8.3–§. Gaz holatidagi parafin uglevodorodlar
Gaz holatdagi parafin uglevodorodlar tarkibi S1 dan S4 gacha boʻlgan alkanlar tashkil etadi, bularga: metan, etan, propan, butan, izobutan kiradi, hamda 2,2 – dimetilpropan (S5N12) – neopentan normal sharoitda gaz holida boʻladi. Bularning hammasi tabiiy va neft gazlari tarkibiga kiradi.
Gaz konlari uch xil turda boʻlishi mumkin.
Toza gaz konlari
Gaz kondensati konlari
Neft konlari
Birinchi turdagi gaz konlari tabiiy gaz konlari deb atalib, asosan metandan tashkil topgan boʻladi. Metanga qoʻshimcha sifatida oz miqdorda etan, propan, butan, pentanning bugʻlari hamda nouglevodorod birikmalar: SO2, N2 va ayrim hollarda H2S boʻlishi mumkin. Gazning tarkibida metan juda koʻpchilikni tashkil qilsa, bunday gaz “quruq gaz” deyiladi.
Ikkinchi turdagi gaz kondensati konlaridan chiqadigan gaz, odatdagi gazdan farq qilib, metandan tashqari koʻp miqdorda (2,0–5,0 % va undan ortiq) S5 va undan yuqori gomologlari mavjud boʻladi. Gaz qazib
~191~
olinayotganda bosimning pasayishi oqibatida ular kondensatga (suyuqlikka) aylanadilar. Gaz kondensati konlaridan ajralib chiqqan gazning tarkibi, kondensatlar ajratib olingandan keyin, “quruq gaz” tarkibiga yaqin boʻladi.
Uchinchi turdagi neft konlaridan ajratib olinadigan gazlar yoʻldosh neft gazlari deyiladi. Ushbu gazlar neftda erigan boʻladi va ular kondan chiqarib olingandan soʻng ajralib chiqadi. Yoʻldosh neft gazlari tarkibi “quruq gazlar” dan keskin farq qilib, unda etan, propan, butanlar va yuqori uglevodorodlar ham boʻladi.
Respublikamizning Shoʻrtan gaz konidagi gazlar aralashmasining tarkibi quyidagi (mol.% da) 8.8–jadvalda keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |