Nemis adabiyoti tarixi


Aforizm (yunoncha aphorismos


Download 5.22 Mb.
bet73/95
Sana22.09.2023
Hajmi5.22 Mb.
#1684572
TuriУчебник
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95
Bog'liq
Karimov SH Nemis adabiyoti tarixi darslik 2009

Aforizm (yunoncha aphorismos – qisqa, hikmatli so’z) – aniq va ixcham ifodalanib, tugal fikrni anglatuvchi hikmatli so’zlar. Xalq donoliging ifodasi bo’lgan maqollar ham hikmatli so’zlarning bir turidir.


Badiiylik – keng ma’noda san’atning asosiy xususiyati bo’lib, bu xususiyat san’atni hayotni aks ettirish va bilishning boshqa (masalan, ilmiy) formalaridan farq qiladi.


Ballada – (italyancha ballade – o’yinga tushmoq so’zidan) – liro-epik poeziyaning bir turi. Kichik syujetlik she’rdan iborat bo’lgan ballada shoirning his-tuyg’ularinigina emas, balki bu kechinmalarning boisi bo’lmish voqealarni ham ixcham ifodalaydi. O’rta asr Fransuz, ispan, italyan adabiyotida dastlab xor bo’lib aytiladigan lirik ashula ballada deb yuritilar edi.


Belletristika (Fransuzcha belles letters – nafis adabiyot so’zidan) – roman, povest, novella, ocherk kabi badiiy proza asarlarini jamlovchi nom. Roman, povest, hikoya va boshqa prozaik asarlarning muallifi belletrist deb yuritiladi.


Varvarizm (lotincha barbarus – ajnabiy so’zidan) – asar yozilgan tilga xos bo’lmagan va boshqa tillardan olingan chet tili so’zlari, iboralari. Gallizm (Fransuz tilidan olingan so’z va iboralar), germanizm (nemis tilidan olingan so’z va iboralar), polonizm (polyak tilidan olingan so’z va iboralar), arabizm (arab tilidan olingan so’z va iboralar) va h.k. varvarizm turlaridir.


Vulgarizm (lotincha vulgaris – dag’al so’zidan) – adabiy tilda ishlatilmaydigan dag’al so’zlar va noto’g’ri tuzilgan jumlalar.
Yozuvchilar o’z asarlaridagi ayrim qahramonlarning madaniyatsizligi va dag’alligini bo’rttirib ko’rsatish uchun ba’zan ularning nutqida vulgarizmdan foydalanadilar.


Grotesk (Fransuzcha grotesque – kulgili, g’ayri tabiiy so’zidan) – san’at va adabiyotda kishilarni yoki ular hayotidagi manzaralarni ataylab haddan tashqari kuchaytirib yoki kichraytirib, kulgili tarzda buzib ko’rsatish, hayotdagi haqiqiy holatni fantaziya bilan qo’shib, vahimali ravishda bo’rttirib, kulgili qilib tasvirlashdan iborat badiiy usul.


Gumanizm (lotincha humanus – insoniy) – insonga muhabbat, odamgarchilik, kishiga g’amxo’rlik qilish va yordamga muhtoj odamlarni qo’llab-qo’ltiqlash – insonparvarlik. Gumanizm uyg’onish davri (XIV-XVI asrlar) dagi burjuaziyaning feodalizmga qarshi kurashida ilg’or ijtimoiy fikrni ifodalagan oqim sifatida yuzaga kelib, feodal istibdodi va cherkov tassublariga qarshi shaxs erkinligi uchun bo’lgan kurashni kuchaytirdi va ilg’or burjua adabiyoti va san’atning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib qoldi.



Download 5.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling