Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda


Download 0.65 Mb.
bet24/36
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1622675
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
korrektor.uz 1686161459 MM7.

8.8–jadval




Shoʻrtangaz konidagi gazining kimyoviy tarkibi (% mol.)
















Gazlar va uglevodorodlar nomi

Modda miqdori, %
















Metan

90,52



















Etan

3,537



















Propan

1,06



















izo – butan

0,209



















n – butan

0,260



















izo – Pentan

0,110



















n – Pentan

0,093



















Geksan

0,119



















Geptan

0,112



















Azot

1,584



















CO2

2,307







H2S

0,08







Keyingi yillarda neft va gaz quduqlari soni ortishi, gazokondensat va neftgazokondensat konlari istiqboli maydonlari ochilishi natijasida yoqilgʻi olishda kondensat muhim foydali qazilma hisoblanmoqda. Gazokondensat konlari – gazsimon uglevodorodlarning yer bagʻrida toʻplanishi boʻlib, ular bosim kamayganda kondensat (pentan va metanning yuqori gomologlari – uglevodorodlari aralashmasi) suyuq uglevodorod faza sifatida ajralib chiqadi. Kondensat hoʻl va barqaror boʻladi. Hoʻl kondensat suyuqlik boʻlib, maʼlum bosim va haroratda


~192~
separatorda bevosita olinadi. Kondensatda u yoki bu miqdorda gazsimon uglevodorodlar erigan boʻlib, u normal sharoitda suyuq uglevodorodlarni saqlaydi. Barqaror kondensatni uni hoʻl usulda degazatsiyalash yoʻli bilan olinadi. Turli gazokondensat konlari gazidagi kondensat miqdori keng oraliqda oʻzgaradi. Barqaror kondensat saqlagan gazokondensat 5–10 sm/m3 (Rudki, Punginsk), 300 – 500 sm3/m3 (russkiy xutor, Vuktil) va hatto 1000 sm3 /m3 va undan koʻp (Talalayev) konlari maʼlum.


1970-yilga Rossiyaning Vuktil va Orenburg, Urengoy, Medvejiya, Yamburg, Zapolyari, Gubkin va Turkmanistonning sharqiy qismida gazokondensat konlari ochildi.

Yaman yarim oroli, Timen, Pegorst viloyati shimoliy qismi, Oʻzbekiston gʻarbiy qismi va boshqa joylarda gazni yuqori zahiralari borligi tasdiqlandi. Bu davrda gʻarbiy Kristishen Ukrainada Arxangel viloyatida Layavoj, Tyumen viloyatida Xarasovey, Bovanenkov va janubiy Russ, Oʻzbekistonda Shoʻrtan, Sochi respublikasida Sobolox, Nedjelen kabi katta konlar ochildi.


1981-yil boshida Rossiyada 900 dan ortiq gaz, gazokondensat, gaz – neft konlari ochilib, shundan 93 tasi gaz zaxirasi 30 mlrd.m3 dan ortiqroq ekanligi aniqlandi. Shularning ichida Urengoy, Yamburg, Medvejiye, Bovinenkov, Orenburg konlari 57 % mamlakatni qidiruv zairasini tashkil qilib, ular 94 % dan koʻp katta konlar guruhini tashkil etadi. Gaz, gazokondansat konlari va ularni joylashuvi neft va gaz saqlamini almashinuvidan tashkil topib, hamdoʻstlik davlatlari MDH gaz zahirani 95 % dan ortigʻini tashkil etadi.


Oʻzbekiston jahondagi gaz qazib oladigan va ishlab chiqaradigan davlatlar ichida 7 oʻrinda turadi, gaz ishlab chiqarish hajmi 50 mlrd. m3/yil.ga teng. 2006–2008-yillarda Respublikada 3,5–4,0 mln.t gazokondensat ishlab chiqildi, keyingi yillarda tabiiy gaz ishlab chiqish oʻsishi bilan uni qazib olishga talab ortmoqda. Shunga bogʻliq holda tabiiy gaz va gazokondensatdan nafaqat mator yoqilgʻisi sifatida foydalanmasdan kimyoviy xom ashyo sifatida ham samarali foydalanilmoqda.


Hozirgi vaqtda qator gazni qayta ishlash qurilmalari foydalanishga topshirilgan (Mubarak, Kokdumaloq va boshqa), bu qurilmalar yordamida gazokondensat neftni qayta ishlash zavodiga yuboriladi va undan motor yoqilgʻisi ishlab chiqariladi.


Hozirgi vaqtda ishlab turgan gaz konlari gazokondensatlari oʻziga xos xususiyatlari 8.9–jadvalda keltirilgan. Jadvaldan koʻrinib turibdiki, turli konlardan olinadigan gazokondensatlar fizik – kimyoviy xossalari va uglevodorodlar tarkibi ham sifati ham chiqimi boʻyicha farq qiladi. Hamma kondensatlar quyilish harorati pastligi (–


~193~
60 0S kam) va alangalanish harorati (–25 0S) bilan tavsiflanadi, hamda gazokondensatlar fraksion tarkibi bilan farq qiladi.





Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling