, aromatik uglevodorodlar mikdori 3,0–4,0 dan to 44,0–48,0 % gacha ortadi. Hamma oʻrganilgan Oʻrta Osiyo gazokondensatlarining asosiy qismi (50 ta turli kondensatlar oʻrganilgan) benzin (ligroin) fraksiyani (100– 200 0S) yoki S7 – S18 tarkibli uglevodorodlar tashkil qiladi, kondensatda yengil (100 0S gacha) fraksiya mikdori 10 % gacha keskin oshadi. Baʼzi kondensatlar benzol gomologlari (20–30 % gacha) yuqoriligi va siklogeksan gomologlari (20–25 % gacha) yuqoriligi bilan farq qiladi. ~188~
Boshqasi esa – bu uglevodorodlar miqdori kamligi va siklopentan gomologlari mikdori yuqoriligi bilan tavsiflanadi.
Kondensatlarning uglevodorod tarkibi quyidagi qonuniyat bilan tavsiflanadi. Alkanlar ichida 2–, 3– va 4– monometil almashinganlari tarmoqlangan tuzilishni namoyon qiladi. Dimetil hosilalar ichida asosan 2,3– va 2,4– dimetil izomerlar uchraydi. Siklopentan uglevodorodlari metil– va etil– almashingan boʻladi. Shuningdek 1,2– va 1,3 – dimetilsiklopentan koʻrinishida ham mavjud boʻladi. Odatda kondensatlarda dimetilsiklogeksanni hamma 3 xil izomeri uchraydi. Shundan, 1,3– dimetilsiklogeksanni mikdori 50 dan 70 % gacha boʻladi. Bugungi kunda Rossiya Orenburg gaz va gazokondensat konining gaz tarkibini aniqlash muhim qiziqish uygʻotdi. Unda gaz miqdori koʻp boʻlib kon balandligi 514 m, u neftni ustida joylashgan. Gaz– neft chegarasi 1750 m chuqurlikda, suv – neft chegarasi esa 1770 m. da joylashgan. Hamma quduqlarda gazokondensatdan tashqari vodorod sulfid gazi uchraydi.
Bu katta konni turli qismlarida alohida komponentlar miqdori bir– biridan bir oz farq qiladi. Rossiya Astraxan gazokondensat koni 1968– 1970-yillaridagi qidiruv ishlari natijasida ochilgan boʻlib, u Shiryayevsk yon bagʻrida joylashgan. Konda gazokondensat saqlami 30x25 km oʻlchamda joylashgan, gaz bosimi 61 mPaga teng.
Bu yerdagi gaz (8– quduq) 3956 – 3915 m chuqurlik oraligʻida boʻlib, undagi gazning 25 mm diametrli shtutser trubadan chiqish miqdori 1 mln.m3/sut, shuningdek 4067–4035 m. chuqurlikdan esa 14,3 mm. diametrli shtutser trubadan 25000 m3/sut gaz chiqadi. Gazdagi kondensat mikdori 400 g/m3 dan ortiq. Bu kon asosida etan gazini, siqilgan gaz, oltingugurt va boshqa bebaho komponentlar ishlab chiqaradigan gazokimyoviy kompleks qurildi. Chet mamlakatlar gaz konlari haqida maʼlumot. Yevropada katta gaz konlari Niderlandiya, Fransiya, Angliyada (Shimoliy dengizida), Italiya va Ruminiyada ekanligi maʼlum. Chet el gaz konlarini asosiy komponenti metan hisoblanadi, ularda ogʻir uglevodorodlarning miqdori koʻp emas. AQSH shtatlarining katta gaz konlarida ogʻir gazsimon uglevodorodlar miqdori nisbatan (12–14 %) yuqoridir. AQSHning qator konlarida azot miqdori (80–90 %), SO2 miqdori yuqori boʻlganligi uchun gaz qazib olish hozircha toʻxtatilgan. Bu gaz konlarida (Montana, Nyu–Meksika, Yuta, Kolorado shtatlari) geliy miqdori yuqoriligi kuzatilgan. Baʼzi gaz konlarida vodorod sulfid miqdori sezilarli darajada yuqoridir. Fransiyani Lak katta gazo– kondensat konida vodorod sulfid miqdori 15 % ga yaqin (8.7–jadval ). 8.7–jadval Baʼzi chet el gaz konlaridagi gazlarning tarkibi,%
Gʻarbiy Yevropada Shimoliy dengiz qirgʻoqlarida topilgan gazning yangi konlari 15·1012 m3 deb baholanadi. Lotin Amerikasi, Osiyo, Afrika okean va dengizlarida geologik qidiruv ishlari yetarlicha kengaytirildi. Bu konlarni ekspluatatsiya qilishda ularni qazib olish qiyin boʻlgan joyda joylashganligi uchun katta mablagʻ sarflashga toʻgʻri keldi, shuningdek ekologik muammolarni yechish uchun ham katta mablagʻlar sarflandi. Bugungi kunda tabiiy gazni klassik konlaridan tashqari, ularning energiya manbalari–kristallogidratlar mavjudligi aniqlandi. 1960-yildan boshlab kristallogidratlarning xossalarni oʻrganish tezlashtirildi. Bu turdagi xom–ashyoni Rossiyada va boshqa davlatlarda katta konlari borligi aniqlandi. Past haroratli tumanlarda (Sibir, ~190~
Maʼlumki gaz zahirasini asosiy qismi asosan gazni isteʼmol qiladigan mamlakatlarda joylashmagan. MEA maʼlumotiga koʻra rivojlangan davlatlarning eksport potensiali 2000 – yilda 4,2 – 9,2 marotaba ortdi va yiliga 164 – 358 mlrd.m3 ga yetdi. Gaz konlarining texnologik jarayonlari ekspluatatsiyasi avvalgi neft ishlab chiqarishga oʻxshash boʻlib tabiiy gazni saqlash va transpartirovka qilishdan iboratdir. Siqilgan gazni transportirovka qilish nisbatan iqtisodiy qulay hisoblanadi. Diametri 420 mm trubouzatgich ishlatilganda 6000 km masofaga uzatilgan gazni 15 % gacha miqdori kompressor stansiyalarida yuqotiladi. Tyumen–Gʻarbiy Yevropa gazning transport chiqimlarini kamaytirish 60 0S gacha sovutilgan gazni trubouzatgichda yuborishga erishish va uzatuv stansiyalar elektro–avtomatlashtirish hisobiga amalga oshirilgan. MIREK komissiyasi maʼlumotiga koʻra gazdan foydalanish 1979-yilda 1,7 trln.m3 ga nisbatan 2020-yilda 3,6 trln.m3 tashkil etadi. Asosiy gaz eksporti Rossiya, Niderlandiya, Kanada, Norvegiya, Aljir va Indoneziya. Gazni import qilish asosiy davlatlar – AQSH, Yaponiya, Italiya, FRG, Fransiya, Angliya va Belgiyadir. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling