Nematova nargiza muxtorovna
Download 449.5 Kb.
|
учунчи ренессанс ва таълим
Innovatsiya borasida olib borilgan tadqiqotlardan yana shuni xulosalash mumkinki, ta’lim innovatsiyalari quyidagi o‘zgarishlarga olib keladi: Pedagogik tizimning tamomila o‘zgarishi; O‘quv jarayonining o‘zgarishi; Pedagogik nazariyaning o‘zgarishi; O‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi; Talaba faoliyatining o‘zgarishi; Pedagogik texnologiyaning o‘zgarishi; Ta’lim mazmuninig yangilanishi; O‘qitish shakl, mazmun va vositalarining yangilanishi; Ta’lim tizimining boshqaruvining o‘zgarishi; Ta’lim maqsadi va natijalarining o‘zgarishi; Pedagogik innovatsion jarayon mohiyati - bu zamonaviy ta’limning muhim jihati hisoblanib u pedagog faoliyatining innovatsion xaraker kasb etishiga erishishda alohida ahamiyatga ega. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o‘tgan asrning 60 – yillaridan boshlabjiddiy o‘rganila boshlangan. Bu borada tadqiqotchilardan X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M.Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem, F.N.Gonbolin, V.I.Zagvyazinskiy, N.V.Kuzmina, hamda V.A.Slastina kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion 0oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikamizda yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabardor bo‘lish orqali pedagogik faoliyatda ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmuni yoritilgan. Mohiyatiga ko‘ra innovatsiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritirish munosabat yoki jarayonning birinchidan , ichki mantig‘ini, ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig‘ida izchil rivojlanishi va atrof muhitga ko‘rsatadigan o‘zaro ta’sirini namoyon qiladi. Bugungi kunda innovatsion yangilik yaratish, keng yoyish, va foydalanishga qaratilgan maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan jarayoni majmui deb bilishimiz mumkin. Fikrimizcha, har qanday innovatsiya yangi vositalar yordamida ijtimoiy sub’ektlarning ehtiyojini qondirish va intilishlarini rag‘batlantirish maqsadini ko‘zlaydi. Har qanday innovatsiyada “yangi” , “yangilik” tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan xususiy, sub’ektiv, mahalli y va shartli g‘oyalar tarzida namoyon bo‘ladi. Download 449.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling