Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda
Alkanlarning asosiy reaksiyalari
Download 0.65 Mb.
|
korrektor.uz 1686161459 MM7.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oksidlanish reaksiyasi va mexanizmi.
- Zanjirni hosil boʻlishi .
Alkanlarning asosiy reaksiyalari. Alkanlar koʻpchilik kimyoviy reaksiyalar taʼsiriga yetarlicha inertdir. Ularning kimyoviy xossalari organik kimyo kursida keng bayon qilingan. Bu yerda neftni qayta ishlov berishda ishlatiladigan asosiy reaksiyalar koʻrib chiqiladi. Bu nuqtayi nazardan katta qiziqish oksidlanish, termik va termokatalik oʻzgarishlar va galogenlash reaksiyalari uygʻotadi.
Hosil boʻlgan sintez – gazlar aralashmasi metil spirti olishga, vodorod olishga va gidroformillash reaksiyasi orqali sunʼiy benzin olishga va boshqa moddalar olishga ishlatiladi. Oksidlanish reaksiyasi va mexanizmi. Oksidlanish reaksiyasm mexanizmini N.N.Semenov, N.M.Emanuel ishlari asosida Bax–Engler oksidlanish jarayoni peroksid nazariyasini oʻz vaqtida eʼlon qildilar va koʻp sondagi boshqa izlanuvchilar uglevodorodlarni (RN) va boshqa organik birikmalarni oksidlanish reaksiyasini pritsipal sxemasini keltirdilar. Sxema quyidagi elementar bosqichlarni: zanjir tugʻilishi, davom etish, tarmoqlanish, zanjirni uzilishi, shuningdek, gidroperoksidlarni molekullari parchalanib turli oksidlanish mahsulotlarini hosil qilishni oʻz ichiga oladi. Zanjirni hosil boʻlishi. Zanjirni katalizator qoʻshimchalar ishtirokisiz hosil boʻlishi uglevodorod molekulasiga kislorod hujumi bilan amalga oshadi: ~213~
2RH + O2 → 2R· + H2O2 S–N bogʻining uzilish energiyasi birikma tabiatiga bogʻliq holda 290 dan 420 kdJ/mol gacha oʻzgaradi. Agar S–N bogʻinig parchalanish energiyasi 380 kdJ/mol dan kam boʻlsa, bimolekulaliga qaraganda trimolekulali mexanizm boʻyicha hosil boʻlishi nisbatan energetik qulaydir. Masalan, dekalin, tetralin, siklogeksan oksidlanishida zanjirni hosil boʻlishi uchmolekulali reaksiya boʻyicha amalga oshadi. Metiletilketon va etil spirtini 145 – 200 0S va 5 MPa bosimda oksidlanishda zanjirni hosil boʻlishi bimolekular reaksiya boʻyicha amalga oshadi. Baʼzi holarda zanjirni hosil boʻlish jarayoni geterogen boʻlib, reaksion idish devorida boradi. Erkin radikallar (initsiirlash) sistemaga energiya taʼsirida (fotosensibilizatorlar ishtirokida, ionlashtirilgan nurlar taʼsirida fotokimyoviy initsiirlash) amalga oshishi mumkin. Uglevodorodlarning oksidlanish reaksiyasida initsiatorlar sifatida oʻzgaruvchan valentli metall birikmalarini ishlatish mumkin, masalan, Mn3+ ioni: RN + Mn3+ = R˚ + Mn2+ + H+ Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling