Nem kraftmehl o‘simlikning


Download 124.01 Kb.
bet1/6
Sana03.02.2023
Hajmi124.01 Kb.
#1148021
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
КРАХМАЛ


Kraxmal (nem. kraftmehl) — o‘simlikning asosiy uglevod zahirasi. Umumiy formulasi (S6N|()O5)g . Rangsiz amorf modda. Fotosintez jarayonida o‘simliklarning barglarida hosil bo‘ladi. K.ni to‘la gidrolizlab, glyukoza olinadi. U o‘simliklarning turli qismlarida, ayniqsa, kartoshka tuguvagida, ildizida, bug‘doy, sholi va makkajo‘xori donida dovachalar shaklida tuplanadi. K. miqdori bug‘doyda 75%, makkajuxorida 72%,guruchda 80%,kartoshkada 12— 24% ga yetadi. Turli o‘simliklardan olingan K. dovachalarining shakli va hajmi har xil. Mas, kartoshka K. do-vachalari nisbatan yirik (kundalangi 25—100 mk), guruch K. dovachalari esa mayda (kundalangi 3—7 mk). K. dovachalari suvda isitilganda parchalanib, kleyster hosil qiladi. Deyarli barcha K.lar ikki xil polisaharid — amiloza vaamilopektindan iborat. K. sovuq suv, spirt, efir va boshqa organik erituvchilarda erimaydi. Kislotalar ta’sirida gidrolizlanib, avval dekstrinlarga, so‘ngra to‘la gidroliz natijasida D-glyukozaga aylanadi. Fermentlar ta’sirida ancha tez gidrolizlanadi. K. gidrolizini katalizlovchi fermentlar amilazalar deb ataladi.
Odam va hayvonlar uchun o‘simlik K.i qimmatli oziq modda x.isoblanadi. Insonning uglevodlarga bo‘lgan ehtiyoji, asosan, non, kartoshka, krupalar va boshqa tarkibadagi K. bilan qoplanadi. Sanoatda K., asosan, kartoshka, makkajo‘xoridan olinadi. Kartoshka K.i (kartoshka uni) olishda maydalab qorilgan kartoshka massasi suv bilan ishlanadi. Hosil bo‘lgan K. sutini tindirib yoki sentrifugalab K. ajratib olinadi. K. oziq-ovqat, qandolatchilik, go‘sht mahsulotlari tayyorlashda keng qo‘llanadi. Etil spirt, butil spirt, atseton va sut kislota, sitrat, glyukonat kislota, yelim ishlab chiqarishda K.dan xom ashyo sifatida foydalaniladi. Antibiotiklar, vitaminlar, poroshoklar tayyorlashda ishlatiladi. K. va uning mahsulotlari to‘qimachilik, qog‘oz sanoatida qo‘llaniladi.m
Kraxmal o'simlik hujayralarida qanday funktsiyalarga ega?
2021
O'imlik atmoferadan karbonat angidridni qabul qilib, etarli miqdorda quyoh nuri va uv olganda, o'imlik hujayralaridagi xloroplatlar reaktiv moddalarni, uv va karbonat angidridni kilorod va gly
O'simlik atmosferadan karbonat angidridni qabul qilib, etarli miqdorda quyosh nuri va suv olganda, o'simlik hujayralaridagi xloroplastlar reaktiv moddalarni, suv va karbonat angidridni kislorod va glyukozaga aylantiradi. Glyukoza o'simlik to'qimalarida oziq-ovqat va energiya uchun saqlanadi. Aslida, bu fotosintez jarayoni. Glyukoza ko'pincha o'simliklarda kraxmal shaklida saqlanadi, u uzun zanjirlarga bog'langan glyukoza molekulalaridan iborat.

Download 124.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling