Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda
Yuqori alkanlarning spirtlarda oksidlanishi
Download 0.65 Mb.
|
korrektor.uz 1686161459 MM7.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qattiq alkanlarning karbon kislotalargacha oksidlanishi .
Yuqori alkanlarning spirtlarda oksidlanishi. Samarali sintetik yuvish vositalarini olish uchun gohida yuqori molekulali birlamchi spirtlar asosida tayyorlangan alkilsulfatlar katta ahamiyatga ega.
Rossiyada A.N.Boshkirov suyuq alkanlarni bor kislotasi ishtirokida oksidlab birlamchi va ikkilamchi spirtlar aralashmasini olish usulini yaratdi. Oksidlash uchun dizel yoqilgʻisi fraksiyasidan mochevinalar yordamida deparafinlash natijasida ajratilgan suyuq normal alkanlar aralashmasini ishlatdi. Oksidlash 4,0–5,0 % borat kislotasi ishtirokida 3,0–4,5 % kislorod saqlagan azot–kislorod aralashmasida olib borildi. Borat kislotasi hosil boʻlgan spirtlar bilan reaksiyaga kirishib, ularning efirlarni bogʻlaydi va keyingi oksidlanishdan saqlaydi: 3S12N25ON + V (ON)3 → (S12N25O)3 V + 3N2O. Sintin (S15 – S18, tqay 275–320 0S) fraksiyasi oksidlanishidan hosil boʻlgan mahsulotlar 13 % ni birlamchi va 87 % ni ikkilamchi spirtlarning izomerlar aralashmasidan iborat. Parafinlarni toʻgʻridan – toʻgʻri oksidlaganda S9N19ON – S21N43ON larni saqlagan spirtlarning keng fraksiyasi hosil boʻladi, bunda S14N29ON – S18N37ON spirtlar asosiy miqdorni (70–80 %) tashkil etadi. Ularni ichida 17–25 % birlamchi va 75–83 % ikkilamchi spirtlardir. Qattiq alkanlarning karbon kislotalargacha oksidlanishi. Alkanlarni oksidlash katalizatorlar ishtirokida 100–130 0S da havo ~221~
OOH
Radikal RO˚ ning erkin valentligi faqat boshqa uglevodorod atomidan N atomini uzilish yoʻli bilan boʻlmasdan, balki β va γ – holatidagi peroksid guruhini izomerlanishi natijasida ham boʻlishi mumkin:
RʻCH2CH
OOH
OOH
Ichki molekulali reaksiyada qisqa bosqichda gidroksid hosil boʻlib, bevosita RO˚2 radikaldan mahsulotlar hosil boʻladi: OOH OO*
OOH RʻCH2CH (
Shu yoʻl bilan n–alkanlarni nokatalitik oksidlab sezilarli miqdorda kislotalar hosil qilinadi. Molekulali massa boʻyicha kislotalarni taqsimlanishi sezilarli darajada maʼlum. Bu Langenbek– Pritikova mexanizmidan chetlanadi. (L – mexanizm, faqat S – S bogʻini uzilishi hisobiga L – holatda birlamchi peroksid guruhi hosil boʻlishi bilan boradi). Oksidantda quyi molekulali kislotalar (chumoli va sirka) toʻplanishi anomal koʻp miqdorda shunga bogʻliq boʻladiki, faqat L – , shuningdek, β va γ mexanizmida (izomerlanishi) ham kislotalar hosil boʻladi. ~222~
Ikkilamchi gidroperoksidlarni parchalanishdan dastlabki alifatik zanjiri saqlagan holda spirtlar va kislotalar hosil qiladi. Gidroperoksidlar parchalanishi monomolekulali va bimolekulali reaksiya boʻyicha boradi, bunda erkin radikallar taʼsirida induksirlangan parchalanish ham amalga oshadi. OOH
OOH
O
RʻCCH2R2" * –alkanlar oksidlanishi davomida ikkilamchi spirtlar ketonlarga oksidlanadi:
R"
Dastlabki alkanlarga nisbatan ketonlar kislorod bilan yengil taʼsirlashadi. Kislorod hujumi katonni α – C – H kuchsizlangan bogʻiga yoʻnaltirilgan boʻladi. Hosil boʻlgan α–ketogidroperoksid diketon, kislotalar va aldegidlarga parchalanadi: OOH RʻC CHR" O O
RʻC CR"
H OH
α–ketogidroperoksid radikali izomerlanib kislotalar va laktonlarga aylanadi: ~223~
Ketonlar oksidlanishida α–,β–,γ– holatida karbonil guruhi boʻlgan – S bogʻi uzilib S2 dan to Sn–2 gacha kislotalar hosil boʻladi. Sintetik moy kislotalar (S10–S20) turli sohalarda qoʻllaniladi, shularning ichida eng muhimlari sovun sanoati, plastik yopishtirgichlar, plastifikatorlar, emulgatorlar, barqarorlashtiruvchilar, korroziya ingibitorlaridir. Alohida kislota fraksiyasini chiqishi qattiq n–alkanlarni sifatiga va tarkibiga, oksidlanish texnologiyasiga va kislotalarni ajralishiga bogʻliq. Keyingi yillarda sintetik suyuq karbon kislotalarni olish uchun qattiq (tzich 40–48 0S) va suyuq (tzich 24–26 0S) boʻlgan akanlar qoʻllaniladi. Katalizator sifatida marganes va natriy (yoki kaliy) hosilalari aralashmalari ishlatiladi. Gohida, margenes sulfatdan olingan katalizator keng qoʻllanilmoqda va u S1–S4 kislotalarni regeneratsiyalashga imkon beradi. Qulay katalizatordan yana biri marganes va natriy saqlagan SSK (S5 dan S20 gacha) dir. Oʻrtacha 20 dan 40 gacha uglerod atomlari soni boʻlgan qattiq alkanlar aralashmasini oksidlab karbon kislotalar olinadi. Zamonaviy dunyoqarashlarga asosan K(Na)–Mn–katalizator ishtirokida asosiy alkanlarning oksidlanish mahsulotlari peroksid radikallar bilan parallel ravishda qisqa bosqichda gidroperoksidlar hosil boʻladi. Bu holda katalizator taʼsirini tartibga solish uni zanjirini uzmasdan peroksid radikallarini qayta tiklash qobiliyati bilan tushuntiriladi, bunda metall zanjirni oʻzi shunda qatnashadi. Bu sxema uglevodorodlar katalitik oksidlanishini oʻziga xosligini tushuntira olmaydi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling