Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda


Neftni oʻrtacha fraksiyasi uglevodorodlari


Download 0.65 Mb.
bet26/36
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1622675
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
korrektor.uz 1686161459 MM7.

Neftni oʻrtacha fraksiyasi uglevodorodlari. Rossiya Romashkinsk va Arlyansk parafinli neftlarini oʻrganish misolida shu koʻrindiki, neft oʻrtacha fraksiyasi uglevodorod tarkibini oʻrganish yetarlicha qiyin ekan. Ikkala neftda ham oltingugurt birikmalarini (1,8 va 2,34 % oltingugurt) miqdori yuqori, hamda qatron moddalar (9,0 va 20,3 %) tutishi bilan farqlanadi, ularni parafinli neftlarga (4,9 va 4,7 % parafin miqdori) kiritish mumkin. Neftlarni oʻrganish maʼlum bir dastur asosida olib borildi. Deasfalʼtezatsiya qilingandan soʻng past haroratda neftni haydab, 180–350 ºS dagi fraksiyasi ajratildi, soʻngra uni sinchiklab oʻrganilganda, bu fraksiya 19 % n–alkanlarni va 20 % ga yaqin arenlarni saqlashi maʼlum boʻldi.

Neft 120 – 200, 200 – 300 va 300 – 350 ºS haroratda haydalib fraksiyalarga ajratildi, soʻngra silikagelli adsorbsion xromotografiya yordamida ikki qismga boʻlindi: Birinchisidan alkanlar va sikloalkanlar


~198~
aralashmasi; ikkinchisidan arenlar va oltingugurt saqlagan birikmalar aralashmasi oʻrganildi. n–alkanlarni aralashmadan karbamid yordamida kompleks hosil qilish usulida ajratildi va soʻngra gaz – suyuq xromatografiya yordamida odatdagi usulida identifikatsiya qilindi. Tiokarbamid yordamida ajratilgan uglevodorodlar n–alkanlardan tashqari oz miqdorda tarmoqlangan tuzilishli alkanlar va sikloalkanlarni saqlaydi.


Rossiya Romashkinsk nefti 300–350 ºS dagi fraksiyasi kristal-lanuvchi uglevodorodlarni oʻrganishdan shu aniqlandiki, tiokarbamid yordamida hosil boʻlgan kompleks 60 % n – alkanlarni va 24,0 % izoal-kanlar va sikloalkanlarni saqlarkan. Izlanishlar vaqtida koʻmirda adsorbsiyalash xromatografiyasi yordamida toʻyingan uglevodorodlar aralashmasidan n–alkanlarni ajratishni boshqa usuli ishlab chiqildi. Keyinchalik bu usul takomillashtirildi va qiyin ajaraladigan neft uglevodorodlari aralashmasidan tarmoqlangan tuzilishdagi alkanlar va sikloalkanlarni ajratish uchun qoʻllanildi.


Rossiya Romashkinsk va Orlensk nefti 180–350 ºS dagi disstilyatida S11 dan to S20 gacha boʻlgan n–alkanlar topildi. Yurtimizdagi va chet el neft konlaridan 77 tasini kerosin fraksiyasi tahlil qilinganda shu koʻrindiki, ularda dekanning 10 ta izomeri mavjud ekan. Baʼzi izomerlar alohida ajraladi, ularni katta qismi spektrofotometrik usul yordamida aniqlandi. S11 – S18 uglevodorod–lardan undekan, dodekan, tri va tetradekan, pentadekan va geksadekan topildi.


Rossiya olimi A.A.Petrov MHD dagi har xil neft turlarini oʻrtacha va yuqori haroratda qaynaydigan fraksiyasini GSX va Mass – spektrometriya usullarini birlashtirib oʻrgandi. Mono– va dimetilalmashingan S11 – S15 alkanlar miqdori aniqlandi. Boshqa izomerlarga nisbatan simmetrik tuzilishli metil almashingan alkanlar sezilarli darajada oz ekanligi maʼlum boʻldi. Bu gʻoya 4 – metilgeptan va 3– metilpentan uchun ham kuzatildi.





Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling