Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda
–§. Neftning qattiq alkanlari
Download 0.65 Mb.
|
korrektor.uz 1686161459 MM7.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.20– jadval
8.5–§. Neftning qattiq alkanlari
Normal sharoitda S16 va undan yuqori alkanlar – qattiq moddalar boʻlib, ular neft parafinlari va serezinlari tarkibiga kiradi. Geksadekan (S16N34) 18,1 0S da eriydi, texnik nomi setan deb ataladi. Qattiq uglevodorodlarni parafinlar va serezinlarga boʻlish bu uglevodorodlarni turli kristall tuzilishsi asosida ularni kimyoviy va fizikaviy xossalariga qarab amalga oshiriladi. Serezinlarni suyuqlanishi bir xil haroratda parafinlardan molekulyar massasi, qovushqoqligi va zichligi bilan farq qiladi. Serezinlar tutayotgan culfat va xlorsulfat kislotasi bilan tez taʼsirlashadi, parafinlar esa bu reagentlar bilan kuchsiz taʼsirlashadi. Parafinlar va serezinlar tarkibini oʻrganish uchun nitrolash reaksiyasi qoʻllanildi. Nitrat kislota taʼsirida izoalkanlardan uchlamchi nitrobirik– malarni, n–alkanlardan ikkilamchi nitrobirikmalar hosil boʻladi. Nitrolash usuli shuni koʻrsatdiki, neft parafinlarida izoalkanlar miqdori 25–35 %, serezinda esa sezilarli darajada yuqori ekan. Neft tarkibida naften tuzilishli qattiq uglevodorodlar ishtirok etishi toʻgʻrisida maʼlumotlar paydo boʻldi. Haqiqatdan ham, ajratilgan petrolatum uglevodorodlar parafinlarga nisbatan shu suyuqlanish haroratida nisbatan yuqori singdirish koʻrsatkichiga, qovushqoqlik va zichlikka ega. Ayrim qattiq alkan uglevodorodlarning fizik xossalari quyidagi jadvalda berilgan. Hamma neft tarkibida qattiq alkanlar mavjud boʻlib, odatda kam miqdorda (0,1– 5 %), alkanli neftlarda esa 7– 12 % gacha boʻlishi mumkin. Sanoatda turli moylar va yoqilgʻilar tarkibidagi alkan uglevodorodlar dealkanlash jarayonida ajratib olinadi. Neft parafinlari turli molekulyar massaga ega tegishli alkanlarni aralashmasidan iborat, serezinlarni asosiy komponenti naften uglevodorodlar hisoblanadi, ular molekulani yon zanjirida normal, halqa izotuzilish koʻrinishida boʻladi. ~206~ 8.19–jadval Neft tarkibidan ajratib olingan qattiq alkan uglevodorodlarning fizik xossalari
Serezinlar tarkibiga kiruvchi aren yadrosi turidagi uzun zanjir alkan saqlangan birikmalar oz miqdordadir. Ularni nisbati serezinlar ajratilgan neftni tabiatini aniqlaydi. Neftdagi parafinlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 8.20 jadvalda keltirilgan. Qattiq holatdagi parafinlar zichligi qattiq holatda 865 dan 940 gacha oraliqda boʻladi, suyuqlanma holatida esa – 777,0 dan 790,0 kg/m3 gacha boʻladi. Organik moddalarda parafinlarning eruvchanligi yuqori emas, vodorod sulfidni hisobga olmaganda 100 qismidan 12 qism parafin eriydi. Yengil benzinda 100 qismdan 11,7 qism parafin eriydi. ~207~
Parafindagi alohida komponentlarni molekulyar massasi qanchalik yuqori boʻlsa ularni suyuqlanish harorati ham yuqori boʻladi. Geksadekan (tsuyuq 18 0S) – eng past eruvchan parafinga kiradi. Neftdan olingan tabiiy parafin bir necha uglevodorodlarni aralashmasi hisoblanadi, shuning uchun u aniq suyuqlanish haroratiga ega emas. Gʻarbiy Sibir neftini 350–540 0S fraksiyadagi n–alkanlar miqdori aniqlandi. (jadval 7.18). S18–S40 n–alkanlarni massa yigʻindisi miqdori fraksiyada 4,3 % ni tashkil etdi. n–alkanlar bilan bir qatorda 300 0S dan yuqori qaynash harorati fraksiyada, nisbatan yuqori konsentratsiyada bir turdagi izomerlar ichida 2 va 3–metilalkanlar borligi GSX usulida aniqlandi. Shu nefti tarkibida 12–metilalkanlar S24–S30 va 13– metilalkanlar S26–S30, monometil–alkanlar guruxli alkanlar topildi. Uglevodorodlarni har ikkala seriyasining konsentratsiyasi teng. Neftda ularning miqdori 10 dan 90 % gacha n–alkanlar miqdoriga nisbatan oʻzgarib turadi. Al.A.Petrovni fikricha yuqori miqdori va konsentratsion tarqalishi, oʻziga xosligi S25 (12,13–metilentetrakazan) siklopropankarbon kislotani neftdagi miqdori bilan izohlanadi. ~208~
Gʻarbiy Sibir neftiga nisbatan boshqa neftlarda koʻrsatilgan miqdori va amaldagi konsentratsiyasidan kamroqdir. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling